Ҳар бир давлатнинг ўқитувчига бўлган сиёсий муносабати


Otto fon BISMARK AYTMISHLARI,HIKMATLARI


Download 176 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi176 Kb.
#1015004
1   2   3
Bog'liq
Отто фон БИСМАРК

Otto fon BISMARK
AYTMISHLARI,HIKMATLARI
Xurshid Davron tarjimasi

Bismark (Bismarck) Otto Eduard Leopold fon Shyonxauzen (1815.1.4, Shyonxauzen—1898.30.7, Fridrixsru) — Germaniya davlat arbobi, diplomat, knyaz, Germaniya imperiyasining 1-reyxskantsleri (1871—90). Bismark Germaniyani prus militarizmi asosida birlashtirdi; mamlakatda yunker-burjua bloki hukmronligini mustahkamladi, diniy oppozitsiya («Kulturkampf»)ga qarshi kurash olib bordi, sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun joriy qildi, ayrim ijtimoiy islohotlar o’tkazdi. Bismark Frantsiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan Uchlar ittifoqi (1882) tashkilotchilaridan biri. Poznan va Sileziyadagi polyak aholisini nemislashtirish siyosatini tutgan. Parij kommunasiga qarshi uyushtirilgan qurolli interventsiya tashkilotchilaridan biri bo’lgan.

Agarda politsiya senga yaxshi munosabatda bo’lishini xohlasang, Peterburg va Parijda albatta qimmatbaho kiyim va orden medallarda bo’lishing lozim.
Siyosatdagi xatolar sil kasalligiga o’xshaydi — davolab bo’ladigan paytda ular hali sezilmaydi, yuzaga chiqib seziladigan bo’lganida davolashning iloji qolmagan bo’ladi.
O Muhammad! Sening zamondoshing bo’lmaganimdan qayg’udaman. Insoniyat faqat bir martagina sening buyuk qudratingga guvoh bo’ldi, afsuslar bo’lsinkim, endi boshqa ko’rolmaydi. Men sendan hayratdaman.
Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan davlatni boshqarsa bo’ladi. Ammo, amaldorlar yomon bo’lsa, eng yaxshi qonunlar ham ham yordam bermaydi.
Urush paytida,ovdan qaytganda va saylovlar oldidan yolg’onning bozori qaynaydi.
Har bir davlatning o’qituvchiga bo’lgan siyosiy munosabatida o’sha mamlakatning qudrati yoki zaifligi namoyon bo’ladi.
Axmoqlar «Yo’l qo’ygan xatolarimiz tajribasidan o’rganamiz» deyishadi,men bo’lsam,boshqalarning yo’l qo’ygan xatolaridan xulosa qilaman.
Erkak bilan ayolning do’stligi tun cho’kkandan keyin omonat narsaga aylanadi.

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling