Aqli zaif bolalarning psixalogiyasinin òziga hosligi va ularning òrganish tamoyillari


Download 28.83 Kb.
Sana08.08.2023
Hajmi28.83 Kb.
#1665751
Bog'liq
Aqli zaif bolalarning psixalogiyasinin òziga hosligi va ularning òrganish tamoyillari


AQLI ZAIF BOLALARNING PSIXALOGIYASININ ÒZIGA HOSLIGI VA ULARNING ÒRGANISH TAMOYILLARI

Aqli zaif o'quvchilar lug'at zahirasini boyitish texnologiyalari


Muhabbat Yorqinxon qizi Zohidova Toshkent davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada aqli zaif o'quvchilar bilan dars jarayonlarini tashkil etish, o'quvchilarning so'z boyligini, lug'at zahirasini boyitishning pedagogik texnologiyalari haqida fikr-mulohazalar yurutilgan.
Kalit so'zlar: aqli zaif o'quvchi, pedagogic texnologiya, ta'lim tizimi, oligofrenopedagogika.
Vocabulary technologies for disabled students
Muhabbat Yorkinhon qizi Zohidova Tashkent State Pedagogical University
Abstract: This article discusses the organization of teaching processes with mentally retarded students, pedagogical technologies for enriching students' vocabulary, vocabulary.
Keywords: mentally retarded student, pedagogical technology, education system, oligophrenopedagogy.
Mamlakatimizning muntazam ravnaq topib borish, buyuk kelajak degen manzilga jadal etishida sog'lom, barkomol avlod tarbiyasi favqulotda muhum ahamyatga ega bo'lganligi uchun ham davlatimiz rahbari mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq bu masalaga alohida e'tibor bilan qarash lozimligini uqtirib keladi. Yurtboshimiz Majlisning IX sessiyasida (1997 yil 29 avgust) so'zlagan nutqida aytganidek, "Kelajak avlod haqida qayg'urish, sog'lom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy hususyatimizdir".
Jamiyatning yangilanishi barcha sohalardagidek, ta'lim va tarbiya sohasini ham o'zgartirishni unga yangicha munosabatni talab qiladi "Kadrlar bo'yicha milliy dasturda ham jismonan sog'lom, mustaqil fikirlovchi, aqliy ruhiy jixatdan etuk, yuksak ahloqli, barkamol shaxslarni ahamiyatiga molik masalalardan ekanligini ta'kidlangan. Tashkil qilinayotgan turli shakldagi ta'lim-tarbiya muassasalarida bola va o'quvchini o'z vaqtida, malakali, xatolarsiz va va yuborish masalalari uchun bevosita maxsus psixologiya fani xolis echim topib bera oladi. Ushbu masala psixologlar L.S.Vigotskiy, A.R.Luril, D.B.Elkonik, L.A.Venger, A.V.Zaparojiz, V.I.Lubovskiy mamlakatimiz psixolog olimlaridan M.G.Davlatishen, E.G'.G'oziev,
V.A.Tokareva, G'.B.SHoumarov, B.G.Qodirov, Sh.R.Baratov, R.I.Sunnatova, S.A.Axunjonova, Q.Mamedov, E.Z.Usmonova va boshqalarning ilmiy amaliy tadqiqotlarida turli tomonladan turli darajada tadqiq qilingan. Yuqoridagi mualliflar bolalarning aqliy taraqqiyoti, diqqati, xotirasi uning aqliy imkoniyatlari, ijtimoiy muhit ta'sirlariga beriluvchanligi turli yo'sinlarda o'rganilgan. Yuqorida bayon qilingan ilmiy amaliy psixolog tadqiqotlarda shaxslarning diqqati, uning umumiy taraqqiyoti verbal va noverbal tafakkuri, xotirasi bolalarda bilim va malakalarning tarkib topish va boshqa muammolarga bog'liq holda tadqiq qilingan. Shu bois mavzumizni dolzarb deb hisobladik.
Odamlar birgalikda yashay olishlari uchun ular bir-birlari bilan so'zlashishlari, fikr almashishlari zarur. Shuning uchun jamiyat a'zolari orasidagi aloqaning eng muhim vositasi bir-biri bilan so'zlashish, fikr almashishdir. Jamiyat a'zolarining o'zaro aloqa vositasi, ish yuritish imkoniyatini ta'minlovchi vosita tildir. Til o'tgan avlodlar tajribasi, bilimlari, madaniyatini kelgusi avlodlarga etkazuvchi ko'prik hamdir. Kishilar til yordamida hayot tajribalari va ilmiy yutuqlarini qoldiradilar va ular avloddan - avlodga o'tib, boyib, rivojlanib boradi. Bu tilning ulkan ma'rifiy ahamiyatidir. Til shaxsiy hayotda ham juda katta o'rin tutadi: u shaxsning o'zini o'ziga tanitadi, unda insonlik tuyg'usini kamol toptiradi.
Ko'rinadiki, til va nutq inson ma'naviy kamolotining muhim omillaridan sanaladi. Ta'lim-tarbiya oluvchi har bir bolaning zamon talabi darajasida barkamol shaxs bo'lib shakllanishi va jamiyat ishlarida faol qatnashishida nutqning to'g'ri rivojlanishi juda kata ahamiyatga ega. Shu bois har bir insonni nutqni puxta egallashga, o'z fikrini to'liq ifoda etishga o'rgatish lozim. Ma'lumki, bolalar nutqi kattalar nutqining ta'siri ostida rivojlanib boradi. Nutqning to'g'ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to'g'ri nutqiy muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'liq. Nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa qilish jarayonining tarixan tarkib topgan shaklidir. Nutq rang-barang tovushlar majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida, nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo'ladi. Shu bois tovushlarni vujudga keltiruvchi manbalarni, organlar fiziologiyasini, ularning faoliyatini o'rganish, talaffuzda nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash to'g'ri va ravon talaffuzni ta'minlovchi omillardan biri bo'lib hisoblanadi.
Nutq tug'ma qobiliyat emas, bu imkoniyat har insonda mavjud bo'lib, u bolaning ontogenezida jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan bir davrda shakllanib boradi. Nutq buzilishlarini o'rganish uchun bolalar nutqining ma'lum me'yorda rivojlanish xususiyatlarini aniqlash, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o'ynovchi ob'ektiv va sub'ektiv sharoitni, shuning bilan birga bolalar nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Olimlar bola nutqining shakllanish davrini turlicha talqin qiladilar, har xil nomlaydilar, hatto har birining yosh chegaralarini
turlicha belgilaydilar. Jumladan, G.L.Rozengard-Punko bola nutqining rivojlanishini ikki davrga ajratadi.
So'z tilning ma'no bildiradigan asosiy birligidir. So'z va so'z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo'lgan barcha so'z va iboralarning yig'indisi lug'at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o'zbek tilining lug'at tarkibini o'rganadigan bo'limdir. Leksikologiya lug'at tarkibidagi so'zlarning nutqda ma'no ifodalash xususiyati, qo'llanish faolligi, boyib borishi, ba'zi so'zlarning eskirib, iste'moldan chiqib ketishi, ma'no ko'chish hodisasi kabilarni o'rganadi. SHu sababli leksikologiya lug'at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o'zaro bog'langan, mazmunga mos so'z va so'z birikmalarining ma'lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug'ati qanchalik boy va rivojlangan bo'lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo'ladi; o'z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug'atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o'stirishning muhim sharti hisoblanadi.
Hozirgi o'zbek adabiy tili ulkan lug'at boyligiga ega. Besh jildlik «O'zbek tilining izohli lug'ati» da 80000 dan ortiq so'z va so'z birikmasi berilgan bo'lib, bular umumiy qo'llaniladiganlaridir. Bunga o'zbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug'atlarda, o'zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug'atlarida va turli izohli lug'atlarda berilgan so'zlar qo'shilsa, lug'at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko'p so'zlar ko'p ma'noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug'atda bosh so'zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm bilan bog'langan ma'noda ishlatilishi berilgan.
Maktabda nutq o'stirishning muhim vazifalaridan biri lug'at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo'nalishlarini ajratish va asoslash, o'quvchilarning lug'atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi.
Maktabda lug'at ustida ishlash metodikasi to'rt asosiy yo'nalishni ko'zda tutadi:
1. Aqli zaif o'quvchilar lug'atini boyitish, ya'ni yangi so'zlarni, shuningdek, bolalar lug'atida bo'lgan ayrim so'zlarning yangi ma'nolarini o'zlashtirish. Ona tilining lug'at boyligini bilib olish uchun o'quvchi o'z lug'atiga har kuni 8-10 ta yangi so'zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4-6 so'zni qo'shishi, ya'ni shu so'zlar ma'nosini o'zlashtirishi lozim.
2. Aqli zaif o 'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish. Bu ichiga quyidagilarni oladi: 1) o'quvchi puxta o'zlashtirmagan so'zlarning ma'nosini to'liq o'zlashtirish, ya'ni shu so'zlarni matnga kiritish, ma'nosi yaqin so'zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo'llari bilan ularning ma'nosiga aniqlik kiritish; 2) so'zning kinoyali ma'nosini, ko'p ma'noli so'zlarni o'zlashtirish; 3) so'zlarning sinonimlarini, sinonim so'zlarning
ma'no qirralarini o'zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma'nosini o'zlashtirish.
3. Lug'atni faollashtirish, ya'ni o'quvchilar ma'nosini tushunadigan, ammo o'z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug'atidagi so'zlarni faol lug'atiga o'tkazish. Buning uchun shu so'zlar ishtirokida so'z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o'qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so'zlarni o'quvchilar faol lug'atidan nofaol lug'atiga o'tkazish. Bunday so'zlarga bolalarning nutq muhiti ta'sirida o'zlashib qolgan adabiy til me'yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so'zlashuv tilida qo'llanadigan sodda so'z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so'zlar kiradi. Adabiy til me'yori degan tushunchani o'zlashtirgach, o'quvchilar yuqorida izohlangan so'zlar o'rniga adabiy tildagi so'zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so'zlar, so'zlashuv tilida ishlatiladigan sodda so'z va iboralar o'quvchilarning faol lug'atidan chiqib keta boshlaydi.
Aqli zaif o'quvchilar lug'ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va takomillashtiriladi:
1. Atrofni o 'rab olgan muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati, bolalarniig o 'yini va o 'qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni kuzatish. Tabiat qo'yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsa va hodisalarni kuzatish bilan ko'pgina yangi nom va iboralarni o'rganadilar. Bu ekskursiyalar yuzasidan o'tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi, ayrim so'zlar ma'nosiga aniqlik kiritiladi.
Aqli zaif o'quvchilar lug'atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi. O'qish darslarida o'quvchilar Oybek, H.Olimjon, M.Shayxzoda, G'.G'ulom, H.Hakimzoda, Zulfiya, Uyg'un, A.Qahhor, P.Mo'min, Q.Muhammadiy, Sh.Sa'dulla, Z.Diyor kabi ko'pgina so'z ustalarining asarlarini o'qiydilar. O'zbek tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida o'zlashtiradilar. O'qish darsida bolalar lug'ati ma'lum mavzularga oid so'zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug'atiga axloqiy tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy, shirinso'z, mehribon, haqqoniy, botir, mard, jasur, mehnatsevar kabi ko'pgina so'zlar qo'shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida ko'p ma'noli so'zlar, sinonimlar, ko'chma ma'noda ishlataladigan so'zlarni, ba'zi frazeologik birikmalarni bilib oladilar.
Bolalar mustaqil o'qishga o'rganganlaridan keyin ular lug'atiga kitob, gazeta, jurnal materiallari katta ta'sir qiladi. Shuning uchun ham sinfdan tashqari mustaqil o'qish va unga rahbarlik shakllari o'quvchilar lug'atini boyitishning, nutqini o'stirishning eng muhim manbalaridan hisoblanadi.
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o'rganish darslari ko'pgina so'z va atamalarni o'zlashtirishga yordam beradi, o'quvchilar predmet, belgi, harakat,
sanoq, tartib ifodalaydigan so'zlarni bilib oladilar. Bu darslarda o'quvchilar lug'ati tartibga solinadi, so'z turkumlarini o'rganish jarayonida guruhlanadi, so'z tarkibi, so'z yasalishi, so'zlarning o'zgarishini o'rganish bilan esa lug'atga aniqlik kiritiladi; ular o'rgangan so'zlaridan o'z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada lug'atlari faollashadi. O'quvchilar lug'ati maxsus lug'aviy-mantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi.
Bulardan tashqari, kinofilm va televizor eshittirishlarining matnlari, o'qituvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining nutqlari ham o'quvchilar lug'atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi. Aqli zaif o'quvchilarning lug'atini boyitishda turli lug'atlar juda foydali qo'llanmadir. Aqli zaif o'quvchilaruchun «Imlo lug'ati» mavjud. O'qituvchi ma'lumot uchun ham, material tanlash uchun ham turli lug'atlardan (o'zbek tilining sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug'atlaridan, turli terminologik lug'atlardan) muvaffaqiyatli foydalanadi.
II.Bob. Aqli zaif bolalar ruhiy jarayoning o’quv faoliyatiga ta’siri va ular bilan olib boriladigan korreksion ishlar
2.1. Aqli zaif bolalar bilish faoliyatini o’ziga xos xususiyatlari
Bilish jarayoni kabi ta'lim jarayonida ham aqli zaif o`quvchi bilmaslikdan bilishga, noto`g`ri va noaniq bilimdan lobora lliqroq va aniqroq bilishgachu bo`lgan yo`lni bosib o`ladi. Bu jarayonda hissiy idrok clish liam, abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko`rish ham bo`ladi.
Muayyan fan va hodisalar obyektiv dunyoni bilish jarayonidan o`rganiladi va ularning tashqi, ichki mohiyatini o`zlashtirish jarayonida omillar aniqlanadi. Mushohada, tasavvur va abstrakt tafakkurga asoslanib faktlar umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar va kategoriyalar yaratiladi.
Bilish ikki qismga — nazariya va amaliyotga bo`Iinadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik raqam va boshqalar. Nazariyada g`oya shakllanadi.
Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko`rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba, o`zgaitirish, yaratish — bular amaliyot shakllariga kiradi.
Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo`lib xizmal qiladi. Masalan, Marsni kuzatish jarayonini olaylik. Jonli mushohada va abslrakt tafakkur yordamida uchirilgan ilmiy apparatlar orqali olingan materiallarni laboratoriyalarda lekshirish amaliyotga kiradi.
llmiy bilishning vazifasi hodisalarning mohiyatini, ularning rivqjlanish qonunlarini ochishdangina emas, balki biron-bir qonunning qay tariqa namoyon bo`lish sabablarini ham ko`rsatib berishdan iborat.
Ilmiy omii iimiy bilishning elementi bo`lib, kuzatish, tajriba asosida qo`lga kiritiladi, omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat iicliun ahamiyati ham bo`lmaydi.
Shuning uchun ilmiy bilimning, fanning asosiy maqsadi omillar asosida yotgan umumiy bog`lanishlarni, qonuniyatlarni topish, ularning mohiyatini bilishdir.
Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkirlari bilishda omillami o`rganishga katta ahamiyat berganlar. Abu Nasr Forobiy (873—950) bilimning elementi bo`Igan omillarini o`rganishga katta ahamiyat bergan. Uning fikricha, bilimning asosini mavjud narsa va hodisalarni inkor ettiradigan omillar tashkil etadi. Ibn Sino (980—1037) kasallikni vujudga keltiruvchi obyektiv omillarni o`rganish asosida kasalliklarni turlarga ajratadi va davolash usullarini ishlab chiqadi. Beruniy (973—1048) tabiat hodisalari sirlarinj o`rganishda tajriba, empirik kuzatish va ular asosida olingan faktlarga asoslanadi.
Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning sezgi organlarimizga ta'sir etuvchi ayrim sifatlarining ongimizda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir analizator, I.P.Pavlov ta'kidlab o`tganidek, narsalarning ayrim sifatlarini idrok qiladi: biz sovuq, iliqlik, sho`r, oq, qora, achchiq, chuchuk va hokazolarni ko`rish, eshitish, hid bilish, ta'm — maza bilish, teri — muskul — harakat va organik sezgi organlarining faoliyati orqali bilib olamiz.
Sezgilar — olani haqidagi barcha bilimlarimizning manbaidir. Ammo ilmiy asosda bilishda, masalan, olimning bilishi bilan o`quvchining bilish faoliyati o`rtasida umumiylik bo`lsa ham, lekin ular bir-biridan farq qiladi. Olimlar olamni bilib olib, ilgari fanga ma'lum bo`lmagan yangi htiqjjqatiarni kasHf etadilar, yangi qonuniyatlarni aniqlaydilar va ulariqa raniTing ilgarilab ketishiga imkon yaratadilar. ta'lim jarayonida olani haqidagi elementar bilimlarni bilib oiib, o`zlari uchun ilgari noma'lum bo`lgan, biron fan kashf etgan va odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyotida tekshirib ko`rilgan yangi bir narsani bilib oladilar.
Yordamchi maktabda o`qituvchi o`quvchilarni olimlar tomonidan yaralilgan qonunni bilishga to`g`ri engillashtirilgan vaqt jihatidan qisqa yo`ldan olib boradi.
O`qitish natijalari bilim sifatida, aqli zaif o`quvchilarning korrektsion rivojlanish darajasida o`z aksini topadi.
Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, ijtimoiy taraqqiyotning har bir bosqichida shu jamiyatga xos insonni, shaxsni tarbiyalash muhim vazifalardan hisoblanadi. Respublikamiz milliy istiqlolga erishganidan so’ng kelajagi buyuk O’zbekistonni barpo etish jarayonida ta’lim-tarbiyaning ustuvor vazifasi komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo’ydi. O’zbekiston Respublikasi "Ta’lim To’g’risida"gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi negizida joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimi aynan aqlan zukko, ma’naviy jihatdan yetuk, raqobatbardosh, jahon standartlariga mos kadrlarni tayyorlashni nazarda tutadi.
Tadqiqot ishimiz uzluksiz ta’lim tizimida aqliy qobiliyatni o’rganishdan iborat bo’lganligi tufayli, turli yosh bosqichlaridagi o’quvchi va talabalarning aqliy qobiliyat darajalarini aniqlash imkoniyatiga ega bo’lgan maxsus metodika ishlab chiqdik.
Qisqa tanlov testi o’z ichiga turli sohaga taalluqli bo’lgan, turli murakkabliklarga ega bo’lgan 50 ta topshiriqni qamrab olib, aqliy qobiliyatlarining integral ko’rsatkichlarini aniqlashda, shuningdek, tafakkurning quyidagi "muammoli qism"larini tashxis qilishga mo’ljallangan:
Aqli zaif bolalarning bilim qobiliyatlarni o’stirish uchun qo’yidagi tanlov testlar asqotadi.
1. Materialni umumlashtirish va analiz qilish. Ushbu kategoriyagatestning 20,21, 31, 36, 47,48- jami 7ta topshirig’i kiritilgan bo’lib, ularni to’g’ri bajarish uchun aniq iborani mavhumlashtirishdan, mazmunni tahlil qilish sohasiga va bu sohadan aniq iborani mushohada qilishga qaytish qobiliyati talab etiladi.
16-topshiriq: Quyida keltirilgan so’zlarni shunday tartibda joylashtiringki, ulardan to’g’ri gap hosil bo’lsin. Javob sifatida oxirgi so’zning oxirgi harfini belgilang.
hammaga Odobli bola manzur
J A S U R
1 2 3 4 5
bu yerda javob raqami "5". Ya’ni to’g’ri javob "Odobli bola hammaga manzur" shaklida bo’lganligi sababli "manzur" so’zining oxirgi harfi "r" hisoblanadi.
2.Tafakkurining egiluvchanligi. Ushbu kategoriyaga kiritilgan topshiriqlar soni 7 ta (11,19, 28, 35, 38, 41, 43) bo’lib, ularning yechimi tafakkurning ixchamligi va epchilligini talab qiladi.
11-topshiriq. "Taqillash" va "oqim" so’zlari bir-biriga mazmunan:
1. o’xshash, 2. qarama-qarshi, 3. o’xshash ham, qarama-qarshi ham emas.
Bu yerda to’g’ri javob "3" hisoblanadi. Chunki Taqillash" va "oqim" so’zlari o’zaro o’xshash ham qarama-qarshi ham emas.
3. Tafakkurning ko’chuvchanligi. Ushbu kategoriyaga kiritilgan topshiriqpar bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga tezkor ko’chishni taqozo etadi.
Testdagi xilma-xil topshiriqlar qatori avvalgi tajribalardan foydalanishda ko’chuvchanlik mavjud bo’lmagan sinaluvchilarda qiyinchilikni yuzaga keltiradi. Bunday kishilar tanlagan ish uslubini qiyinchilik bilan o’zgartiradilar, shuningdek ularning intellektual jarayonlari sust va ishlash tempi sekin, aqliy faoliyat mahsullari ham yetarli emas. Ushbu kategoriyada 1. 4. 5, 7, 25 - jami 5 ta topshiriq kiritilgan.
4-topshiriq. 82 97 114 133.......?
Nuqtalar o’rniga yetishmaydigan sonni topib qo’ying.
1.1542.1483.1524.1505.156
Bu yerda 1-javob to’g’ri. chunki bu sonlarda qator o’rtasidagi bog’liqlik shundan iboratki, ularga ko’payib boruvchi sonlar qo’shilgan. Masalan, 97 soni 82 soniga 15 ni qo’shish natijasida hosil bo’lgan, 114 soni esa 97ga 17ni ko’shish, 133 esa 114 ga 19 ni qo’shib hosil qilingan.
Shu sababli 133 ga 21 ni qo’shsak, 154 hosil bo’ladi. Demak to’g’ri javob 154.
4.Tafakkurning emosional jihatlari (fikrning chalg’ishi): Tafakkur obyektga, muammoga faol yo’naltirilgan bo’lishi shart.
Testning bir qator topshiriqlari tafakkuri emosional jihatdan kam rivojlangan sinaluvchilarning ko’rsatkichlarini tushirib yuboradi. Bunday sinaluvchilar qulay boshlaydilar, eksperimentatorga murojaat qiladilar. Ular muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikdan impulsiv ta’sirlanish bilan xarakterlanadi. Bu kategoriyaga 24, 25, 26, 27, 30, 31, 39, 44, 46, 50 -jami 11 ta topshiriq kiritilgan.
26-topshiriq. Anvarning yoshi nechada bo’lsa, Xusan ham shuncha yoshda. Anvar Farhoddan kichik. Xusan Farhoddan katta.
Agar yuqoridagi 2-jumla to’g’ri deb hisoblansa, u holda 3-jumla:
1. to’g’ri 2. noto’g’ri 3. noaniq
Bu yerda to’g’ri javob "2". Chunki Anvar bilan Xusanning yoshi teng bo’lganligi uchun Anvar Farhoddan kichik bo’lgan holda albatta, Xusan ham undan kichik bo’lishi shart. Shu sababli, "Xusan Farhoddan katta" degan xulosa kelib chiqadi.
5. Idrokning tezligi va aniqligi. Testning bir qator topshiriqlari shaxsdagi rasmiyatchilik qobiliyatini aniqpashga mo’ljallangan. Oliy ma’pumotli mutaxassislar, boshliqlarning ishi muammolarni qisqa vaqt ichida taxlil qilishni, asosiy mazmunni ajratish va sonlarni solishtirishni talab qipadi. Ushbu kategoriya savollari 1, 10, 12, 13, 18, 33, 42 - jami bta topshirikdan iborat.
18-topshiriq. Ikki baliqchi Zbtabaliqtutdilar. Birinchi bapiqchi ikkinchisiga nisbatan sakkiz marta ko’p baliqtutdi. Ikkinchi baliqchi qancha baliqtutgan?
1.18 ta
2. 26 ta
3. 32 ta
4. 21ta
5. 4 ta
Bu yerda to’g’ri javob "5", ya’ni, ikkinchi bapiqchi 4ta baliq tutgan. Bunda to’g’ri javobni topish uchun barcha topshiriqlarni ko’z yugurtirib avval o’zlari uchun eng qulay bo’lganlarini bajaradilar, keyinchalik esa boshqa tipdagi topshiriqlarni bajarishga qaytadilar.
Ushbu usul bo’yicha natijalar sinaluvchining topshiriqlarni bajarish jarayonidagi harakatlari hisoblanadi.
8. Fazoviy hayol. Testda ikki o’pchamli fazoviy jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan 4 ta topshiriq keltirilgan, Bular 17,29,37,49 topshiriqlardir.
49-topshiriq: Quyidagi shakllardan qaysi biri boshqalaridan ko’proq farq qiladi ?
Bu yerda to’g’ri javob "3". Chunki bu shakl uchburchak, qolganlari esa ko’pburchak hisoblanadi.
Javoblar bo’yicha sinaluvchi akliy qobiliyatining ustuvor jihatlari quyidagi jadval asosida taxyail qilinadi,
8x4=32 va 36-32=4 amallari bajariladi.
Demak, to’g’ri javob 4.
6.Tildan foydalanish (savodxonlik). Ushbu kategoriyaga taalluqli topshiriqlar sinaluvchilarning tildan to’g’ri foydalanishi, savodxonlik, chet tilida elementar bilimlarni egallaganlik darajasini aniqlashga mo’ljallangan.
Ushbu kategoriyada 2, 3, 6, 8, 9, 13, 14, 15, 22,45 - jami 11 ta topshiriqlar kiritilgan.
3-topshiriq. Berilgan so’zlardan qaysi biri boshqalaridan farq qiladi?
1. haqqoniy 2. shubhali 3. ishongan 4. sodiq 5. ishonch Butopshiriq javobi"5", chunki haqqoniy, shubhali, sodiq, ishonchli so’zlari "qanday?" savoliga javob berib, ular sifatni bildiruvchi so’zlar hisoblanadi. Ishonch so’zi esa "nima?" so’rog’iga javob berib, ot so’z turkumiga kiradi.
7.Qulay usulni tanlash. (Mo’ljal olish.) Ko’rsatmaga binoan test topshiriqlarini istalgan ketma-ketlikda bajarish mumkin. Ayrim sinaluvchilar sonlar qatorini, ayrimlari esa verbal topshiriqparni yengil bajaradilar.
Ular barcha topshiriqlarni ko’z yugurtirib avval o’zlari uchun eng qulay bo’lganlarini bajaradilar.
Keyinchalik esa boshqa tipdagi topshiriqlarni bajarishga qaytadilar ushbu usul bo’yicha sinaluvchining topshiriqlarni bajarish jarayondagi harakatlari hisoblanadi.
Sinaluvchining umumiy javoblari quyidagi jadval asosida tekshirilib, ballari jamlanadi va tegishli mezon bilan baholanadi.
Bu yerda sinaluvchi barcha topshiriqlarga to’g’ri javob berib, 166 ball to’plashi mumkin, ya’ni maksimal ball -166 ga teng.
To’g’ri javoblarning umumiy soni aniqlangandan so’ng, hisob jadvalidan foydalanib sinaluvchi tomonidan to’plangan ballar aniqlanadi.
Download 28.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling