Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozning AQSH iqtisodiyotiga tasiri va undan chiqish yo’llari Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozning AQSH iqtisodiyotiga tasiri va undan chiqish yo’llari
Hozirgi global moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari borasida iqtisodchi olimlar, mutaxassislar siyosatchilarning qarashlarida turlicha yondashuvlar mavjud. Ayrimlar bu inqiroz AQSH iqtisodiyotida ro’y bergan iqtisodiy tanglik holatidan boshlanganligini ta’kidlashsa, boshqalari oltin stantartidan voz kechish va bozor iqtisodiyoti tizimining kamchiligi bilan bog’liq deyishmoqda. SHu bilan birga hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi asosida fundamental, xususan, makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy va institutsional omillar yotganini qayd etish lozim.
Tahlillar AQSH iqtisodiyotida ro’y bergan retsessiya sabablarini quyidagicha tasniflash imkonini beradi.
Uy-joy bozorida kapitalning ortiqcha to’planishi. Uy-joy bozorida kapitalning ortiqcha to’planishi.
2000 yilda fond bozoridagi pasayishlar tufayli aholi jamg’armalari asosan uy-joy qurilishi sektoriga yo’naltirildi. Ushbu holat uy-joy narxlarining keskin oshishiga olib keldi. Xususan, 1997-2006 yillarda tipik Amerika uylarining narxi o’rtacha 124% ga qimmatlashdi. 1990 yillarda uylarning o’rtacha narxi oilalarning 2,9-3,1 yillik daromadi miqdorida tebranib turgan bo’lsa, 2004 yilga kelib bu ko’rsatkich oilalarning yillik daromadidan 4 martaga, 2006 yilda esa 4,6 martaga oshib ketdi.
Amerika ipoteka inqirozining tahlili yana shuni ko’rsatadiki ipoteka kreditlari uy-joy narxining 120-130 foizi miqdorida berilgan. YA’ni, 100 ming dollarga narxlangan uy uchun 120-130 ming dollar kredit ajratilgan. Bu hol, tabiiyki, qarz oluvchiga kredit qaytarishda qo’shimcha og’irlik yuki tushirgan. SHundan so’ng banklar kreditni qaytara olmagan qarzdorlardan olib qo’yilgan uy-joylarni sota boshlagan.

Do'stlaringiz bilan baham: |