3. Stiv Jobsning haqiqiy ota-onasi uni asrab olishga berishgan.
Viskonsin universiteti talabasi Joanna Shibl 1955 yilda homilador bo‘ladi va o‘zining yigiti, suriyalik muhojir Abdufatta Jandali bilan birga bolani tashlab ketmoqchi bo‘lishadi, ammo oshiqlarning ota-onalari ularni bolani asrab olishga berishga majbur qilishadi. Joanna Shibl farzandining bo‘lajak ota-onasi oliy ma’lumotli bo‘lishini xohlaydi. Vaholanki, bolani yuqori maktabdan chetlashtirilgan Pol Jobs va kollej talabasi Klara Jobslar asrab olishadi, chunki ular farzand ko‘ra olmas edilar. Shibl va Jandali esa bir qancha vaqt o‘tgach, turmush qurgan va Monu Simpson ismli qiz farzandli bo‘lishgan. Jobs hech qachon haqiqiy otasini ko‘rmagan, ammo o‘limidan oldin u bilan elektron pochta orqali yozishgan.
4. Stiv Voznyak haligacha Apple'da ishlaydi.
Aniqroq qilib aytganda, u rasman kompaniya xodimlar shtatida va hatto yiliga 120 ming dollar maosh oladi. Voznyakning o‘zi introvertdir va an’anaviy ish kunini yomon ko‘radi. Shuning uchun, u 1987 yildayoq muntazam ravishda ofisga kelishni to‘xtatgan.
5. Apple'ning birinchi kompyuteri narxi 666,66 dollar bo‘lgan.
Kompaniyaning birinchi kompyuteri Apple-1'ning chakana narxi 666,66 dollarni tashkil qilgan. Voznyakdan ushbu miqdorni tanlashning sababi nimada deb so‘rashganida, u shunchaki bu raqamlarni terish qulayroq ekanligini aytgan. Bundan tashqari, Voznyak takroriy raqamlarni yaxshi ko‘rardi. Qisqacha aytganda, u umuman g‘alati odam bo‘lgan.
6. Apple mahsulotlari samolyotlarda yetkazib beriladi.
An’anaviy parom va barjalar o‘rniga Apple o‘z mahsulotlarini yetkazib berish uchun samolyotlardan foydalanadi. Bu ancha qimmat, ammo bu usul ham o‘zining afzalliklariga ega. Birinchidan, qurilmalar do‘kon javonlarida juda tez paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, samolyotlarni talash ancha qiyin va ularni tutib olish olish deyarli imkonsiz. Apple kompaniyasining eng yirik “samo hamkori“ Cathay Pacific aviakompaniyasi hisoblanadi. 7. Stiv Jobsga Macintosh nomi yoqmagan.
Jobs Jef Ruskinning Macintosh loyihasiga qiziqa boshlaganidan so‘ng, ushbu kompyuterni ishlab chiqarish ishlari ancha tezlashgan. Raskin o‘z mahsulotiga sevimli olma navi “Macintosh “ sharafiga shunday nom bergan. Loyihaning vaqtinchalik nomi sifatida bu so‘z Stivga to‘liq mos keldi, lekin u haqiqatan ham kompyuterni rasmiy ravishda ushbu nom ostida sotishni xohlamagan. Bir kuni, Raskin idorada bo‘lmaganida, Jobs hatto uni o‘zgartirishga harakat qilgan, ammo o‘sha paytda unga kompaniyada hal qiluvchi so‘z huquqi berilmaganligi uchun hech narsa o‘zgarmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |