Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi


Download 0.64 Mb.
bet1/10
Sana25.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1227645
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shermuhamedov shuxrat



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI VA STATISTIKA” KAFEDRASI

Ro’yxatga olindi” “Ro’yxatga olindi”


Iqtisodiyot va turizm” “Buxgalteriya hisobi va statistika”
fakulteti kafedrasi

_________________________ _________________________
____”_____________2023 yil “_____”_____________2023 yil

INVESTITSION LOYIHALAR TAHLILI“


fanidan
O'ZGARUVCHI VA O'ZGARMAS XARAJATLARNI ANIQLASH” mavzusidagi
Kurs ishi
Bajardi:
3-1 AGB-21 guruh talabasi
Shermuhammadov Shuxrat
Ilmiy rahbar:
__________________________
Buxoro-2023

Kirish …………….…………………………………………………3



    1. O'zgaruvchan xarajatlar haqida tushuncha ………………….………....…….7

    2. O'zgarmas xarajatlarni hisoblash formulasi ……….….………………....….12

    3. O'zgaruvchan xarajatlarni kamaytirish usullaridan foydalanib hisoblash ….22

    4. Iqtisodiy xarajatlar va ularning turlari ………………..…..…………..……..28



Kirish
Investitsiya loyihalarini samarali boshqarivi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin, - deya ta’kidlabo’tdilar1
Insoniyat yaratilibdiki u yashash uchun hayotini yaxshilash maqsadida, asirlar davomida rivojlanib kelyabdi. Yildan yil hayot tarzimiz yaxshilanishi uchun yangidan-yangi texnika texnologiyalar yaratilmoqda va ular allaqachon biz uchun oddiy xayotiy buyumlarga aylangan. Inson yashashi uchun ovqatlanishi, kiyinishi, shuningdek, uy-joy, ro'zg'or buyumlari, turli jihozlarga ega bo‘lmog‘i zarurdir. Bu zarur hayotiy vositalarning barchasi inson mehnati bilan yaratiladi. Kimdir g‘alla yetishtiradi, kimdir un tayyorlaydi, kimdir bu undan non ishlab chiqaradi, kimdir paxta xom ashyosi yetishtiradi, kimdir paxtadan tola ishlab chiqaradi, yana kimdir toladan ip qilib to‘qiydi, kimdir kiyim-kechak tikadi va hokazo. Shunday qilib, insoniyat iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida va barcha zamonlarda, barcha mamlakatlarda inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi, ishlab chiqarish jarayonida sodir bo`ladigan munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo`ladigan munosabatlarga yo`nialish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish bo`lmasa, ayirboshlanadigan, taqsimlanadigan narsaning o‘zi bo`lmaydi. Chunki ishlab chiqarish jarayonida qanday shakldagi munosabatlar sodir bo'lsa, boshqa fazalardagi munosabatlar ham shunday shaklda sodir bo'ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslik ko'pgina chalkashliklarga olib keladi. Ishlab chiqarishda faqat mahsulot ishlab chiqariladi. Ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli ko'rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo'ladigan munosabatlarni o'rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga ega deb o'ylaymiz va shunga ko'ra, bu jarayonni batafsil ko'rib chiqish zarur deb hisoblaymiz. Mustaqil ishda o'zgaruvchi va o'zgarmas xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati tavsiflanadi. O’zgaruvchi xarajatlar- ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi.
O’zgaruvchi xarajatlar-ishlab chiqariladigan tovar miqdorini oshishiga yoki kamayishiga ta’sir qiladi va ishlab chiqarish xajmi o’zgarishiga bog’liklikda o’zgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilg’i-transport xizmati, ishchilar ish xaqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Mustaqil ishining maqsadi. O'zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga to'g'ridan-to'g'ri mutanosib ravishda o'zgarib turishi va tayyor mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar odatda o'zgarishsiz qoladi, ushbu turdagi xarajatlarni tahlil qilishda dastlab mahsulot birligiga to'g'ri keladigan qiymat hisobga olinadi. Ushbu mulk munosabati bilan o'zgaruvchan xarajatlar rejalashtirish bilan bog'liq ko'plab ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish uchun asosdir.
Xarajatlarni qisqartirish zaxiralari ishlab chiqarish va uni malakali boshqarish qobiliyatiga xosdir. Masalan, har bir ishlab chiqarish bosqichida texnologik xarajatlarni ishlab chiqish va aniqlash, shuningdek ularga rioya qilish va me'yorlar buzilgan taqdirda javobgarlikni belgilash kabi tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Xizmat ko'rsatish va yordamchi xo'jaliklar samaradorligini tahlil qilish turli yo'nalishlar va autsorsing xizmatlari xarajatlarni optimallashtirish ishlarida ajoyib natijalar beradi. Har bir kompaniya o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishni optimallashtirish liniyasini tanlaydi sanoatning o'ziga xos xususiyatlari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha quyidagi ekspert tavsiyalarini barcha korxonalar uchun umumiy harakatlar deb hisoblash mumkin. Ishlab chiqarishda xarajatlarni qisqartirish xaqida so`z yuritiladi.
Mustaqil ishining predmeti. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab bilan chegaralangandir
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan maxsulotga bo`lgan talab bilan chegaralangandir. Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shu vaqt ichida taklif xajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona samaradorligini oshirish, undan oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir.
Ush bu kurs ishida biz “O'zgaruvchi va o'zgarmas xarajatlarni aniqlash” tadqiq
etar ekanmiz avvalo hisoblash formulasini to`g`ri tuzushimiz kerak.
Kurs ishining obyekti: O'zgaruvchi va o'zgarmas xarajatlar.
Kurs ishining vazifasi: O'zgaruvchi va o'zgarmas xarajatlarni aniqlash.
Kurs ishining ilmiyligi va ahamiyati: O'zgaruvchi va o'zgarmas xarajatlarni aniqlab,




  1. Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling