Aqarova Dilorom Qurbonovna Mavzu; vaqt haqida tushuncha reja; Vaqt va uning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 50 Kb.
bet4/4
Sana17.02.2023
Hajmi50 Kb.
#1207265
1   2   3   4
Bog'liq
Vaqt. i (3) (2)

Kerakli jihoz: sutka qismlari surati.
O‘yinning borishi: Bolalar yoniga Bilmasvoy keladi. Bolalar bilan salomlashadi. Tarbiyachi nega u g‘amgin ekanligini so‘raydi. Bilmasvoy rasmlar olib kelganini, bolalarga tartibi bilan sutka qismlarini ko‘rsatmoqchi ekanini, ammo hammasini aralashtirib yuborganini aytadi.Tarbiyachi rasmlarni tartibga solishda Bilmasvoyga yordam berishini taklif qiladi. Bolalardan rasmlarni qanday joylashtirish kerakligini so‘raydi. Sutka qismlari tasvirlangan rasmlar to‘plami ichidan bolalar bir sutkaga terishi qismlarni tartib bilan yig‘adilar.
Tarbiyachi bolalarning juda aqlli ekanligini takidlab, sutka qismlari ketma-ketligini, ularning istalganidan boshlab tartib bilan qo‘yib tushuntirib bera olishini aytadi.
Hafta kunlari” o‘yini.
Maqsadi: Bollalarning hafta kunlarini ketma-ketligini bilishi, ajratishi va ularni sanab berishi.
O‘yinning borishi: Tarbiyachi rangli doirachalarni har xil joyga qo‘yib, bolalarga signal chaladi va rangni aytadi, bolalar rangni eshitib, shu rangdagi doira oldiga turadi. Adashgan bola o‘yindan chiqib turadi.
Dushanba – qizil rangda,
Seshanba – ko‘k rangda,
Chorshanba – yashil rangda,
Payshanba –sariq rangda,
Juma – siyohrangda,
Shanba –jigarrangda,
Yakshanba – qora rangda.
Bolalarda vaqtni idrok qilish qobiliyatining shakllanishi. O‘quv yilining boshida katta guruh bolalarida ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt qismlari haqidagi tasavvurlar mustahkamlanib, ular vaqtni atrofidagi kattalar bilangina emas, balki vaqtning obyektivroq ko‘rsatkichlari – tabiat hodisalari (quyosh chiqishi) bilan bog‘laydilar. Tarbiyachi bolalar bilan ularning atrofidagi kattalar bilan kun davomida nima ish qiladilar, ularni qanday izchillikda, qachon bajaradilar, erta tong, kunduz, kechqurun haqidagi taassurotlari to‘g‘risida suhbatlashadi. Bolalarga mavzuga doir she’r va hikoyalar aytib beriladi. Ko‘rsatma material sifatida bolalarning kun davomida xilma-xil faoliyat turlari aks ettirilgan rasm va fotosuratlardan foydalaniladi: o‘rin ko‘rpalarni yig‘ish, ertalabki gimnastika, yuvinish, ertalabki nonushta. Sutka qismlari haqida tasavvurlarni aniqlashda didaktik o‘yinlar, masalan, bizning kun o‘yini yordam beradi. «Kecha», «bugun», «ertaga» kabi vaqt belgilarining o‘zgaruvchanligi va nisbiyligi bolalarining ularni o‘zlashtirishlarida qiyinchilik tug‘diradi. Besh yoshli bolalar bu so‘zlarni yanglishtiradilar. Pedagog muayyan so‘zlarning mazmun ahamiyatini ochib berish uchun bolalarga quyidagi savollarni beradi: «Biz siz bilan kecha qayerda bo‘ldik?», «Istirohat bog‘iga qachon borgan edik?». Bolalarni vaqt terminlari ustida mashq qildirish uchun katta guruhda so‘zli didaktik o‘yinlar hamda o‘yin mashqlaridan, masalan, «Davom ettir!» o‘yinidan foydalaniladi. Bu mashqni koptok bilan o‘ynaladigan o‘yin shaklsida o‘tkazish mumkin. Bolalar doira bo‘lib turadilar. Tarbiyachi qisqa jumla aytib, koptokni tashlaydi. Kim koptokni ushlab olsa, o‘sha bola tegishli vaqtni aytadi. Masalan: tarbiyachi koptokni tashlab: «Biz pochtaga bordik», - deydi. Bola esa koptokni ushlab olib «kecha» – deb jumlani tugatadi. Bolalar hafta kunlarining nomini faoliyatining aniq mazmuni bilan bog‘laydilar. Endilikda bolalar har kuni ertalab hafta kunlarining nomini shuningdek, kecha haftaning qaysi kuni ertaga qaysi kuni ekanligini aytadilar. Matematika ta`limiy faoliyatlarida vaqti-vaqti bilan bolalarga hafta kunlarini tartibi bilan aytish taklif etiladi. Aytilgan kundan oldin va keyin qanday kun kelishini aytish muhim. Pedagog «Qaysi kunlari rasm chizish mashg‘ulotimiz bor? Musiqa mashg‘ulotichi? deb savollarni almashtirib turadi.
Bolalar tartib bilan sanashni, hafta kunlarini tartib bilan aytishni o‘rganib olganlaridan keyin kunni tartib raqami bilan bog‘laydilar. Hafta kunlarining izchilligi haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun “Hafta kunlari” so‘zli didaktik o‘yinidan foydalanish mumkin. Hafta kunlarining alamashinishini kuzatib borish bolalarda takrorli vaqtning o‘zgaruvchanligi haqida tushuncha hosil bo‘lishiga, uning ketidan hafta kelishini ochib berishga imkon yaratadi.
Adabiyotlar:
1. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: Ўқитувчи, 1995 й.
2. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007.
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling