Arab xalifaligi istilosi davri tarixshunosligi
Kurs ishining amaliy ahamiyati
Download 43.21 Kb.
|
Arab xalifaligi istilosi davri tarixshunosligi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi
- Turk-ruin, Urxon-Yenasoy yozuvi, Kultegin bitiklari, Bilga xoqon yodnomasi
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat. I bob. Arablar tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishi va davlat muassasalari. Arablar tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishi. 673 yilning oxiri - 674 yilning boshlarida arablarning Xurosondagi noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Movaraunnahrga hujum qilib Romiton va Poykandni egallaydi hamda Buxoro shahrini qamal qiladi. Ammo, buxoroliklar va turklarning ittifoqchi qo’shinlaridan qattiq qarshilikka uchragach, sulh tuzishga majbur bo’ladi. 676 yilda Xurosonning yangi noibi Said ibn Usmon Buxoroga yurish qilib Buxoro malikasi Xutakxoto’n qo’shinlarini tor-mor etadi va Samarqandga hujum boshlaydi. Ammo, bir oy davom etgan bu urushda Sug’diylar arablarga qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Natijada arablar sulh to’zib orqaga qaytadilar va yo’l-yo’lakay Termizni talon-taroj etadilar. 683 yilda xalifa Yazid vafot etganidan so’ng xalifalikda toj-taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Bunday vaziyatda arablar yana Movaraunnahrga hujum qilishdan deyarli to’xtab, o’z ichki nizolari bilan band bo’lib qoladilar. Xalifa Abdumalik ibn Marvon (685-705 yy.) davrida o’zaro ichki kurashlarga chek qo’yilib arablar Movaraunnahrga jiddiy harbiy xarakatlar boshladilar. Umuman olganda, arablarning yarim asr davomida Xuroson noiblari Abdulloh ibn Amir, Ubaydulloh ibn Ziyod, Sayd ibn Usmon, Salmo ibn Ziyod qabilar tomonidan uyushtirilgan hujumlar talon-taroj qilish, o’lkadagi harbiy-siyosiy vaziyatni o’rganish, boyliklarini olib ketish maqsadida uyushtirilgan edi. 705 yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlangach, Movaraunnahrni butunlay bosib olish harakati boshlanadi. O’rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga borib turishi Qutaybaga nihoyatda qo’l kelgan edi. 706 yilda u katta qo’shin bilan Movaraunnahrga yurish boshladi va Poykand shaxri 15 kunlik kamaldan so’ng egallandi. Arablarga qarshi turklar, Sug’diylar umuman, mahalliy aholi o’zaro ittifoq tuzishga erishgan bo’lsa-da, Qutayba nayrang yo’li bilan bu ittifoqni bo’zishga muvaffaq, bo’ldi va 708-709 yillarda Buxoro va uning atroflariga bir necha marta yurishlar qilib Buxoroni zabt etdi. Qutayba 710 yilda Shuman, Nasaf va Keshni egalladi. 710-712 yillarda Samarqand ixshidi Tarxun va Xorazmshoh Xurzod Qutayba bilan tinchlik sulhi to’zib unga yirik mikdorda boj to’laydilar. Ammo, Samarqand aholisining tovon to’lashga qarshilik ko’rsatishi, norozilik natijasida Tarxunning taxtdan ketishi va o’limi, Sug’d podshosi va Samarqand afshini sifatida Gurakning taxtga o’tirishi arablarning Samarqandga hujumlari uchun bahona bo’lgan edi. Shuningdek, Qutayba "Tarxunning o’limi uchun qasd olaman", deb e’lon qildi va Samarqandga hujum uyushtirib, 712 yilda uni bosib oldi. Mug’ tog’i hujjatlarining ma’lumot berishicha, 712-713 yillarda Sug’d, Choch, Farg’ona va Panjikent hokimlari arablarga qarshi ittifoq to’zib vaqtincha g’alabalarga erishgan bo’lsa-da, Qutayba bu ittifoqka rahna solib, ularni tor-mor etishga muvaffaq bo’ldi. 714 yilda Qutayba ibn Muslim turklardan kelayotgan yordam kuchini to’xtatib qo’yish maqsadida Choch vohasiga qayta bostirib kirdi va Isfijobni egalladi. 715 yilda Qutayba Farg’onaga ikkinchi marotaba yurish uyushtiradi. Shu yili Qutayba o’ziga dushman bo’lgan xalifa Sulaymonga qarshi isyon kutaradi va mag’lubiyatga uchrab, o’ldiriladi. Shunday qilib, arablar qisqa muddat ichida Movaraunnahr hududlarini bosib oldilar-ki, buning sabablari quyidagicha edi: O’lkada hukm surayotgan siyosiy tarqoqlik va mahalliy hukmdorlarning o’zaro kurashlari arablarga juda qo’l kelgan edi. Chunki, parokanda va siyosiy jihatdan tarqoq hududlarni alohida-alohida zabt etish Qutayba uchun qulay edi. O’zaro birlashish harakatida bo’lgan va ittifoqchilik uchun harakat qilgan mahalliy hokimlar orasiga Qutayba turli nayranglar bilan rahna solishga erishgan edi. Arablar o’zaro kurashayotgan hokimlarning biriga ikkinchisini engishi uchun yordam ko’rsatib, keyin ularning har ikkisini ham birin-ketin buysundirdilar. Misol uchun, Sug’dni zabt etishda Qutayba arab qo’shinibilan bir qatorda Xorazm, Buxoro va Nasafning kuchlaridan foydalangan edi. Arablar Movarounnahrga qadar juda katta hududlarni bosib olgan bo’lib, katta boylik va harbiy zahiralarga ega edilar. Arablar qo’shiniga muntazam ravishda bosib olingan erlar va ichki viloyatlardan yangi harbiy kuchlar safarbar kilinib turilar edi2. Xalq ozodlik xarakatlari. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birinchi bo’lib, 720 yilda Sug’d aholisi bosh ko’targan va bu harakatta Samarqand ixshidi Gurak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar. Bu harakat umumxalk ko’zg’oloniga aylanib ketganligi bois, Xuroson noibi Sayd ibn Abdulaziz bu ko’zg’olonni bostirishga muvaffaq bo’la olmadi. 721 yilda xalifa Yazid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Sayd ibn Amir al-Xaroshiy Xuroson noibi etib tayinlanadi. U ko’zg’olonchilar bilan mo’zokaralar olib borishi natijasida ko’zg’olonchilarning bir kismi arablar tomoniga (Gurak boshchiligida) o’tgan bo’lsa, bir qismi shafqatsizlarcha bostiriladi. VIII asrning 2-choragidan boshlab arab xalifaligida ikkita sulola -Ummaviylar va Abbosiylar o’rtasida kurash avj oldi. Ma’lumki, ulkan xalifalikni 667 yildan boshlab Ummaviylar sulolasi boshqarib kelar edi. Bu sulola davrida juda ko’p siyosiy o’zgarishlar, diniy mazhablar, guruhlarning kuchayishi, boshqarishdagi nomutanosiblik, mustamlakachilik siyosati, zo’ravonlik, adolatsizlikning avj olishi ruy berdi-ki, bu narsa sulolaning keyingi davrida uning faoliyatini qiyin ahvolga solib qo’ydi. 718 yildan boshlab Muhammad payg’ambarning amakilari Abbosning tarafdorlari - Abbosiylar o’z g’oyalarini targ’ib qila boshladilar. Ularning hokimiyat tepasiga kelishida Abu Muslim va uning harakati muhim ahamiyat kasb etdi. 749 yilda Abu Muslim qo’shini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qilib, Iroq va Jazoirda Ummaviylarga hal qiluvchi zarbalar berdi. Qo’zg’olonchilar poytaxt Damashqni ham qo’lga olib, xalifa Marvon II ni taxtdan ag’dardilar hamda Abbosiylardan bo’lgan Abo’labbos Safaroh (749-754) taxtga o’tiradi. Ammo, hokimiyat tepasiga boshqa sulola vakillari kelsa ham arablarga qarshi kurash tuxtamadi. 1.2 Arab xalifaligi davrida O’rta Osiyoda davlat muassasalari. 751 yilda Buxoro shaxrida Sharik ibn Shayxulmaxr boshchiligidako’zg’alon ko’tariladi. Qo’zg’olonchilar shialik talablarini ilgari surib, Ali avlodidan xalifa tayinlash shiorini kutarib chiqishadi. Bu ko’zg’olon Abu Muslim jo’natgan Ziyod ibn Solih boshchiligidagi qo’shinlar va buxorxudot Qutayba ibn Tug’shod yordamida bostiriladi. 755 yilda Abu Muslim xalifa Abu Ja’far tomonidan Bag’dodda xiyonatkorona o’ldiriladi. Uning do’sti va safdoshi Sumbad o’sha yiliyoq do’sti uchun o’ch olish maqsadida ko’zg’olon ko’taradi. Qo’zg’olon tez orada Xuroson va Tabaristonga yoyiladi. 70 kun davom etgan qo’zg’olon xalifa qo’shinlari tomonidan qattiqqo’llik bilan bostiriladi. VIII asrning 70-80-yillarida Movaraunnahrda juda ulkan xalq Qo’zg’oloni ko’tariladi. Tarixda "oq kiyimlilar" qo’zg’oloni" deb nom olgan bu harakatga asli kelib chiqishi Marv atroflari yoki Balxdan bo’lgan Muqanna taxallusli Xoshim ibn Hakim boshchilik qiladi. Qo’zg’olon 776 yilda boshlanib, o’sha yili Muqanna Amudaryodan o’tib Kesh viloyatiga keladi va Kesh yaqinidagi Sanam qal’asini o’ziga qarorgoh, qiladi. Qo’zg’olon tez orada Sug’d, Iloq Shosh, Naxshab va Chag’aniyon hududlariga yoyiladi. Arab qo’shinlari bir necha yil davomida Muqanna qo’zg’oloniga qarshi qaqshatqich kurash olib borib, VIII asr 80-yillari boshlarida qiyinchilik bilan qo’zg’olonni bostirishga muvaffaq bo’ldilar. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Soliq siyosati. Arablar O’rta Osiyoni bosib olgach bu hududdagi hammashahar va aholi joylarida o’z qo’shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o’z vaqtida mahalliy aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligi tasarrufiga o’tgan Movaraunnahr hududida ko’pgina yirik er egalari - dehqonlarning mavqei avvalgi holaticha saqlanib qoldi. Ular siyosiy jihatdan xalifa va uning noibiga buyso’nar edilar. Butun VIII asr davomida arab zodagonlarining dehqonlar bilan til topishuv hollari kuchayadi va aynan mana shu davrda yirik dehqon urug’ aymoqlari qo’li ostidagi er-mulklarning yuqori arab harbiy mulkdoriga o’tishi ruy beradi. Arab qo’shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko’plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo’ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o’z harbiy garnizonlarini joylashtirgan arablar, shu harbiy kuchlarga tayanib aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoa ishlariga safarbar qilishar edi3. Yirik er egalari o’rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshilik arablarning aralashuviga sabab bo’lar yoki mulkning bir shaxsdan ikkinchisiga o’tishini ta’minlar edi. O’rta asr mualliflari ma’lumotlariga ko’ra, dehqonlar qo’li ostida kishlok jamoalari bo’lib, bu jamoadan er olgan kishilar xiroj to’laganlar. Dehqonlar mustaqil qo’rg’onlarda hayot kechirib, ularning yaxshi qurollangan harbiy bo’linmalari bo’lgan. Bunday bo’linmalarning askarlari chokarlar deb atalgan. Dehqonlar xalifa noibining mahalliy aholi orasidan bo’lgan vakiliga buysunadilar. Mehnatkash aholi, asosan kadivarlar, kashovarzlar hamda qo’llar dehqonlarda mavjud bo’lgan er-mulklarning ma’lum ulushini ijaraga olib ishlashgan va buning evaziga soliq to’laganlar. Dehqonlar orasida er-mulk, shaxsiy uy-joy va qo’rg’onlar masalasida nizo va janjallar chiqib qolsa, muammoni xalifa hal qilgan. Har bir huquqiy muammo islom qono’n-qoidalariga binoan ko’rib chiqilgan. VIII asr o’rtalariga kelib Movaraunnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. Viloyatlardagi hokimlar va boshqa hukmdorlarning qo’li ostidagi ma’muriy-idora usuli o’z shaklini saklab dolgan builshiga qaramay, xokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko’pchiligi o’z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabo’l qilgan edilar. Islom dinini qabul qilmagan zodagonlar o’z mol-mulklaridan mahrum etilar yoki katta miqdordagi tovon tular edilar. Arablar iqtisodiy hayotni o’z qo’llaridan chiqarmaslik maqsadida bosib olingan hududlarda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. II.bob. Arab xalifaligida devonlar faoliyati va tarxishunoslikka oid oid yozilgan asarlar. 2.1. Arab xalifaligida devonlar faoliyati. Arab xalifaligining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari.Ushbu voqealar va yana boshqa sabablar Turk hoqonligining zaiflashuviga olib keladi hamda oqibatda, 603 yili hoqonlik ikkita mustaqil davlatga bo‘linib ketadi. Ulardan biri Mo‘g‘ulistonda tashkil topgan SHarqiy Turk hoqonligi, ikkinchisi esa O‘rta Osiyo, Jung‘oriya va SHarqiy Turkistonning bir qismini o‘z ichiga olgan G‘arbiy Turk hoqonligi edi. Ettisuv G‘arbiy Turk hoqonligining markazi edi. Ikkala hoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan bir-biridan ajralib turardi. SHarqiy hoqonlik aholisining asosiy qismi ko‘ch-manchi chorvadorlardan iborat bo‘lib, G‘arbiy hoqonlik aholisining kattagina qismi esa o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanardi. Turk hoqonligida ko‘chmanchi chorvador aholi “budun” yoki “qora budun” nomlari bilan yuritilardi. Budun qabilalar ittifoqini tashkil etardi. Elning hokimi ”yabg‘u” yoki “jabg‘u” unvoni bilan atalardi. VII asr boshlariga kelib, Xitoyda Suy sulolasi hukmronligi-ning tugashi bilan G‘arbiy Turk hoqonligi yana taraqqiyotga yuz tuta-di. Tan sulolasining hokimiyatga kelishi bilan O‘rta Osiyo va Xitoy o‘rtasida aloqalar jonlanadi. Elchilik munosabatlari yangidan yo‘lga qo‘yiladi. VII asrning birinchi choragida G‘arbiy hoqonlik nihoyatda kuchaya-di. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, Janubiy chegarasi esa Hind daryosi bo‘ylariga borib taqaladi. Hoqon To‘nyabg‘u davrida (618- 630) boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. O‘troq viloyat hokimlarini hoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog‘lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida, mahalliy hukmdorlarga hoqonlik-ning “yabg‘u” unvoni beriladi. SHu bilan birga O‘rta Osiyo, SHarqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari usti-dan siyosiy nazorat kuchaytirilib, ular huzuriga hoqonlikning va-killari yuboriladi. Bunday vakillar “tudun” deb yuritilgan. Bo’ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish tartibi hoqonlikni zaiflashtira bordi. Natijada VI asrning 80-yillari oxirlarida Turk xoqonligi ikki qismga bo’linib ketadi. VII asr ikkinchi yarmida ancha kuchaygan Xitoy O’rta Osiyo hududlarini ham o’z qo’l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670 yilda tibetliklar bosh ko’tarib, sharqiy Turk xoqonligini yangidan tiklaganlaridan so’ng va bu davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib chiqargach, endilikda Xitoy O’rta Osiyoga bo’lgan o’z da’vosidan vaqtincha voz kechadi. Uning yendigi butun diqqati Tibetga qaratiladi. Bu davrda O’rta Osiyo hududlarida G’arbiy Turk xoqonligi ta’siri tobora zaiflashib boradi. Bunga mahaliy hokimliklar o’rtasidagi ichki ziddiyatlar, yer-mulk uchun o’zaro kurashlar ham sabab bo’ladi. Bu yesa pirovardida bu hududlarning arab istilochilari tomonidan bosib olinishiga sabab bo’ldi. Turk xoqonligining sharqiy yerlaridan farqli o’laroq G’arbiy hududda aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori bo’lgan. Negaki, sharqiy hududlarda yashagan ko’pchilik ko’chmanchi turkiy yelatlarda urug’-qabilachilik munosabatlari hamon kuchli saqlangan. Aholining quyi tabaqasi budun yoki qora budunlar deb atalgan. Urug’-qabilaning nomdor vakillari «beklar» deb yuritilgan. Jamoani xoqon va zodaganlar kengashi -«Qurultoy» boshqargan. O’rta Osiyo yerlarida yesa bu davrda dehqonchilik, bog’dorchilik va uzumchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan. O’lkaning Farg’ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko’plab suv ayirg’ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod yetilgan4. Farg’ona va Sug’dda aholining bir qismi tog’-kon ishlari bilan ham mashg’ul bo’lgan. Bu yerlarda oltin, mis, temir yeritish, ulardan kerakli asbob-anjomlar ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, Iloqda qo’rg’oshin, kumush, Shahrisabzda yesa qizil tuz qazib olingan. Bu davrda ham yurtimizda moddiy va ma’naviy madaniyatning yangi-yangi betimsol namunalari yaratildi. Turli olimlar mutaxassislar bahsiga sabab bo’lgan Turk-ruin, Urxon-Yenasoy yozuvi, Kultegin bitiklari, Bilga xoqon yodnomasi va shu singari noyob topilmalar turk yozma madaniyatning qadimiyligi va rang-barangligiga guvohlik beradi. 1970 yilda Almati yaqinidagi «Issiq» degan joydan topilgan va fanga «Issiq yozuvi» nomi bilan kirgan turkiy yozuv ham bizning yozuv tariximizga oid qarashlarimizni yanada boyitadi. Yendilikda topilgan noyob ashyoi dalillar asosida turkiy yozuvning tarixi miloddan avvalgi II-I asrlarga borib tutashishi ma’lum bo’ldi. VI-VII asrlarda savdo stiq ishlarida janubdan shimolga tamon ko‘chgan. Bunga vositachilik qilish so‘g‘diylarning qo‘liga o‘tadi. Ular nafaqat quriqlikda, balki shu bilan bir qatorda Kaspiy dengizi orqali ham savdo ishlarida faol qatnashgan. Bu borada Poykant shahrini aloxida tilga olish lozim, chunki mazkur joyda savdogarlar ko‘p istiqomat qilganlar va o‘sha vaqtdagi oldi sotdilarni ular amalga oshirganlar. SHu boisdan ham bu shahar savdogarlar shahri yani “Madinat at-tujor” deb bejiz aytilmagan. So‘g‘ddan chet mamalakatlarga mevalar: oq va sirir olcha chorva mollariadan quyriqdor qo‘ylar shuningdek yilqidar chiqarilagn. So‘g‘dning atroflari tog‘lar bilan o‘ralganligi bois bu erlarla oltin mis temir qalaiy kumush singari rangli metallarning konlari juda ko‘p bo‘lgan. Kesh tog‘laridan qizil tuz va oltin qazib olinsa iloqdan kumush va qalayt, maymurug‘dan latun, oltin qazib chiqariladi. Mazkur maxsulotlarning zarur qismi ichki ehtiyojlar uchun bo‘lsa, qolgani eksport sifatida chiqarib turilgan. YUqoridagi misollar so‘g‘dda temirchilik soxasining yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Metallurgtyada turli mehnat qurollari: belkurak, bolta, o‘roq, mix, taqa va hakoza mehnat qurollari ishlab chiqarilgan. Turli tuman hunarmandchilik buyumlari: pichoq qaychi bezak ashyolari kalit qulf chiroqlardan, harbiy qurollar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan. SHuning uchun ham so‘hd harbiylari qurolanish jihatidan boshqa hudud harbiylariga nisbatan ancha ustin bo‘lgan. Arab xalifaligi-(632 – 1258) – Arabiston ya.o., Yaqin va O’rta Sharq, Shim. Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o’z ichiga olgan saltanat. 7-8-a.larda tashkil tongan. A.xionitlar asoschisi payg’ambar Muhammal(as)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakrdir. Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 633-715 y.lar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan “Xulafo ar-roshidin” (“To’g’ri yo’ldan boruvchi xalifalar”) va ummaviylar zamonida fath etildi. Lekin abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar. Ichki ixtiloflar ta’siri ostida A.xionitlar 8-a.ning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi: 788 y. Mag’ribning g’arbiy qismida (hoz. Marokash) idrisiylar (788 – 985), uning sharqiy qismida (hoz. Tunis) ag’labiylar (800-909) xukmronligi o’rnatildi. Xuroson va Movarounnaxraa esa 9-a.ning 20-y.laridan boshlab mahalliy sulolalar: toxiriylar (821 – 873), safforiylar (867 – 903) va somoniylar (875 -999) bosh ko’tarib chiqdilar. Ular A.xionitlarga nomigagina tobe bo’lib, aslida mustaqil hukmdor edilar. A.xionitlar 1258 y. mug’ullar tarafidan tugatildi (yana q. Xalifalik). Xalifalik – 7-8-asrlarda arab istilolari natijasida Arabiston yarim oroli, Yaqin va O’rta Sharq, Shim. Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o’z ichiga olgan davlat (q. Arab xalifalig) Ibn Xaldunning yozishicha, “johiliya arablari” faqat diniy sifatdagi (payg’ambarlik, valiylik, kohinlik va h.k.) hokimiyatni tan olganlar. Shuning uchun ham hijratdan so’ng (622 y.) Madinada barpo bo’lgan va 630- 632 y.larda butun Arabistoi ya.o.ni o’z ichiga olgan tuzum islom diniga asoslangan, teokratik davlat shaklini olgan. Bu davlatning boshlig’i- rasululloh – Allohning elchisi, ammo u abadiy emasligi payg’ambarning o’zi tomonidan qayta-qayta ta’kidlab kelingan. Bu davlatni keljakda boshqaradiganlar siyosiy usullardan foydalanishlari muqarrar edi, zero Muhammad (sav) – payg’ambarlarniig oxirgisi (xotam ul-anbiyo). Birinchi bo’lib bu haqiqat Payg’ambar (sav) tomonidan anglandi. “Xalifalik mendan keyin ummatlarim ichida o’ttiz yil, so’ngra amirlik (podsholik) dir” degan mazmundagi hadis aynan shu fikrni isbotlaydi. Darhaqiqat Allohning nomidan (vahiy orqali) ummatini boshqargan Muhammad payg’ambar vafotidan so’ngra rahbarlikka ilohiy rahnamolik sifatida eta bo’lmagan va bunga da’vo ham qilmagan xalifalar xelgan. Sahobalar bundan keyin dunyoviy ishlarni oddiy inson hukmdor – amir boshqarishini tushunganlar. Makkalik va madinalik sahobalar – muhojirlar va ansorlar o’rtasidagi bahs faqatgina ularning qaysi biri ana shu lavozimga saylanishi haqida borar ela. Abu Bakr Siddiqning Xalifatu Rasululloh – Alloh elchisining o’rinbosari bo’lib saylanishi shundan dalolatdir. Aynan shu davrda hokimiyat vazifalarining (sud, moliya va h.i.) bo’linishi va ularning, asosan, muhojirlar o’rtasida taqsimlanish yuz bergan. Bu jarayon, ya’ni davlat boshqaruv tizimi diniylik qiyofasini yo’qotib, dunyoviy tus olishi 4 xalifa – Abu Bakr Siddiq (632- 634), Umar ibn Xattob (634-644), Usmon ibn Affon (644- 656) va Ali ibn Abu Tolib (656-661) davrida uzil-kesil amalga oshgan, ular “al-Xulafo arroshidun” (to’g’ri y.dan boruvchi xalifalar) degan nom oldilar. 750 yilda Abbosaylar xalifaligi boshlangan. Umaviylardan farqli o’laroq abbosiylar o’z ismlariga Alloh so’zini qo’shib martabali laqablar olilar, shu yo’l bilan o’z hokimiyatlariga teokratik tus berishga uringanlar. Lekin amalda ularniig ko’pchiligi qo’g’irchoqqa aylanib qolib, boshqa qavimlar boshlilqari (mas. Mahmud G’aznavay), saljuqlar sultoni To’g’rulbek, buvayhiylar amiri Ahmad kabilarga muboya’a (guvohnoma) berdilar va ularning hokimliklarini qonuniylashtirdilar. Abbosiylar Arab xalifaligining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari. 2.2. O’rta Osiyolik allomalar tomonidan davlat boshqaruviga oid yozilgan asarlar. Arab xalifa VII-VIII asrlar asosiy Mag'ribu Mashriqning kengayishi, shu korxona Markaziy tasarruf yerlarini ham o'z ichiga oladi. Xalifalikka kirganga asta-sekin arab madaniyati, uning ko'plab muammolari kirib kela paydo bo'ldi. Eng asosiysi, islomning muqaddas kitobi "Qur'oni Karim" g'oyalari turli xalqlar orasida keng yoyila boshlandi. Buning uchun bu yerlarda arab tili, arab yozuvi joriy etildi. Musulmon madaniyatining ko'rki hisoblangan naqshinkor bezaklar bilan ziynatlangan salobatli masjidu madrasalar, xonaqoyu maqbaralar, diniy va ilmiy kitoblar, qo'lyozmalarga boy kutubxonalar va boshqa samarali qad rostlay boshladi. Ular shu xalqlarning kundalik madaniyati xarobalari o'rnida barpo etildi. "Qur'oni Karim" ("qiroat" so'zidan olingan) g'oyalari, qadriyatlari (odamlarni to'g'rilik, rostgo'ylik, poklik, halollik, ezgulik, yaxshilik, saxovat, do'stlik, birodarlik, o' zaro totuvlik, hamjihatlik, tinchligu osoyishtalikka undash va hk), islomiy ahkomlar, jamiyatu odamlar hayotiga singdirib borilib, shu asosda ular oldingi ko'pxudolik, g'ayridiniy sarqitlardan, xurofot birikmalaridan xalos bo'lib bordilar. Khalifa Usmon payg'ambarimiz o'limidan keyin og'izma-og'iz ko'chib yurgan “Qur'oni Karim” matnlarini bir joyga to'plab, yagona mukammal matnni yaratib, islom madaniyati tarixida nom qoldirgan. U kotib Muxammad Zayd ibn Sobit ko'magida va payg'ambarimizning tirik sahobalari guvohligida “Qur'oni Karim”ning yagona nusxasini tuzib chiqadi. So'ng yagona nusxadan besh nusxa ko'chirib Makka, Madina, Damashq, Khalifa Usmon Qur'oni Amir Temur Shom (Suriya) yurishidan o'lja sifatida o'z poytaxtiga olib kelgan. Temuriylar tarixi Davlat muzeyida saqlanayotgan mavjud “Qur'oni Karim” yangilangan islomiy manbadir. Ayni chog'da islom madaniyatining gultojisi hisoblangan hadisshunoslik ilmi rivoj topib bordiki, bunda xam peshqadamlikni o'rta Osiyolik buyuk muhaddis olimlar egalladilar. Islom olamida Qur'oni Karimdan keyin mo''tabar manba, bu hadisi sharifdir. Sharif degan so'z arabcha bo'lib, sharafli, aziz, qadrli degan ma'nolarni anglatadi. Sharif unvoniga sazovor bo'lgan shaharlar,bular: Shom, Bag'dod, Quddus, Mozori Sharif va Buxoroyi Sharifdir. Muhammad sallollohu alayhi va sallamning aytgan gaplari, qilgan ishlari, shularning hammasi sunnat qiladi. Bular haqidagi dalolat esa hadisdir. Butun musulmon dunyosida birdan-bir to'g'ri, ishonchli deb tan olingan 6 nafar hadischilar: Imom Buxoriy, Imom Muslim al Hajjoj, Iso at-Termiziy, Imom Abu Dovud Sijistoniy, Imom An-Nasafiy, Imom Abdulla ibn Yazib ibn Mojjalar hammasi aslan Markaziy Osiyolik bo'lib, hujjat "qutubi sitta" ("Olti kitob") asari butun dunyoga mashhurdir. Ular orasida Imom Buxoriy (810-870) va ul zotga mansub "Al jome' as-sahih" ("Ishonarli to'plam") asari yagonadir. Bu asarni islomshunoslar "qur'oni Karim" dan keyingi ulug' o'ringa qo'yadilar. 4 jilddan iborat bu muborak kitob 7275 ta eng sahih (ishonarli) hadislar xavf bo'lib, ular nihoyatda qimmatli tarbiyaviy-ma'rifiy kapital egadir. Allomaning "Al adab al-mufrad" ("Adab durdonalari") asari ham mashhurdir. Bular mustaqillik yil o'zbek tilida birinchi bor chop etildi. Uning bulardan tashqari yana 20 dan ortiq asarlari mavjud. Alloma tavalludining 1225 yilligi o'lkamizda 1998 yil oktabrida keng nishonlandi hamda uning xoki-poyi dafn qilingan Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog'ida esa unga bag'ishlab yodgorlik majmui barpo etildi. Imom Buxoriy shogirdi va izdoshi Imom at-Termiziy (824-892) xam buyuk xadisshunos allomalardan biridir. Uning mashxur asari "Al-jome'" deb hisoblanishi. "Ash-shamoil an-nabaviyya" ("Payg'ambarning aloxida xususiyatlari", 408 ta xadisu sharifni o'z paydo bo'lgan ushbu asar 1991 yilda o'zbek tilida birinchi bor chop etilgan), "Kitob az-zuxd" ("Taqvo haqida" ”) va boshqa kitoblar ham bu zoti sharif qalamiga mansubdir. Islom ta'limotida shariat va uning ruknlari xam muxim o'rin tutadi. Shariat (arabchada to'g'ri yo'l, qonunchilik ma'nosida) - islom diniy xuquqi, barcha musulmonlar uchun to'g'ridan-to'g'ri qonunlar, qonuniy-axloq ko'rsatmalari majmuidir. Islomiy ilm taraqqiyotida alloma Burhoniddin Marg'inoniy (1123-1197) ning xizmati ham buyukdir. U 1178 yili “Hidoya” (“To'g'ri yo'l”) noaniq asarini isbot. Bu kitob o'sha zamonlarda, julai musulmonlar duchda o'zaro muammolar, ijtimoiy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoiy jazo va insonning mas'uliyatlariga juda ko'p murakkablik qiladi. Bu kitob asosli Movarounnahrda, balki butun islom Sharqida xam islom-huqshunosligi bo'yicha nufuzli qonuniy manba – asosiy qo'llanma sifatida olingan. Alloma "Bidoyat al-mubtadiy" ("Boshlovchilar uchun dastlabki ta'lim"), "Kifoyat al-muntaxiy" ("Yakunlovchilar uchun tugal ta'lim"), "Nashr ul-mazhab" ("Mazhabning yoyilishi"), "Kitob" ul-mazid" ("Ilmni ziyoda kitob"), "Kitob al-faroiz" ("Farzlar kitobi"), "Manosik ul-xaj" ("Haj marosimlari"), Kitob ul-mashoyix ("Shayxlar haqida kitob") va boshqa ko'plab asarlar muallifidir. Bu asarlarda adolat tuy¨usi, o'z davrining xuquqiy mezonlari asosida yashash, o'zganing mol-mulkiga ko'z olaytirmas, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi ezgu tarkiblarning moxiyati ochib berilgan. Allomaning ilmiy merosi jahonning ko'plab oliy o'quv yurtlarida musulmon xuquqshunosligi yo'nalishida o'rganiladi. mehr-oqibat kabi ezgu ishtiroklarning moxiyati ochib berilgan. Allomaning ilmiy merosi jahonning ko'plab oliy o'quv yurtlarida musulmon xuquqshunosligi yo'nalishida o'rganiladi. mehr-oqibat kabi ezgu ishtiroklarning moxiyati ochib berilgan. Allomaning ilmiy merosi jahonning ko'plab oliy o'quv yurtlarida musulmon xuquqshunosligi yo'nalishida o'rganiladi. Yaqin Sharq, Markaziy Osiyolik olimu fuzalolar Islom ilmi rivojiga buyuk qismlarini qo'shar ekanlar, Allohning yakkayu yagonaligi, Allohning bir qarashlari to'g'risida tavhid bilan ham mashhur bo'ldilar. Fanning bu jabhasida, sirlar sirida ish ko'rgan zamon ulamolari va fuzalolari buyuk egasi egasi Abu Mansur Moturidiy nomi aloxida ajralib turadi .Uning mashhur asarlari jumlasiga "Tavhid" asarini berish nisbat mumkin. Uch asar o'sha zamon va davri sifatida dunyoga kelgan. Sababi Moturidiy yashagan davr islom olamining "Oltin davri" xisoblangan. Ana shu davrda islom ilm markazi Bag'doddan o'rta Osiyoga ko'chgan, Samarqand "Oltin davr" markaziga aylangan. Moturidiy islom ilmidagi oliy ilmiy muvoffaqiyatlari evaziga "Abu Mansur", ya'ni "g'olib ota" martabasiga musharraf bo'ldi. Islom shariati besh diniy-xuquqiy mazxabdan iborat. Sunniylikda: hanafiya, molikiya, shofi'iya, xanbaliya mazhablari, shialikda esa ja'fariya mazhabi bor. Yer yuzida jami 1,3 mlrd. musulmonlarning 47 foizi hanafiy, 27 foizi shofiyi, 17 tasi sut molikiy, 7,5 tasi sut ja'fariy (shialar), 1,5 tasi xanbaliy mazhabidadirlar. qilib qilib olgan sunniylar 92,5 foizni umumiy, shialar esa 7,5 foizni tashkil etadi. Tasavvuf - bu odamlarni halollik, poklik, tenglik, inson qadr-qimmatini ulug'lash, o'z mehnati bilan kun ko'rish, boshqalar kuchidan foydalanish masalalari va ijtimoiy adolat qoidalariga da'vat etuvchi ezgu ta'limotdir. Xuroson va Movarounnaxr axolisi o'rtasida tasavvuf-falsafiy ilmi taraqqiyotida Yusuf Hamadoniy katta obro'-e'tibor va xurmat topgan. U asosan Buxoro shaxrida yashab yoshlarga tasavvufdan saboqlar bergan xamda juda ko'plab shogirdlar tarbiyalagan. Yusuf Hamadoniyni pir tutgan muridlaridan 213 tasi mashxur shayxlar bo'lib yetishganlar. Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdullox Barroqiy, Xoja Axmad Yassaviy, Xoja Abduxoliq g'ijduvoniylar uning to'rt zabardast xalifasi. Yurtimizda ildiz otgan Yassaviy (Axmad Yassaviy), Kubroviya (Najmiddin Kubro), Naqshbandiya (Xoja Bahovuddin Naqshband) ta'limotlari mohiyatan shunday olijanob g'oyalar ruxi bilan sug'orilgan. Jumladan, "Yassaviya" tariqatining bir qator asosiy qoidalari (odoblari) tashlab ketar ekanmiz, bu insonlarning Allox visoliga yetishish yo'lida tinimsiz izlanishlari hayotning turli-tuman sinov-sinoatlariga dosh berishlari, o'z e'tiqodlarida sobit, ezgulik, haq yo. 'lida hamisha sa'y- davolashda bo'lishlari kerakligiga alohida urg'u berilganligiyon a bo'ladi. Shu bois Yassaviy "Hikmat" larida poklik, xalollik, to'g'rilik, mexr-shafqat, o'z kuchi, peshona teri va xalol mexnati bilan kun kechirish, Allox taolo visoliga yetishish yo'lida insonni botinan va zohiran xar tomonlama ta'minlash kabi. ilg'or umuminsony o'adriyatlar ifodalangan. Huddi shunday yuksak g'oyalar Kubroviya, Naqshbandiya kabi tariqatlarning mazmuni, mundarijasini tashkil etadi. Mamnuniyat bilan tilga olish lozimki, Najmiddin Kubro qalamiga mansub “Favo'ix al-Jamol va fatvotix al-Jalol”, “Al-Usul al-ashora”, “Risolotut-turk” kabi 30 ga yaqin yo'q asarlar mavjud. Uning tariqatida diniylik bilan dunyoviylik chambachas bog'lanib ketgan. Uning asarlaridagi kishilarning halollik, odamiylik, molu-dunyoga hirs o'ymas, o'z nojo'ya ishlaridan tavba qilishdek axloqiy-g'oyaviy, tarbiyaviy talab-qoidalar bizning kunlarimizda ham g'oyatda muhim jiddiy molikdir. “Risolotut-turk” kabi 30 ga yaqin yo'q asarlar mavjud. Uning tariqatida diniylik bilan dunyoviylik chambachas bog'lanib ketgan. Uning asarlaridagi kishilarning halollik, odamiylik, molu-dunyoga hirs o'ymas, o'z nojo'ya ishlaridan tavba qilishdek axloqiy-g'oyaviy, tarbiyaviy talab-qoidalar bizning kunlarimizda ham g'oyatda muhim jiddiy molikdir. “Risolotut-turk” kabi 30 ga yaqin yo'q asarlar mavjud. Uning tariqatida diniylik bilan dunyoviylik chambachas bog'lanib ketgan. Uning asarlaridagi kishilarning halollik, odamiylik, molu-dunyoga hirs o'ymas, o'z nojo'ya ishlaridan tavba qilishdek axloqiy-g'oyaviy, tarbiyaviy talab-qoidalar bizning kunlarimizda ham g'oyatda muhim jiddiy molikdir. o'z davrining komil insoni Bahouddin Naqshband gapiradigan bo'lsak, avvalo u asos solgan Naqshbandiylikning qonuni haqida "qo'l ishda, Alloh dilda", "Kam yegil, kam uxla va kam gapir!" degan ulug' nasihatlari o'ta hayotiydir. Naqshbandiya ta'limoti halol mehnat, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-ma'rifat, xattotlik, badiiy adabiyot, musiqa bilan shug'ullanish kabi foydali kasb-hunarli va xayrli ishlar sari da'vat etadi. Zotan, mustaqillik sharofati bilan yurtimiz tarixida, uning ma'naviy sarchashmalarida iz qoldirgan, ularning o'z pok ruhoniy ta'limotlari ila boyitgan ulug' salaflarimiz – Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Abjaduxoliq G'ijduvoniy, Kaffoshiy Ahror Valiy kabilar bobokalonlarimiz aziz nomlari tiklanib, asarlari chop etilib, bebaho meroslaridan bahra olayapmiz, bu biz uchun katta baxtdir. Abu-l-Abbos Ahmad ibn Yahyo ibn Jobir al-Balazuriy pragmatik yoʻnalishdagi eng yirik arab tarixchilaridan birinchisidir. Asli eronlik bo'lib, Damashq va Himsda yaxshi ta'lim olgan. Uning ustozlari orasida Ibn Sa'd kabi yirik an'anachilar bor edi. Otasi va bobosining yuqori lavozimi al-Balazuriyni abbosiy xalifalari al-Mutavakkil, al-Mustain va al-Mu'tazz saroyida muhim o'rin egallashini ta'minladi; u birinchi ikkisining nadimi (suhbatchisi) va ikkinchisining o‘g‘li – Abdulloh ibn al-Mo‘tazzning tarbiyachisi, atoqli shoir va adabiy tanqidga oid nazariy asarlar muallifi, keyinchalik bir kunlik xalifa bo‘lgan. Al-Balazuriy 279/892-893 yillarda vafot etgan.Al -Balazuriy zamondoshlariga fors tilidan tarjimon sifatida ham tanilgan. Lekin asosiy shon-shuhrat unga bizgacha yetib kelgan ikkita tarixiy asar olib keldi. Bu asarlarning birinchisi “Kitob ansab al-ashraf” (“Olijanob nasabnomalar kitobi”) bo‘lib, bu asarning saqlanib qolgan qismini nashrga tayyorlayotgan K. G. Bekkerning fikricha, hech qachon tugallanmagan. Shimoliy arab qabilalari va koreyshlardan bo'lgan shaxslarning tarjimai holi bizgacha juda ko'p. , birinchi yarim asrlik islom tarixi, ayniqsa, Umaviylar xalifaligi va bu davrdagi xorijiylar qoʻzgʻolonlari tarixi uchun eng qimmatli manba hisoblanadi. Al-Balazuriyning bizni alohida qiziqtirgan yana bir yirik tarixiy asari uning “Kitob futux al-buldan” (“Mamlakatlar zabtlari kitobi”) asaridir. Bu asar bizgacha faqat qisqartirilgan holda yetib kelgan, shekilli, muallifning o'zi tomonidan yaratilgan. Genetik jihatdan “Kitob futuh al-buldon” tarixiy adabiyotning oldingi janri – “kutub al-mag‘ozi” (“safar kitoblari”)ga borib taqaladi. Biroq “Kitob futuh al-buldon” bu janrdagi avvalgi asarlardan materialning kengroq yoritilganligi bilan ham, kengroq tizimli taqdim etilishi bilan ajralib turadi. Kitobdagi barcha materiallar geografik jihatdan berilgan, har bir sohaga alohida bob ajratilgan. Alohida geografik hududlarga bag'ishlangan boblar ichida taqdimot qat'iy xronologik tamoyilga muvofiq beriladi. Al-Balazuriy o‘z manbalarini juda kamdan-kam tilga oladi. Qoidaga ko‘ra, uning hikoyasida isnodlar (axborot uzatuvchi zanjirlar) yo‘q; isnodlar berilgan hollarda ba'zan qisqartirilgan holda ham beriladi. Biroq, bu al-Balazuriyning aksariyat hollarda to'liq ishonchli va ishonchli manba bo'lishiga to'sqinlik qilmaydi. Bunday obro'-e'tibor uning orqasida fanda mustahkam o'rnatildi. Boshqa ko'plab arab tarixchilaridan farqli o'laroq, al-Baladhuri o'z kitobida bizning oldimizda haqiqiy tarixchi sifatida namoyon bo'ladi, aniq ifodalangan tanqidiy qobiliyatga ega, ba'zi tarixiy hodisalarni ob'ektiv va jiddiy baholaydi. Shunisi e'tiborga loyiqki, «Kitob futuh al-buldon»da al-Balazuriy boshqa ko'plab arab tarixchilari kabi xalifalikning harbiy-siyosiy tarixi bilan cheklanmaydi. Kitobning umumiy printsipiga ko'ra, al-Balazuri Nubiya va Sharqiy Sudanga tegishli Sahara janubidagi Afrika mintaqalariga maxsus bob bag'ishlaydi. Misr va Shimoliy Afrika haqidagi boblarda ham alohida izohlar mavjud. Nilning yuqori oqimida arab qo'shinlari paydo bo'lganidan keyingi dastlabki o'n yilliklarda al-Balazuriyning arablar va nubiyaliklar o'rtasidagi munosabatlar haqidagi ma'lumotlari juda qiziq. U birinchi arab tarixchilaridan biri bo'lib, keyingi barcha mualliflar tomonidan "bakt" deb atalgan qullar tomonidan yillik soliq o'rnatilishi haqida xabar bergan. Shuningdek, al-Balazuriydan arab adabiyotida ham tarixiy, ham geografik, nubiyaliklarning yuksak jangovar fazilatlarini tan olish an'analari kelib chiqqanligi ham xarakterlidir. Al-Balazuriyning Afrika bilan bog'liq hikoyalar uchun ma'lumot beruvchilari, asosan, avvalgi muallif Ibn 'Abd al-Hakam va keyingi muallif al-Kindiy bilan bir xil shaxslar edi. Buni Afrika bilan bog'liq bo'limlarda al-Balazuriy istisno tariqasida juda ko'p sonli isnodlarni saqlab qolganligi sababli aniqlash mumkin. Bu isnodlar ko‘p hollarda tadqiqotchini Ibn Abdulhakam va al-Kindiy tilga olgan shaxslarga: Yazid ibn Abu Habib va al-Lays ibn Sa’dga olib boradi. Shunday qilib, biz yagona tarixiy an'ana bilan shug'ullanamiz. Bundan tashqari, al-Voqidiyga havolalar mavjud bo'lib, ba'zi ma'lumotlar odatda manbalarga havolasiz berilgan. Al-Balazuriy asarlaridan keyingi mualliflar ham keng foydalandilar. Xususan, Yoqut o‘zining geografik lug‘atida bizgacha yetib kelmagan “Kitob futuh al-buldon” to‘liq nashridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. U ham Ibn al-Asir kabi “Kitob ansab al-ashraf”dan ham foydalangan. "Kitob futuh al-buldan" M. de Gu tomonidan 1866 yilda nashr etilgan. Ushbu nashrga kiritilgan matnlar de Gu nashri bo'yicha ko'chirilgan. Xulosa Yirik er egalari o’rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshilik arablarning aralashuviga sabab bo’lar yoki mulkning bir shaxsdan ikkinchisiga o’tishini ta’minlar edi. O’rta asr mualliflari ma’lumotlariga ko’ra, dehqonlar qo’li ostida kishlok jamoalari bo’lib, bu jamoadan er olgan kishilar xiroj to’laganlar. Dehqonlar mustaqil qo’rg’onlarda hayot kechirib, ularning yaxshi qurollangan harbiy bo’linmalari bo’lgan. Bunday bo’linmalarning askarlari chokarlar deb atalgan. Dehqonlar xalifa noibining mahalliy aholi orasidan bo’lgan vakiliga buysunadilar. Mehnatkash aholi, asosan kadivarlar, kashovarzlar hamda qo’llar dehqonlarda mavjud bo’lgan er-mulklarning ma’lum ulushini ijaraga olib ishlashgan va buning evaziga soliq to’laganlar. Dehqonlar orasida er-mulk, shaxsiy uy-joy va qo’rg’onlar masalasida nizo va janjallar chiqib qolsa, muammoni xalifa hal qilgan. Har bir huquqiy muammo islom qono’n-qoidalariga binoan ko’rib chiqilgan. VIII asr o’rtalariga kelib Movaraunnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. Viloyatlardagi hokimlar va boshqa hukmdorlarning qo’li ostidagi ma’muriy-idora usuli o’z shaklini saklab dolgan builshiga qaramay, xokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko’pchiligi o’z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabo’l qilgan edilar. Islom dinini qabul qilmagan zodagonlar o’z mol-mulklaridan mahrum etilar yoki katta miqdordagi tovon tular edilar. Arablar iqtisodiy hayotni o’z qo’llaridan chiqarmaslik maqsadida bosib olingan hududlarda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Download 43.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling