Aqlli maktab
Download 0.8 Mb.
|
aqlli maktab hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ota- onalar uchun “Aqlli Maktab”
- Birinchidan
- Ikkinchidan
- Aqlli Maktab”
Xo’sh bu nimaga kerak?Ko’pchilikning fikricha o’quvchi bilimli bo’lsa u albatta tartibli bo’ladi. Lekin bu xato fikr. O’qituvchi elektron baholash bilan birgalikda xulqini ham belgilashi keyinchalik o’quvchining psixologik holatini ko’rsatishga ham yordam beradi. O’qituvchi atigi 2 yoki 3 daqiqasini sarflash orqali elektron jurnalga baholarni tushib boradi va bu bilan o’ziga bir qancha qulayliklarni yaratib boradi. Ota-onalar uchun “Aqlli Maktab”ning ota-onalar uchun ham alohida mobil ilovasi bo’lib, bu mobil ilova or- qali ota-ona farzandining bahosi, davomati, uyga vazifalari, o’qituvchilari ro’yhati ko’rsat- kichlari va shunga o’xshash juda ko’p ma’lumotlarni muntazam ko’rib borish imkoniyatiga ega. Oddiy, sodda va qulay interfeys orqali dasturni boshqarishni o’rganish juda oson. Birinchidan, bir qancha sabablarga ko’ra o’quvchilar ba’zan darsga qatnasha olishmaydi. Bularga misol qilib o’quvchining kasal bo’lib qolishini olaylik. Kasalligi haqidagi ma’lu- motnomani olib borish esa ota-onalarga har doim ham qulaylik tug’dirmaydi. Buning yechimi sifatida dastur sizga ota-onalar bilan muloqotda hujjat almashinuvini taklif etadi. Bu bilan ma’lumotlarni almashinuvini ta’minlash ko’zda tutilgan. Ikkinchidan, umumiy e’lon yoki qandaydir vaziyat haqida xabar berish uchun o’qituvchi har qaysi ota-onaga telefon qilishi shart emas. Umumiy xabar yozish va barcha ota-onaga yuborish tugmasini bosish orqali sanoqli soniyalar ichida o’qi tuvchi bu muommodan ha- los bo’ladi. Uchinchidan, ota-ona ma’lum bir sabablarga ko’ra o’qituvchi bilan gaplashishi lekin bo- rishga vaqti yoki imkoniyati bo’lmasligi mumkin. Biror narsa yuborish yoki farzandi haqida gaplashishni istasa bemalol dastur orqali xabarlashish mumkin. Ko’pchilik ota-onalar farzandini qaysi yo’nalishda qobili- yati borligini aniqlashda qiynalishadi. “Aqlli Maktab” bunga ham yordam beradi. O’quvchining qaysi fanga qobiliyati borli- gini aniqlaydi, nafaqat qobiliyati, balki aynan qaysi fandan qay- si mavzuda oqsayotganligi haqida ham ota-onaga va o’qituvch- iga xabar beradi. Sog’lom avlod rivojlanishi uchun bolaga yoshligidan e’ti- bor berish sog’ligini nazorat qilish lozim. “Aqlli Maktab”ning jismoniy ko’rsatkichlar bo’limi esa bu borada ham yordam be- radi. Yilda 2 marta jismoniy tarbiya fanidan olinadigan norma- tivlar asosida bolaning qanday o’sayotgani, antropometrik ko’rsatkichlarini ko’rsatadi. Bundan tashqari bola qanday rivojlanayotgani, agar normadan og’ishgan yoki zaif bo’lsa qanday mashqlardan foydalanishi lozimligi haqida ham masla- hat beradi. Bu juda muhim bo’lib, nosog’lom avlod yetishishini oldini oladi. “Aqlli Maktab” platformasi bilan butun ta’lim tizimiga, o’qituvchilarga, maktab psixologlariga, ishchi hodimlariga, ota-onalarga yordam berish istagida. Zero sog’lom, iqtidorli, qobiliyatli yoshlarni voyaga yetishiga hissa qo’shish uchun doimo izlanishdamiz. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling