Aqlli qishloq xoʻjaligi uchun asosiy innovatsion echimlar Reja: Kirish qismi
O‘zbekistonda «Aqlli qishloq xo‘jaligi» texnologiyalari joriy etiladi
Download 1.23 Mb.
|
MENGZIYAYEV AXROR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va takliflar
O‘zbekistonda «Aqlli qishloq xo‘jaligi» texnologiyalari joriy etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi, hayvonlarining mahsuldorligini oshirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga yuqori texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tadbirlar majmuini amalga oshirish hisoblanadi. Xulosa va takliflar Shunday qilib, agrosanoat majmuasi milliy iqtisodiyotning innovatsiyalarni joriy etish va raqamlashtirishga tayyorlanmagan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda bu muammoni faqat raqamlashtirishning mustahkam poydevorini shakllantirishdan boshlab, kompleks tarzda hal qilish mumkin. Bizning fikrimizcha, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish innovatsion rivojlanishni muhim omili hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga raqamli texnologiyalarni joriy etish dalalar va hayvonlarning mahalliy xususiyatlarini, tabiiy o‘zgaruvchanligini hisobga olish imkonini beradi, bu esa resurslar sarfini kamaytirish, ekinlar hosildorligi va hayvonlarning mahsuldorligini oshirish, qarorlar sifatini va ularni qabul qilish samaradorligini oshiradi. Asosiy raqamli texnologiyalarga quyidagilar kiradi: SaaS yechimlari uchun dasturiy ta'minot (veb-ga asoslangan ma'lumotlarni qaytaishlash) raqamli texnologiyalardan foydalanish uchun uskunalar (oziqlantirish, texnik xizmat ko‘rsatish, mikroiqlimni tartibga solish, sog‘ish, hayvonlarning holati va hayotiy faoliyatini nazorat qilish) yordamchi uskunalar (datchiklar, videokameralar, mikrofonlar, monitorlar). Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligi, ularning yuqori qarz yuki tufayli raqamli texnologiyalarni joriy etish qimmat va nomaqbul taqsimotga ega. Biroq, innovatsiyalar tarqalishi va joriy etilishi bilan ularning narxi pasayadi [28]. O‘zbekiston respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatishni mahalliylashtirish dolzarb masaladir. Chunki, import mahsulotlariga qaramlikni oshishi o‘zi mohiyatan tashqi omillarga ta’sirchan sohani yanada boshqarishni qiyinlashtirishi va oxirgi mahsulotlar tannarxini oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun IT - sohasini rivojlantirish, investitsiyalar jalb etish, oliy ta’lim muassalarini texnik mukammal jihozlash, turli subsidiyalar bilan qo‘llab - quvvatlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ilmiy tadqiqot tashkilotlari va agrar tashkilotlar integratsiyasini kuchaytirish o‘ta muhim hisoblanadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha ITTKI ga xarajatlarning yil sayin oshib borishi, ammo patent faolligining esa tushib borishi xavotirga soladi. Chunonchi, aslida sohaga kiritilgan investitsiyalar yangiliklarni joriy qilinishini oshirishi lozim edi. Bu kapital qaytimi tushib borayotgani anglatadi. Ya’ni sohada innovatsiyalar uchun ajratilgan mablag‘lar samarasiz foydalanilmoqda. Bunga bir qator salbiy omillar ta’sir etoyatgan bo‘lishi mumkin. Fikrimizcha, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish lozim. Ilmiy tadqiqot institutlarida innovatsion ishlanmalarni joriy qilishni bevosita agrar tashkilotlar ixtiyoriga berish o‘rtadagi “vositachi” tashkilotlar ta’sirini kamatirish, Innovatsion vazirlik faqat agrar tashkilotlar tanlagan loyihalarni pilot rejimida moliyalashtirishda va kapital qaytimini monitoring qilishda ishtirok etishi lozim deb o‘ylaymiz. Shu bilan birga sohada operativ statistik ma’lumotlarni olish cheklangan, bu agrar tashkilotlarni marketing tadqiqotlarini olib borishni qiyinlashtiradi. Buni yechimi sifatida Rossiya Federatsiyasida “Raqamli qishloq xo‘jaligi” dasturi doirasida tarmoqqa oid axborotlarni yig‘ish maqsadida joriy qilingan “Raqamli oyna” tizimini iqtisodiyotimizga o‘zlashtirish maqsadga muvofiq bo‘lardi [29]. Umuman olganda respublikamizda samarali innovatsion tizimni shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlabchiqaruvchilarni innovatsion faoliyatini tashkil etish bo‘yicha aniq va sodda huquqiy bazasini shakllantirish; qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va maqsadli moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish; ilmiy - tadqiqot markazlari, insitutlar va h.klar bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida a’loqalarni kuchaytirish, ilmiy tashkilotlar filiallarini qishloq xo‘jaligi hududlarida tashkil etish, laboratoriya va zarur jihozlar bilan ta’minlash; qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni yangi usul, navlarini joriy qilish bo‘yicha aniq bir ma’sul tashkilotni tayinlash va moliyalashtirish manbalarini aniqlash; qishloq hududlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, infratuzilmani yaxshilash [30]. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling