Arab xalifaligi


Download 0.86 Mb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1539010
1   2   3   4   5
Bog'liq
Arab xalifaligining O‘rta Osiyoda yuritgan siyosati Boshqaruv tizimi

Arab qo‘shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko‘plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo’ldi, bir qismi asir olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o‘z harbiy garnizonlarini joylashtirishgan arablar shu harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoat ishlariga safarbar qilishar edi. Marv, Poykand, Buxoro, Samarqandda uylarning qoq yarmi arablar ixtiyoriga topshirildi. Ba’zi istilochi zodagonlar dehqonchilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlar va suv inshootlarini egallab ola boshladilar. Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o‘rnasha boshladilar. Ariq qazish, ko‘prik qurish, binolarni ta’mirlash va boshqa jamoa ishlarida aholidan bepul foydalanar edilar. Shu bilan birga, mahalliy aholi arab zodagonlari va qo‘shinini ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va boshqa narsalar bilan ta’minlab turishi kerak edi.

  • Arab qo‘shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko‘plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo’ldi, bir qismi asir olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o‘z harbiy garnizonlarini joylashtirishgan arablar shu harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoat ishlariga safarbar qilishar edi. Marv, Poykand, Buxoro, Samarqandda uylarning qoq yarmi arablar ixtiyoriga topshirildi. Ba’zi istilochi zodagonlar dehqonchilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlar va suv inshootlarini egallab ola boshladilar. Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o‘rnasha boshladilar. Ariq qazish, ko‘prik qurish, binolarni ta’mirlash va boshqa jamoa ishlarida aholidan bepul foydalanar edilar. Shu bilan birga, mahalliy aholi arab zodagonlari va qo‘shinini ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va boshqa narsalar bilan ta’minlab turishi kerak edi.

Soliq siyosati

Arab xalifaligi O‘rta Osiyoda qanday soliq siyosatini joriy qildi?

Iqtisodiy hayotni o‘z qo‘llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig‘i - xiroj (hosilning o‘ndan bir yoki o‘ndan ikki qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan juzya solig‘i ham qo‘shildi.

  • Iqtisodiy hayotni o‘z qo‘llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig‘i - xiroj (hosilning o‘ndan bir yoki o‘ndan ikki qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan juzya solig‘i ham qo‘shildi.
  • Arablar o‘z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va targ‘ib qilishga katta e’tibor berdilar. O‘rta Osiyo aholisi ichida e’tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e’lon qilindi. Ayniqsa, zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu dinning barcha ibodatxonalari yo‘q qilindi. Uning o‘rniga masjidlar barpo qilina boshlandi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan, diniy kitoblar, so‘g‘d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo‘q qilinib yuborildi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling