Arab xalifaligi 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 11-mavzu Xalifalikning vujudga kelishi


Download 1.96 Mb.
Sana02.05.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1421556
Bog'liq
Arab xalifaligini tashkil topishi

Arab xalifaligi


7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 11-mavzu

Xalifalikning vujudga kelishi.


Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin uning yaqin safdoshi Abu Bakr (632–634) xalifalikka («o‘rinbosar»)saylanadi.

Keyingi xalifa Umar (634–644) islom dunyosida o‘zining saxiyligi, adolatparvarligi va din masalalarida qat’iyligi bilan shuhrat qozongan.

Uning davrida arablar Falastin, Suriya, Misr va Liviyani, Eronning katta qismini istilo qilganlar.


Arab xalifaligi jangchisi

Usmon xalifaligi davrida (644–656) Eron to‘liq bosib olingan. Arab qo‘shinlari Dog‘istonni egallab, Amudaryo sohillariga chiqadi.

Usmon davrida Qur’on oyatlari to‘planib yagona kitob holiga keltirilgan.


Toshkentda saqlanayotgan xalifa
Usmon Qur’oni
So‘nggi xalifa Ali (656–661) hukmronligi o‘z raqiblari bilan to‘xtovsiz urushlarda o‘tadi.

Xalifalik qo‘shinlari VIII asr boshlarida Shimoliy Afrikani to‘liq bo‘ysundiradi.


Puate jangida 732-yilda franklar hukmdori Karl Mertell arablarni yengib, ularning Yevropaga yurishlariga
Chek qo‘yadi.
732-yil, Puate jangi

Sharqda arablar Kavkazorti va O‘rta Osiyoni bosib olib, aholini islom diniga kiritadilar.


VIII asrning birinchi yarmida ulkan hududlarni egallagan davlat – Arab xalifaligi tashkil topadi.
Arab xalifaligi

Arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari


VIII–IX asrlarda istilo qilingan mamlakatlarda qator xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tgan.

Iroqning Kufa shahrida 685–687-yillarda bo‘lgan qo‘zg‘olonda arab va forslar – shahar kambag‘allari va hunarmandlar qatnashgan.

Ozarbayjonda 815-yilda Bobak boshchiligidagi qo‘zg‘olon ham 20 yildan ortiq davom etadi.


Movarounnahr markazi Sug‘diyonada 769–783-yillarda Muqanna boshchiligida yirik xalq qo‘zg‘oloni bo‘lib o’tgan.
Bobak boshchiligidagi
qo‘zg‘olon

Xalifalikdan ajrab chiqqan birinchi mustaqil amirlik 756-yilda Ispaniyada tashkil topadi. U X asrdan Qurdoba (Kordova) amirligi nomini oladi.


Qurdoba amirligi

IX asrdan Misr, Eron, Movarounnahr va Xuroson mustaqillikka erishadi. Abbosiylar qo‘lida Yaqin Sharq va Arabiston yarimoroli qoladi.

Mo‘g‘ul xoni Xuloku 1258-yilda Bag‘dodni egallagandan so‘ng, Arab xalifaligi barham topadi.


Mo‘g‘ul xoni Xuloku

Savol va topshiriqlar

1. Xalifalikning dastlabki 20 yillik tarixidan o‘qigan

va bilganlaringizni so‘zlab bering.

2. Xaritadan arablar istilo qilgan mamlakatlarni

ko‘rsating.

3. Xalifalikka kirgan noibliklarda qanday soliqlar

joriy etilgan? Ulardan qaysilari avval ham bo‘lgan?

4. Arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lgan

joylarni ko‘rsating va ularning sabablarini ayting.


Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling