Arab xalifaligi istilosi davri tarixshunosligi


Download 43.21 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi43.21 Kb.
#1405955
  1   2   3
Bog'liq
Arab xalifaligi istilosi davri tarixshunosligi 4


Arab xalifaligi istilosi davri tarixshunosligi
Mundarija
Kirish
I bob. Arablar tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishi va davlat muassasalari.
1.1 Arablar tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishi.
1.2 Arab xalifaligi davrida O’rta Osiyoda davlat muassasalari.
II.bob. Arab xalifaligida devonlar faoliyati va tarxishunoslikka oid oid yozilgan asarlar.
2.1. Arab xalifaligida devonlar faoliyati.
2.2. O’rta Osiyolik allomalar tomonidan davlat boshqaruviga oid yozilgan asarlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Arab xalifaligi tarixiga oid manbalar. Arab xalifaligining tashkil topishi. Arablarning istilochilik harakatlari. Arablar tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishi. Arab xalifaligi davrida O’rta Osiyoda davlat muassasalari. Arab xalifaligida devonlar faoliyati. Arab xalifaligida qonunchilikni amalga oshiruvchi unvonlar. Arab xalifaligi boshqaruvining ijtimoiy- siyosiy mohiyati. O’rta Osiyolik allomalar tomonidan davlat boshqaruviga oid yozilgan asarlar. Arab xalifaligining tashkil topishi. Arab xalifaligining davlat tizimi. Siyosiy tarix. VI asrning birinchi yarmida Arabiston yarim orolida asosini ko’chmanchi seliy qabilalari tashkil etgan Arab xalifaligi paydo bo’ladi. Arabiston yarim orolida islom dinini yoyish orqali mustahkamlangan bu davlat VII asrning boshlaridan boshlab o’z hududlarini g’arb va Sharq tomonga kengaytirish harakatini boshladi. Xususan 642 yilda Naxavanddagi jangda Eron sosoniylari tor-mor etilgach O’rta Osiyo erlariga hujum uchun imkoniyat yaratiladi.


Arablarning O’rta Osiyoga dastlabki yurishlar Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida 651 yilda Marvni egallash bilan boshlandi. Arablar Amudaryo (Jayxun)dan shimolda joylashgan erlarga "Movarounnahr", ya’ni, "daryoning ortidagi erlar" deb nom berishadi. Narshaxiy va arab muallifi Yoqut bergan ma’lumotlarga ko’ra, Muhammad payg’ambarning shaxsan o’zi Movaraunnahrni buysundirishni muqaddas deb hisoblagan va islomga e’tiqod etuvchilarni bu muqaddas ishga da’vat etgan1.
652 yilda arablar Balx shahrini egallashga muvaffaq bo’ldilar. O’sha yili Amudaryodan o’tib Movaraunnahrga hujum qilish rejasi arablar uchun muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ammo, Xuroson noibi Abdulloh ibn Amir 652 yilda Chag’aniyonni egallashga muvaffaq bo’ldi. Bu esa ilk bor Movaraunnahr erlarini egallash edi. 654 yilda Sug’ddagi Maymurg’ qal’asiga arablarning birinchi hujumi bo’ladi. 657 yilda arablar Chag’aniyonga qayta yurish qilib eftalitlarga kuchli zarbalar berdilar. Arablar keng miqyosdagi hujumlarga tayyorgarlik ko’ra boshlagan edilar. Manbalarning ma’lumot berishicha, Movarounnaxrga yurish qilishdagi harbiy-siyosiy tayyorgarlikdan biri, xalifalikning Basra va Kufa shaharlaridan 50 ming arab oilasi ko’chirib keltirilishi va Xurosonning turli shaharlariga garnizon sifatida joylashtirilishi bo’ldi.
Kurs ishi ob’ekti: Arab xalifaligi istilosi davri tarixshunosligi bilan tanishtirish jarayoni
Kurs ishi predmeti: Arab xalifaligi istilosi davri tarixshunosligi bilan tanishtirish ko’nikmalari

Download 43.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling