Aprel aprel oy mavzusi: yer bizning umumiy uyimiz katta guruhda atrof-muhit bilan tanishish bo‘yicha frontal mashg‘ulotlar mazmuni
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Aprel oyining 2 haftasi frontal
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyachi
O‘yin uchun material:
Har xil o‘lchamdagi va rangdagi to‘qqizta karton sayyora, 1 dan 9 gacha bo‘lgan raqamli kartochkalar, quyosh tizimining diagrammasi, orbitalarni yotqi- zish uchun kartonlar, har xil o‘lchamdagi va rangdagi to‘qqizta to‘p, qum qoplari, sayyora- lar bosma nashr etilgan banner. Variant 1 Bolalar arqonlardan foydalangan holda, sayyoralar orbitalarini stolga joylashtirib, so‘ng sayyoralarni o‘zlarining “yo‘llari”, orbitalari bo‘ylab raqamlar bilan joylashtiradilar. Variant 2 Bolalar kartalarsiz she’rdan foydalangan holda, quyosh sistemasi diagrammasida sayyoralarni yotqizadilar. “Bir — Merkuriy, Ikki — Venera, Uch — Yer, To‘rt — Mars, Besh — Yupiter, Olti — Saturn, Yetti — Uran, Sakkizinchi kelar– Neptun. Undan keyin va faqat keyin Kelar to‘qqizinchi sayyora Uning nomi Pluton” Variant 3 Bolalar yerga arqonlar yordamida quyosh atrofiga orbitalarni joylashtirishadi va to‘p- sayyoralar bilan aylanib yurishadi, undan keyin Quyosh tizimi sayyoralarining joylashi- shiga mos ravishda o‘zlarining “orbitalariga” kirishadi. O‘yin davomida orqa fonda kosmik musiqa yangrashi mumkin. O‘yinning yana bir varianti Bannerda tartibsiz ravishda sayyoralar bosib chiqilgan boladi, va bolalar o‘qituvchining buyrug‘i bilan o‘qituvchi ko‘rsatgan sayyoraga qum xaltalarini tashlashadi. Tarbiyachi: Ofarin, biz bu vazifani uddalay oldik! Bolalar, endi o‘yin o‘ynashga va hara- katlar bajarishga nima deysiz? (musiqa bilan) “Sayyora” nomli jismoniy mashqlar bajariladi. Bir Merkuriy (o‘ng qo‘l oldinga) Ikki Venera (chap qo‘l oldinga) Uch Yer (o‘ng qo‘l yuqoriga) To‘rt Mars (chap qo‘l yuqoriga) Besh Yupiter (kamar ustida o‘ng qo‘l) Olti Saturn (kamar ustida chap qo‘l) Shuningdek Uran, Neptun (o‘ngga, chapga burilish) Va albatta Pluton (o‘zining atrofida sakrash) Bizning Quyosh chempion (o‘ng qo‘l yuqoriga, chap qo‘l kamar ustiga) Endi keling — keling, yana ham tezroq bo‘ling (tepada qarsaklar) (Takrorlash uchun qo‘llaringizni boshingiz ustida silkiting.) «Kosmik Viktorina». Tarbiyachi matnni o‘qiydi, bolalar esa to‘g‘ri javobni tanlaydilar. 1. Birinchi fazogir kim bo‘lgan? (Birinchi fazogir Yuriy Alekseevich Gagarin bo‘lgan) 2. Koinotda qanday hayvonlar bo‘lgan? (Koinotda itlar bo‘lgan) 3. Yulduzlarni kim o‘rganadi? (Astronom yulduzlarni o‘rganadi) 4. Qadimgi davrlarda kim taqdirni yulduzlar yordamida bashorat qilgan? (Qadimgi davrlarda munajjim yulduzlar yordamida taqdirlarni bashorat qilgan) 5. Yulduzlar guruhi qanday nomlanadi? (Yulduzlar guruhi yulduz turkumi deb nomla- nadi.) 6. Quyosh bu nima? (Quyosh bu katta yulduz) 7. Koinotga uchadigan insonning kasbi nomi nima? (Koinotga uchadigan inson fazogir deb ataladi) 8. Siz nima deb o‘ylaysiz, fazogir parvoz paytida nima qiladi? (Fazogir yer, oy va bosh- qa sayyoralar yuzasini o‘rganadi; bo‘ronlar, tayfunlar to‘g‘risida xabar beradi; bizga ob-havo ma’lumotini aytib beradi; tibbiy va texnik nazoratni amalga oshiradi; bizni radioaloqa, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va boshqalar bilan ta’minlaydi) “Aksini ayting” o‘yini. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling