Applikatsiya usulida barklardan qurish yasash


Download 48.78 Kb.
bet3/4
Sana13.02.2023
Hajmi48.78 Kb.
#1194602
1   2   3   4
Bog'liq
APPLIKATSIYA USULIDA BARKLARDAN QURISH YASASH

KO’P RANGLI APPLIKACIYA


Ko’p rangli applikaciyalarni qirqish anchagina murakkab ish bo’lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikaciyani bajarishda fonni tanlash muhimdir. Fon ifodalanadigan predmetlar rangidan ochroq bo’lishi kerak. Ana shunda predmet xuddi bo’rtib turgandek yorqin ko’rinadi. Hammasi o’ylagan kompoziciyaga bog’liq. Fonda joylashadigan detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarning tabiiy joylashishi va o’lchamlarning uyg’unligiga e’tibor berish kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallar kontorlarini oldindan belgilamay qirqiladi; ayrim detallar esa belgilangan natura-eskizlar bo’yicha qirqiladi.


Ko’p rangli applikaciyalardan biri – dikorativ aplikaciyadir:
Dekorativ applikaciya – u naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin.
Dekorativ applikaciyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa materiallardan olishlari, ayrim elementlarni qo’lda yaratishlari mumkin. Sharq naqshi applikaciyani bu turi uchun boy material hisoblanadi. Dekorativ applikaciya bir va ko’p rangli bo’lishi mumkin.
Shakliga ko’ra ornamentlar cheksiz va cheklangan bo’ladi. Cheksiz ornametda uni tashkil etuvchi ayrim elementlar ritmik yoki simmetrik almashinib turadi. Bu elementlarning rangi, shakli bir xil bo’lishi kerak.
Cheklangan ornament shakl-kvadrat, to’g’ri burchak, doira, oval va shu kabilar ichiga joylashadi yoki kompanovka qilinadi. Undagi elementlar ham xuddi fazoviy uyg’unlikda bo’lishi kerak.


BADIIY APPLIKACIYA


Tematik ishlarni yaratish faqat mehnatga emas, balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Mehnat ta’limi darslarida applikaciyaishlarini bajarish texnikasi o’rganiladi.


Rangdor surat applikaciya mavzusining elementlarini o’quvchilar turli bayramlarga bag’ishlangan (tabriknomalar, ochiq xat muqovasini, yo’l belgilari) ishlarini bajaradilar. Ish mavzu va fikr tanlashdan boshlanadi. Quticha ochiq tondagi qog’oz fon tarzida tanlanadi. Applikaciyaga qaratilgan asarning yaratilishi va elementlar miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi. Asarni yaratish ustida ishlaganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Asarni yaratish hajmiga ko’ra eng katta element asosiy mavzu elementi bo’lishi kerak. Buklash yo’li bilan yasaladigan ko’rsatmali qurollar va ularning yasalishi yo’llari.
Boshlang’ich sinflardagi mehnat ta’limi dastur materiallarini tahlil qilar ekanmiz, barcha sinflardagi ish turlaridan biri «Qog’oz va karton bilan ishlash» ekanligini ko’ramizSavоllar:

  1. «Applikatsiya» so`zining ma’nоsi qanday?

  2. Dеqorativ bеzak san’ati nima?

  3. O`zbеk milliy bеzaklariga misоllar nimalar bo`la оldai?

  4. Bеzak san’atining asоsiy asоschilari kimlar?

  5. Applikatsiyaning asоsiy хоm ashyolari nimalar bo`ladi?

  6. Applikatsiyalarning ta’lim-tarbiyadagi rоli qanday?

  1. Sinfdan tashqari mashgulоtlar asоsiy mashg’ulоtlardan farqi
    nimada?

  2. To`garaklarda qanday ta’limiy ishlar amalga оshiriladi?

  3. To`garak a’zоlariga bеriladigan tоpshirikdarning turlarini
    ayting.

  4. To`garaklarning nеcha bоsqichi mavjud?

  5. Asоsiy amal qilinadigan mеhnat qоidalari nimalar?




Download 48.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling