Aqlli qishloq xoʻjaligi uchun asosiy innovatsion echimlar Reja: Kirish qismi


-rasm. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot o‘sish sur'atlarining dinamikasi va tadqiqot va ishlanmalarga sarflangan xarajatlar


Download 1.23 Mb.
bet3/9
Sana23.02.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1224688
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MENGZIYAYEV AXROR

1-rasm. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot o‘sish sur'atlarining dinamikasi va tadqiqot va ishlanmalarga sarflangan xarajatlar.
Qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar (1-jadval) 2,74 barobar oshdi. Shuni ta'kidlash kerakki, qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar xarajatlari o‘sish sur’ati boshqa ba’zi sohalarga nisbatan yuqoriroqdir.
Amaliy tadqiqotlar xarajatlarning eng katta o‘sishiga (188,7 %) ega bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarga yillik xarajatlar 2015 - yilga nisbatan 2021 - yilda 47 695,1 million so‘mga ortgan. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotiga nisbatan qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlari 0.003 % ga kamaygan.
Shuningdek, ITTKI ga xarajatlar tarkibida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha xarajatlar ulushi 2,8% ga oshgan (2-jadval).
YaIMning fan sig‘imi 0,98 foiz punktga oshdi va 2020 yilda YaIM ning 1 so‘mi uchun 10 tiyinni ya’ni 1,4 % ni tashkil etdi (2-rasm). Qishloq xo‘jaligida yalpi mahsulotning fan sig‘imi 0,003 foiz punktga kamayib, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti 1 so‘m uchun 0,02 tiyinni tashkil etgan. Bu juda past ko‘rsatkichdir. Yetakchi davlatlar iqtisodiyotida YAIM ning fan sig‘imi 3 % dan oshiqni tashkil etadi va yana o‘sish tendensiyasiga ega [26].
1 - jadval.

2- jadval


Qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar



Xarajatlar tarkibi

2015

2017

2019

2021

Farq
2015/2021

ITTKI ga xarajatlar jami, mln.so‘m

365160,1

470938,3

853404,4

-

229,7%

Qishloq xo‘jaligi fanlariga

27345,8

45539,7

64937,6

75040,9

274,4%

shu jumladan:
















fundamental tadqiqotlarga

4952,8

7337,3

6314,7

8430,8

170,2%

amaliy tadqiqotlarga

16671,6

28876,4

46493,7

31459,9

188,7%

ilmiy-texnik ishlanmalarga

4362,8

5064,7

6585,4

7684,8

176,1%

Jami ITTKI ga xarajatlarda qishloq xojaligi fanlari ulushi, % da

7,5%

9,7%

7,6%

-

2,8%

Qishloq xojaligi yalpi mahsulotiga nisbatan qishloq xojaligi fanlari boyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlarini oshirish, % da

0,027%

0,031%

0,030%

0,025%

-0,003%

O‘zbekiston iqtisodiyotini raqobatbardoshligini oshirish uchun YAIM da ITTKI ga xarajatlar hajmini kamida 2 barobar oshirish lozim.

2 - rasm. YAIMning fan sig‘imkorligi


  • Iqtisodiyotning yuqori texnologiyali (shu jumladan o'rta texnoiogiyali (yuqori darajadagi)) va ilm talab qiladigan tarmoqiarining YalMdagi ulushi, foizda

  • Iqtisodiyotning yuqori texnologiyali va ilm talab qiladigan tarmoqlarining YalMdagi ulushi, foizda

  • Yuqori texnoiogiyali ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat qo'shilgan qiymatidagi ulushi, foizda



  1. rasm. Iqtisodiyotning texnologik rivojlanish darajasini baholovchi ko‘rsatkichlar.

Mamlakatning innovatsion rivojlanishida yuqori texnologiyali faoliyat turi ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. 2015 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston respublikasida iqtisodiyotni texnologik rivojlantirish darajasini baholovchi ko‘rsatkichlar tahlil qilish (3-rasm) iqtisodiy faoliyatning yuqori texnologiyali turlari ulushi o‘sish tendensiyalarini ko‘rsatdi (4-rasm).



Manba: Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
4-rasm. O‘zbekiston respublikasida iqtisodiyotni texnologik rivojlantirish darajasini baholovchi ko‘rsatkichlar 2015 - 2020 yillarda o‘zgarishi, % da

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.10.2020 yildagi PF-6097-son


“Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
Farmonida Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va uning yangi texnologik
rivojlanishga o‘tish jarayoni dunyo tovar va moliya bozorlarida, raqamli texnologiyalarni joriy etish sohasida va aholining ijtimoiy-iqtisodiy, o‘sib borayotgan muammolarini hal qilish usullaridatobora raqobatning kuchayishiga olib kelmoqda. Ushbu masalalarning asosiy yechimi ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yetakchi mamlakatlar qatoridan o‘rin olish, to‘rtinchi sanoat inqilobi davrida xalqaro raqobatbardoshlikka erishish, to‘plangan institutsional muammolarning yangi yechimlarini izlab topish, shuningdek globallashuv tufayli yuzaga kelayotgan bahsli masalalarni hal qilishdan iborat bo‘lishi lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentabrdagi PF-5544-son Qarori bilan tasdiqlangan “2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi” da O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha Global innovatsion indeks bo‘yicha dunyoning 50 yetakchi davlati qatoriga kirishi asosiy maqsad qilib belgilangan.
Qishloq xo‘jaligida innovatsion rivojlanish ko‘rsatkichlari iqtisodiy faoliyat turlari kesimida asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti va asosiy fondlarning chiqib ketish koeffitsiyentilarini tahlil qilamiz (3-jadval).

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti va asosiy fondlarning chiqib ketish koeffitsiyenti mos ravishda taxlil qilingan davrlar mobaynida 4,7 va 1,3 foiz punktga ortgan. Shuningdek, Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida asosiy fondlarning chiqib ketish koeffitsiyenti ko‘rsatkichlar bo‘yicha trend asosan o‘sishni ko‘rsatmoqda. Ammo, Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti 2018 - yildan so‘ng kamayib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligi innovatsion rivojlanishi - sohada fan - texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha patent talabnomalarining soni bilan belgilanadi. Qishloq xo‘jaligida patent faoliyati tahlili 5-rasmda keltirilgan.

5-rasmda keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilsak, agrosanoat majmuasida patentlar
soni barcha klassifikatsiyalarda kamayib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Qishloq
xo‘jaligi fan sohalari bo‘yicha ITTKI ishlariga xarajatlar so‘nggi yillarda o‘sib borishi
qaramasdan (2 - jadval), sohada innovatsion faoliyatning asosiy ko‘rsatkichi - sohada
patent talabnomalari soni kamayib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligidagi ilm-fan yutuqlariga qaramasdan, biz O‘zbekistonning
qishloq xo‘jaligi sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish darajasi pastligini qayd
etamiz. Buning asosiy sabablariga quyidagilar kiradi: qattiq pul - kredit va soliq siyosati;
tarmoqni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimining samarasizligi; qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy texnika va texnologiyalarni xarid qilish
imkoniyatlarining cheklanganligi; samarasiz foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi
yerlarining yuqori ulushi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishda vositachilar, ishlab
chiqaruvchilarning chakana savdo va iste'molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish
imkoniyatining yo‘qligi.
Shunga qaramay, tarmoqda innovatsiyalarning har xil turlari joriy etilmoqda va iqtisodiyotning yuqori texnologiyali (shu jumladan o‘rta texnologiyali (yuqori darajadagi)) va ilm talab qiladigan tarmoqlarining YalMdagi ulushi 2015 - yilda 21,8 % dan 2020 - yilda 26,1 % ga oshgan [27].
Innovatsiyalarni joriy etish ko‘p jihatdan qishloq va o‘rmon xo‘jaligida tuproqni qayta ishlash; qishloq xo‘jaligi mashinalari detallari va tegishli qismlari, jihozlari; chorvachilik; parrandalarni, baliqlarni ko‘paytirish va saqlash; baliq yetishtirish; baliq ovlash; hayvonlarning yangi zotlari, oziq - ovqat mahsulotlarini saqlash bilan bog‘liq bo‘lib, ular ushbu yo‘nalish mahsulotlari yetishtirishning sezilarli o‘sishini ko‘rsatmoqda.
Ekinchilikda bu ko‘chat olish; ekish; o‘g‘itlar; o‘rim-yig‘im; hosilni yig‘ishtirish, o‘simliklarni himoya vositalari, dezinfektsiyalash vositalari, pestitsidlar, gerbitsidlar; repellentlar yoki jalb qiluvchi moddalar; o‘simliklar o‘sishi regulyatorlari va yangi o‘simlik navlaridir.
Keyingi yillarda innovatsion qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda startap mexanizmiga katta ahamiyat berilmoqda. Agrosanoat majmuasida ayrim yo‘nalishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, bu seleksiya va urug‘chilikni rivojlantirish, robototexnika va dronlardan foydalanish, raqamli texnologiyalar va boshqalarni o‘z ichiga olishi kerak. Agar joriy etish hajmi haqida gapiradigan bo‘lsak, so‘nggi o‘n yil ichida startaplarga investitsiyalar, ayrim ekspertlarning fikriga ko‘ra, faqat don ekinlarini yetishtirish texnologiyalarini rivojlantirishga 1 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag‘ni tashkil etdi.
Turlari bo‘yicha asosan mashina va asbob-uskunalarni sotib olish bilan bog‘liq texnologik innovatsiyalar ustunlik qiladi. Tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning asosiy manbai tashkilotlarning o‘z mablag‘lari va boshqa fondlardir (4 - jadval).

Texnologik jarayonlarning innovatsiyasi yoki texnologik innovatsiya - bu mehnat
unumdorligini oshirish va resurslarni tejashga qaratilgan korxonaning ishlab chiqarish
salohiyatini yangilash jarayoni bo‘lib, bu o‘z navbatida foydani ko‘paytirish, xavfsizlikni
yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilishni yaxshilash imkonini beradi.
O‘zbekistonda so‘ngi yillarda patent faolligi muntazam kamayib borgan. Shunga
qaramasdan, ba’zi hududlarda “Qishloq xo‘jaligi 4.0” raqamli va axborot texnologiyalari
masalan, Sirdaryo viloyatida “BEK CLUSTER” MCHJda qishloq xo'jaligi xom
ashyosini qayta ishlaydigan korxonalar, transport va logistika korxonalari va tarqatish
tarmoqlarida allaqachon amalga oshirilmoqda. Bu qishloq xo‘jaligini innovatsion
rivojlantirish ko‘p jihatdan raqamlashtirish texnologiyalari bilan bog‘likligini va bu
yo‘nalishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.12.2020 yildagi 794-son
“O‘zbekiston respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish
tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori tasdiqlangan. Qarorda “Aqlli
qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha
2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Strategiya
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirishning quyidagi uzoq muddatli
asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi:
qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda raqamli va geoaxborot
texnologiyalarini joriy etish;
zamonaviy kompyuter texnologiyalarini tatbiq etish orqali suv resurslarini
boshqarish va undan foydalanish;
intensiv bog‘larni tashkil etish va bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirishda
avtomatlashtirilgan boshqarish texnologiyalarini joriy etish;
issiqxona xo‘jaliklarida avtomatlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan intellektual
texnologiyalarni joriy etish;
chorvachilik va parrandachilik sohasiga avtomatlashtirilgan texnologiyalarni
tatbiq etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash jarayonlariga zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan
jihozlangan logistika va savdo markazlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlari uchun “Aqlli
qishloq xo‘jaligi” texnologiyalari bo‘yicha malakali kadrlar
tayyorlash va kadrlar malakasini oshirib borish;
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etishning normativ-huquqiy
bazasini shakllantirish.
Shu bilan birga shuni alohida ta’kidlash kerakki, yangi texnologiyalarni joriy
etish, hech bo‘lmaganda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga yuqori sifatli kirish,
tarmoq signallarining barqarorligini ta’minlash uchun mustahkam poydevor yaratish va
uskunalarni kompleks modernizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling