Arab xalifaligi va musulmon huquqi
Download 124.5 Kb.
|
Arab musulmon san\'atining asosiy harakter va belgilari
urfi fosid - nassga zid bo`l-gan urf-odat, islom huquqida qo`llanilmaydi, ikkinchisi urfi sahih – xalq-ning nassga zid bo`lmagan urf-odatlari bo`lib, Islom qonunchiligida, ayniqsa, Abu Hanifa mazhabida katta ahamiyatga ega.
Islom huquqining asosiy manbalari, ayniqsa, Qur`onda oldi-sotdi bi-timiga doir bir-ikki oyatdan boshqa nass mavjud emas. Hadis kitoblarida ham bu sohaga tegishli hadislar soni 20 dan oshmaydi. Shunday bo`lsa ham bugun fiqh kitoblarida bu soha bo`yicha minglab masalani ko`rish mumkin. Buning sababi shundaki, Payg`ambar zamonida uluslararo muo-malot urf-odat asosida tartibga solinar edi, Payg`ambar ko`pincha urfni qabul qilib, yangi hukm bermasdi. Abu Hanifa Qur`on yoki hadis yoki sahobalardan rivoyat qilingan qavl va amal mavjud bo`lmagan holda, shu-ningdek, qiyos urfiga qarshi turganda, urf-odatga asoslanib hukm chi-qarardi. Urfga katta e`tibor qaratish Hanafiy mazhabi rivojlanib, keng ko`-lamda tarqalishining muhim omillaridan biri edi. Masalan, savdo va tijorat bitimlari bo`yicha urf-odatga katta e`tibor qaratilgan. Bunday shartnoma-larni tuzish uchun shariat manbalarida biron ko`rsatma mavjud bo`lmagan taqdirda, Hanafiy mazhabida urfga asoslanib amal qilinadi va unga (urfga) zid bo`lgan narsa tark etiladi. Chunki Abu Hanifa nuqtai nazarida asosiy manbalardan keyin urf eng muhim qo`shimcha huquqiy manba hisob-lanadi. Shunday qilib, islom dinini qabul qilgan xalqlarda urf-odatlar shariat qonunlari bilan bir qatorda jamoa hayotini tartibga solishda katta aha-miyatga ega bo`lgan. Va nihoyat, musulmon huquqining shariatdan kelib chiqadigan yana bir manbai xalifalarning farmon va farmoyishlari hisob-lanadi. Keyinchalik boshqa musulmon davlatlarida qonunchilik faoliyati-ning rivojlanishi bilan huquq manbai sifatida qonunlar yuzaga kelib, ularning ahamiyati tobora oshib borgan. Farmonlar va qonunlar, shuning-dek, shariat prinsiplariga zid kelmasligi lozim edi. Ular shariatni, avvalo, davlat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi va davlat hokimiyatining aholi bilan ma`muriy-huquqiy munosabatlarini belgilovchi normalar bilan to`ldirgan. A.Sh.Juzjoniyning yozishicha, Abbosiylar hokimiyatning birinchi bosqichida imom yo xalifa islom jamoasining mutlaqul-inon rahbari, ya`ni yakka hokimi bo`lsa ham, qonun tuzish va qonun chiqarish huquqiga ega emas edi. Lekin shahar chegarasidan chiqmasdan idoriy ishlarni tartibga solish uchun muqarraralar (hujjatlar) chiqarishga haqli edi. O`sha davrda Download 124.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling