Apparat va dasturiy ta’minoti. Kompyuter apparat (hardware) va dasturiy (software) ta’minotlardan tashkil


Download 127.97 Kb.
bet1/4
Sana31.03.2023
Hajmi127.97 Kb.
#1313012
  1   2   3   4
Bog'liq
Apparat va dasturiy ta’minoti. Kompyuter apparat (hardware) va d


1.1. Dastur va dasturlash. Dasturlash – bu biror dasturiy ta’minot uchun dastur kodini yozishdir. Dasturiy ta’minot esa, kompyuter yoki boshqa mantiqiy hisoblash qurilmalariga ishlash prinsipini ta’minlovchi yo‘riqnomalar majmuidir.
Dasturiy ta’minot atrofimizda biz ko‘p ham e’tibor qilmaydigan ko‘plab qurilmalar faoliyatini yuritib boradi. Biz dasturiy ta’minotni shaxsiy kompyuterda yaratishimiz va ishlatib ko‘rishimiz yoki operatsion tizim tarkibidagi dasturlar majmui butun boshli kompyuter faoliyatini nazorat qilib borishini bilamiz. Bundan tashqari dasturiy ta’minotning samolyotlar parvozlarida, mashina harakatlanishida, mobil telefonlardan foydalanish va shu kabi boshqa sohalarda ham keng qo‘llanilishini inobatga oladigan bo‘lsak, dasturiy ta’minot bugungi va ertangi kunimizning ajralmas bir bo‘lagiga aylanib borayotganligining guvohi bo‘lamiz. Shaxsiy kompyuterda biz matn yozish uchun matn protsessorlaridan, internetdan foydalanish uchun brouzerlardan va xabar yuborish uchun elektron pochta dasturlaridan foydalanamiz. Dasturchilar dasturlash tillari deb nomlanuvchi kuchli instrumental-dasturiy muhit yordamida dasturiy ta’minotlar ishlab chiqishadi.
Dasturlash fanida dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishni o‘qitish “C++” dasturlash tili asosida olib boriladi. Bugungi kunda dasturlash tillarining turlari salmoqli. Bu tillarning ishlab chiqilishi ham turli sohalar va turli ob’yektlar uchun mo‘1jallangan. Ya’ni, dasturlash tillari ichida “eng yaxshi” dasturlash tili deb biror bir dasturlash tilini ko‘rsatib bo‘lmaydi. Agar dasturlash bitta tilda, to‘liq o‘rganilsa, boshqa dasturlash tillarini o‘rganish uchun yo‘l ochiladi. Chunki masalalarni dasturlash orqali yechish uslublari barcha dasturlash tillarida bir xildir.
1,2 Apparat va dasturiy ta’minoti. Kompyuter apparat (hardware) va dasturiy (software) ta’minotlardan tashkil topgan. Apparat ta’minotini kompyuterning fizik elementlari tashkil qilsa, dasturiy ta’minotini fizik elementlar faoliyatini amalga oshiruvchi va topshiriqlarning bajarilishini nazoratqiluvchi dasturlar to‘plami tashkil etadi. Kompyuterning apparat ta’minoti dasturlashni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmaydi, biroq, u yordamida kompyuter yoki uning komponentalariga o‘rnatilgan dasturlar tomonidan berilgan komandalarning bajarilish jarayonini kuzatish imkonini beradi.
Kompyuter quyidagi eng muhim apparat ta’minotidan tashkil topgan:
 Markaziy hisoblash bo‘limi (protsessor);
 Xotira (asosiy xotira);
 Ma’lumot saqlovchi qurilmalar (Disklar, CDlar v.h.k.);
 Kiritish qurilmalari (sichqoncha, klaviatura v.h.k.);
 Chiqarish qurilmalari (monitor, printer v.h.k.);
 Kommunikatsiya qurilmalari (modem, tarmoq kartasi v.h.k.).
Kompyuter komponentalari “shina” deb nomlanuvchi ichki tizimda o‘zaro bog‘lanadi. Shina tushunchasini kompyuterda ma’lumotlar oqimining umumiy yo‘lagi deb ta’riflash mumkin. Shinalar shaxsiy kompyuterlarning tizimli platasiga o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali kompyuterning ichki va tashqi qurilmalari tizimli plata orqali o‘zaro bog‘lanadi.
1.3 Mashina tili. Hozirgi kunda kompyuterlarning juda ko‘p turlari mavjud, ammo, ular yagona tilni tushunishadi – mashina tilini. Mashina tili dasturlash tillariga qaraganda soddalashtirilgan ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi. Ya’ni undagi barcha ko‘rsatmalar ikkilik kodda yoziladi. Misol uchun, agar kompyuterga ikkita sonni kiritmoqchi bo‘lsak, unga quyidagicha ikkilik kodni yozish lozim bo‘ladi:

Download 127.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling