Applied Sciences " tasdiqlayman"
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin
Download 1.62 Mb.
|
Jahon tarixi sillabus 3 ta semestr 3 varyanti bo\'ldi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:
Auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. O‘tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi; auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari. O‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va labaratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.q. Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslari) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarning bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajarib qo‘yish va h.q. usullarda asosan amaliyot darslarida nazorat (joriy nazorat) qilinadi. Joriy nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirish va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olinadi. Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishi belgilangan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsul’tatsiya soatlarida amalga oshiriladi. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Bakalavr mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: -mustaqil ravishda darslik, o ‘quv qo‘llanmalari va metodik qo‘llanmalarda belgilab berilgan mavzulami o‘rganish; -tarqatma materiallar bo‘yicha auditoriyada o‘rganilgan ma’ruza qismlarini o ‘zlashtirish; -maxsus adabiyotlar va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan ishlash; -zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish usullarini o‘rganish. Bakalavrga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko‘riladi, test yoki savol-javob o‘tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar еchimi ko‘rsatiladi va o‘xshash misollar yordamida tekshiriladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling