Aqshning yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari


Download 45.68 Kb.
bet2/6
Sana15.03.2023
Hajmi45.68 Kb.
#1271660
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AQSHNING YENGIL VA OZIQ-OVQAT SANOATI TARMOQLARI

Mavzuning dolzarbligi: AQSH davlati xilma xil tabiiy boyliklarga, qulay geografik mavqega, turli mamlakatlar bilan har tomonlama rivojlangan iqtisodiy hamkorlikka ega ekanligi va iqtisodiyotining yuqori darajada rivojlanganligi mamlakat hududini yanada batafsilroq o‘rganishni taqozo etadi.
Kurs ishining maqsadi: AQSH Yevropa mintaqasida balki, dunyo mamlakatlari orasida tutgan o’rnini, ya’ni iqtisodiy-siyosiy geografik o’rnini baholash, tabiiy resurslari, aholisi va mehnat resurslari, boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqasi hamda iqtisodiyoti tarkibida yoqilg‘i- energetika sanoati tarmoqlarining o‘rni va rivojlanganlik darajasi kabi xususiyatlarni batafsil o’rganishni va o’zlashtirib borishni ko’zda tutadi.
Kurs ishining obyekti: AQSH davlati.
Kurs ishining predmeti: AQSH davlatining umumiy geografik xususiyatlari, iqtisodiyot tarmoqlarini o‘rganish va baholash, tavsiflash mezonlari.
Kurs ishining vazifalari:

  • AQSH Yevropa mintaqasining geosiyosiy va geostrategik o’rniga baho berish;

  • tabiiy resurs salohiyatini baholash;

  • aholisini o'rganish va mamlakatning mehnat resurslarini baholash;

  • iqtisodiy komplekslarining tuzilishi va yoqilg‘i - energetika sanoati tarmoqlarining rivojlanishiga umumiy tavsif berish;

  • tashqi iqtisodiy aloqalar va uning ahamiyatini o‘rganish;

  • mamlakatlar doirasidagi umumiy xususiyatlar, o’zgarishlar va qonuniyatlar haqida xulosa chiqarish.

Kurs ishining hajmi: Ish 4 ta reja, 2 ta rasm, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat. Kurs ishi jami 25 sahifadan iborat.

1.AQSHning iqtisodiyoti
AQSH iqtisodiy salohiyati va rivojlanish darajasi bo’yicha dunyoning eng yirik mamlakati xisoblanadi. AQSH iqtisodiyotining holati va rivojlanish dinamikasi iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tendentsiyalarini belgilab beradi.
AQSH YAIM hajmi bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni (2010 yilda 14,5 trln. doll.), aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YAIM hajmi bo’yicha 5 o’rinni (2010 yilda 46 774 doll.) egallaydi. AQSH hissasiga jahon 2010 yilda YAIMning 23% i, jahon valyuta zahiralarining 61,4% i, SDR valyuta savatida dollarning ulushi 41,9% ni tashkil etdi.
AQSH federativ respublika xisoblanib, ma’muriy jihatdan 50 ta shtat va federal Kolumbiya okrugiga bo’linadi. Hozirda AQSH quyidagi to’rtta iqtisodiy hududga ajratiladi: SHimoli-SHarq, O’rta G’arb, Janub va G’arb.
SHimoli-SHarqiy iqtisodiy hudud hududi jihatdan katta bo’lmasa-da, unda mamlakatning rasmiy poytaxti - Vashington va "iqtisodiy poytaxt" - Nyu-York joylashgan. Nyu-York mamlakat yalpi ichki maxsulotining 10% ini beradi.
O’rta G’arb CHikago - Detroyt, Klivlend kabi mamlakat hududining 20% ini egallaydigan sanoat markazlarini o’z ichiga oladi.
AQSHning Janubi mamlakatda neft, gaz, ko’mir, fosforitlarni qazib chiqarish bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Bu hudud hissasiga matolar va tamaki maxsulotlarini ishlab chiqarishning 9/10 qismi to’g’ri keladi.
G’arb AQSHning eng taraqqiy etgan hududi xisoblanib, Kaliforniya, Vashington shtatlari, Los-Anjeles shahri kinosanoat, harbiy sanoat majmuasi, aviatsiya, kosmos va elektron sanoatining rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
AQSHda qo’llaniladigan makroiqtisodiy rivojlanishi modeli iqtisodiyotni o’z-o’zini boshqarishning bozor mexanizmi asosida qurilgan davlat mulkchiligining kichik ulushi va ishlab chiqarish jarayonida davlatning sezilarli bo’lmagan to’g’ridan-to’g’ri tartibga solishi bilan tavsiflanadi.
XXI asr boshida AQSH iqtisodiyoti rivojlanish jihatdan yangi texnologik bosqichga o’tdi. Bu bosqich mikroprotsessorlar, mikroelektro­nika, bioinjeneriya sohasida yangi avlod texnika hamda texnologiyalarini joriy etish orqali tabaqalashgan va mayda seriyali ishlab chiqarishni shakllantirish bosqichi xisoblanadi.
Zamonaviy AQSH iqtisodiyoti iqtisodiyotning fan sig’imkorligi darajasining ortishi, "bilimlar iqtisodiyotining" shakllanishi bilan ajralib turadi. 2010 yilda AQSH ITTKIni rivojlantirish xarajatlari uchun 395,8 mlrd. dollar sarfladi. Ushbu ko’rsatkich mamlakat yalpi ichki maxsulotiga nisbatan 2,8% ni, jahon ITTKI xarajatlarining 34,4% ini tashkil etdi.
AQSH iqtisodiyotiga xos xususiyatlardan biri mamlakatda keng qamrovli axborot infratuzilmasining shakllanganligidir. AQSH hissasiga jahonda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning 40% i to’g’ri keladi, iqtisodiyotda Internet orqali amalga oshirilayotgan savdo bitimlarining o’zi 2000 yillarda 1,3 trln. dollardan oshib ketdi.
AQSH iqtisodiyotining rivojlanishidagi keyingi muhim xususiyat dunyoning boshqa mamlakatlarida takrorlanmaydigan xizmatlar sohasi ulushining yuqoriligidir. Iqtisodiyotda band bo’lganlar va mamlakat YAIMning 80% i xizmat sohasi hissasiga to’g’ri keladi. SHu bilan birga qayta ishlash sanoati ham jahon iqtisodiyotida eng yirik tarmoqligicha qolmoqda va tarkibiy jihatdan fan sig’imkorligi yuqori tarmoqqa aylanmoqda.
Zamonaviy AQSH iqtisodiyotini tavsiflovchi jiddiy o’zgarishlar mulkchilik munosabatlarida o’z aksini topmoqda. Jumladan, agar 1970 yilda daromadlarining 70% i korporativ sektorda yaratilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich XXI asr boshlarida 90% ni tashkil etdi. Iqtisodiyotda turli mulk shakliga ega kompaniyalar - investorlar (aktsioner kapitalining 80% dan ortig’i), ishchi-xodimlar (8%), iste’molchilar va notijorat tashkilotlar (aktsioner kapitalining 12% i) keng rivojlandi va o’z o’rniga ega bo’ldi.
Zamonaviy AQSH iqtisodiyotini tavsiflovchi jiddiy o’zgarishlar mulkchilik munosabatlarida o’z aksini topmoqda. Jumladan, agar 1970 yilda daromadlarining 70% i korporativ sektorda yaratilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich XXI asr boshlarida 90% ni tashkil etdi. Iqtisodiyotda turli mulk shakliga ega kompaniyalar - investorlar (aktsioner kapitalining 80% dan ortig’i), ishchi-xodimlar (8%), iste’molchilar va notijorat tashkilotlar (aktsioner kapitalining 12% i) keng rivojlandi va o’z o’rniga ega bo’ldi.
Zamonaviy AQSH iqtisodiyotini tavsiflovchi jiddiy o’zgarishlar mulkchilik munosabatlarida o’z aksini topmoqda. Jumladan, agar 1970 yilda daromadlarining 70% i korporativ sektorda yaratilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich XXI asr boshlarida 90% ni tashkil etdi. Iqtisodiyotda turli mulk shakliga ega kompaniyalar - investorlar (aktsioner kapitalining 80% dan ortig’i), ishchi-xodimlar (8%), iste’molchilar va notijorat tashkilotlar (aktsioner kapitalining 12% i) keng rivojlandi va o’z o’rniga ega bo’ldi.
Zamonaviy AQSH iqtisodiyotini tavsiflovchi jiddiy o’zgarishlar mulkchilik munosabatlarida o’z aksini topmoqda. Jumladan, agar 1970 yilda daromadlarining 70% i korporativ sektorda yaratilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich XXI asr boshlarida 90% ni tashkil etdi. Iqtisodiyotda turli mulk shakliga ega kompaniyalar - investorlar (aktsioner kapitalining 80% dan ortig’i), ishchi-xodimlar (8%), iste’molchilar va notijorat tashkilotlar (aktsioner kapitalining 12% i) keng rivojlandi va o’z o’rniga ega bo’ldi.
Irqlarning kelib chiqishida kо‘proq biologik va geografik omillar ishtirok etgan. Ular bir-birlaridan asosan tashqi belgilari, ya’ni rangi, sochi, yuz tuzulishi xususiyatlariga kо‘ra farqlanadilar. Irq italyancha “razza” sо‘zidan olingan bо‘lib, “urug‘, zot, qabila” degan ma’noni bildiradi. Irqlar orasida turli irqiy kamsitilishlarning yuz berganligi (apartaid siyosati) tufayli irqlar tengligini, irqiy kamsitishning jinoyat ekanligini va u xalqaro qoidalar asosida jazolanishi haqida 1973 yilda BMT tomonidan maxsus Konvensiya qabul qilingan. Jahon aholisi asosan uchta asosiy va bitta qо‘shimcha irqiy guruhlarga mansubdir. Bular yevropoid (oq tanli), mongoloid (sariq tanli), negroid (qora tanli) hamda son jihatdan kichik bо‘lgan avstraloid xalqlaridir. Amerika qit’asida turli irqlar aralash munosabatlaridan metis, mulat va sambo kabi aralash irqlar vujudga kelgan.
Yevropoid va hindula (mongoloidlar) aralashuvi natijasida metislar, yevropoid va negroidlar aralashuvidan mulatlar, negroid va hindular aralashuvidan sambolar paydo bо‘lgan.
AQSH aholisi (320.194478 kishi , о‘rtacha zichligi 1 kv.km.ga 32 kishi) soni jihatidan Xitoy va Hindistondan sо‘ng dunyoda uchinchi о‘rinda turadi. Aholi soni ortishida immigratsiya asosiy rol о‘ynaydi. AQShda XIX asr oxirlariga qadar g‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan, sо‘ngra Sharqiy Yevropa, keyingi yillarda Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlaridan immigratsiya kuchaydi.
Aholining 75 % kelib chiqishi yevropaliklardan iborat bо‘lib (Buyuk Britaniya, Fransiya, Irlandiya, Italiya, Polsha, Ukraina, Belarus, Rossiya va boshqa davlatlar) bir nechta asosiy etnik guruhlardan iborat. Kelib chiqishi nemislardan iborat bо‘lgan Amerikaliklar eng kо‘p sonli bо‘lib AQSH aholisining 20-25 % (60 mln. kishi ) tashkil qiladi.
AQShning hozirgi aholisi uch asosiy etnik tarkibiy qismdan: AQSH amerikaliklari, muhojirlar va tub joy aholisidan iborat. AQSH aholisining 81,7 % ni asli kelib chiqishi yevropalik - amerikanlar, 12,9 % ni afro-amerikanliklar, 4,2% ni osiyoliklar, 1 % ni tub aholi - indeyslar, eskimoslar, aleutlar va 0,2% ni boshqalar tashkil etadi.
Aholining о‘rtacha о‘sish suratlari 0,5-0,6 % . Bashoratlarga kо‘ra mamlakat aholisi 2025 yilda 355.7 mln. kishini va 2050 yilda 438.2 mln kishiga ortishi mumkin. Yillik tug‘ilish kayfitsenti 14-1000 (bir yilda 4,100 ming kishi), о‘lim kayfitsenti 8-1000 (bir yilda 2,480 ming kishi), о‘rtacha umr kо‘rish darajasi 78 yosh (erkaklarda 75 va ayollarda 80 yosh) ni tashkil etadi. Mamlakat aholisining 151,5 mln. kishisi mehnatga yaroqli hisoblanadi.
Aholining 79 % shaharlarda yashaydi. AQSH amerikaliklari millat sifatida asosan XVIII asrning 2-yarmida Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning aralashib ketishi natijasida tarkib topgan. Afroamerikaliklar („qoralar“ deb ataluvchi negrlar) AQSH amerikaliklarining irqiy-etnografik guruhi bо‘lib, ular XVII-XIX asrlarda mamlakatga keltirilgan afrikalik qullarning avlodlaridir. Afroamerikaliklar kо‘p asrlar davomida ayirmachilik va kamsituvga duchor qilinishiga qaramay, afrikaliklarning oq tanlilar bilan jismoniy aralashuvi sodir bо‘ldi. Duragaylar afroamerikaliklar umumiy sonining anchagina qismini tashkil etadi. AQShda meksikanlar, italyanlar, nemislar, fransuzlar, shvedlar, norveglar, gollandlar, yaponlar, polyaklar, xitoylar va boshqa xalqlar ham yashaydi.
AQShda 5 mingga yaqin о‘zbeklar istiqomat qiladi. Ular asosan Nyu-York, Vashington, Nyu-Jersi shtatlarida, Filadelfiya shahrida hamda mamlakatning boshqa shtat va shaharlarida yashaydi. Ular turli kasb hamda tijorat ishlari bilan shug‘ullanadilar. Hozirgi amerikalik о‘zbeklarning ota-bobolari 1917 yilgi oktabr tо‘ntarishidan keyin bolsheviklar tazyiqidan qochib, avval Afg‘oniston va Xitoyga о‘tib ketganlar. 1950-yillarda esa, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya orqali AQShga borib qolishgan. 2-jahon urushi davrida turli yо‘llar bilan u yerga borib qolgan о‘zbeklar ham uchraydi.
AQSH aholisining zichligi — 1 km² ga 32 kishi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlar asosan protestantlar va katoliklardir. Diniy tarkibi: Protestantlar – 51,3%; Katoliklar – 23,9%; Iudaistlar – 1,7%; Buddistlar -0,7%; Musulmonlar – 0,6%; Ateistlar – 4%; boshqa din vakillari – 17,8% tashkil etadi.
.


Download 45.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling