Arab alifbosini nechanchi asrda nima sabali qabul qilganlar. Arab-Fors alifbosidagi harflar miqdori va o`rni. Alifboning o`ziga xos xususiyatlari
Alifboning o`ziga xos xususiyatlari
Download 22.31 Kb.
|
2-amaliy mashg’ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munfasil va muttasil harflar.
Alifboning o`ziga xos xususiyatlari.
Arab yozuvi o`ngdan chapga qarab yoziladi va o`qiladi. Bu yozuvda bosh va kichik harflar yo`q. Bosma va yazma harflar orasida farq yo`q. Odatda bo`g’in satrdan satrga ko`chirilmaydi. Satrga sig’may qilgan so`z va bo`g’inlar matnning ustiga mingashtirib yoziladi. Arab yozuvida tinih belgilari XX asr boshlarigacha ishlatilmagan. Nuqta,vergul, so`roq, undov talab qilinadigan o`rinlar matn mazmunidan kelib chiqib aniqlanadi. Bu yozuvda abzas ham mavjud emas. Bu yozuv ixchamlikka asoslangan yozuvlardan biridir. Shu sababli yozuvda ayrim so`zlar o`zagida kelgan qo`sh undoshlaning bittasi yozilib ustiga ikkilantiruvchi belgisi qo`yiladi. Bu harakat shu harfni tashdidlantirib, ikkilantirib, o`qilishini ta’minlaydi. Shuningdek arab yozuvida qisqa unlilar ham harflar bilan emas belgilar bilan yozuladi. Qisqa unlilar 3ta bo`lib(fatha, kasra, zamma), ular talaffuz etiladi, lekin yozilmaydi. Ular harakatlar deb nomlanuvchi belgilar bilan ifodalanadi. Arab alifbosida yigirma sakkizta harf mavjud. Arablar o`z alifbosini tuzishda (miloddan ikki ming yil ilgari) qadimgi finikiya va oromiy yozuvlaridan yigirma ikkita harfni nomlari bilan olganlar. O`z til xususiyatlaridan kelib chiqib oltita harf qo`shib, alifbodagi harflar sonini yigirma sakkiztaga etkazganlar. Markaziy Osiyo xalqlari ana shu yigirma sakkizta harfni arab alifbosi sifatida qabul qilganlar. Munfasil va muttasil harflar. Fors alifbosidagi hamma harflar yozuvda bir-birlariga qo`shilish yoki qo`shilmasligi jihatidan ikki guruhga bo`linadi: 1. O`zidan oldingi harfga qo`shilib, keyingisiga qo`shilmaydigan harflar. 2. O`zidan oldingi va keyingi harflarga qo`shilib yoziladigan harflar. Birinchi guruh harflari yettita bo`lib, fors grammatikasida حروف منفصله ho`ruf-e mo`nfasele (ayrilgan harflar) deb ataladi. Bular quyidagilar: ا alif, د dol, ذ zol, ر re, ز ze, ژ je, و vov. Bu yetti harfning har biri yozuvda faqat alohida shaklda bo`ladi: ا د ذ ر ز ژ و Ikkinchi guruh harflari 25 ta bo`lib, fors grammatikasida حروف متصله ho`ruf-e mo`ttasele (qo`shilgan harflar ) deb ataladi. Ikkinchi guruh harflari o`zidan oldingi hamda o`zidan keyingi harflar bilan qo`shilib yoziladi. Shu sababdan, ikkinchi guruh harflari yozuvda alohida kelishdan tashqari, qo`shilgan holda va ayin, g‘ayin, hoye havvaz hafrlarining alohida, so`z boshida, so`z o`rtasida, so`z oxiridagi shakllari bo`ladi. Bu harflarning alohida shakli hech qanday o`zgarishsiz, alifboda qanday berilsa, shunday yoziladi. ب پ ت ث چ ج ح خ س ش ص ض ط ظ ع غ ف ق ک گ ل م ن ه ی Qo`shilgan holda yozilganda faqat harfning bosh qismi bilan ulanib ketaveradi. Uch xil shakldagi (so`z boshida, so`z o`rtasida, so`z oxirida) harflarning ko`rinishi birmuncha o`zgarsa ham, har bir harf o`z asosiy belgisini yo`qotmaydi. Download 22.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling