Arab xalifaligi va musulmon huquqi


Download 124.5 Kb.
bet8/12
Sana21.02.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1218290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Arab musulmon san\'atining asosiy harakter va belgilari

Birinchi turi shundan iboratki, agar biror ish qilinmoqchi bo`lsa, yaratuvchi tomonidan o`sha ishga tegishli fikr Payg`ambarga vahiy (vahyi xafiy) orqali bildiriladi. Payg`ambar uni o`z so`zlari orqali bayon etadi. Bu vahiy, ya`ni vahyi xafiyning Qur`on oyatlari, ya`ni vahyi jaliydan farqi shundaki, Qur`on oyatlarining ham mazmuni va ham iborasi Alloh tomo-nidan Jabroil orqali yuborilgan.
Sunnaning ikkinchi turi shundan iboratki, agar musulmonlar hayo-tiga tegishli biron bir yangilik kiritilishi zaruriyati sezilsa-yu, lekin uni hal qilish uchun Payg`ambarga vahiy kelmasa, bunday ahvolda Payg`ambarga ijtihod qilish, ya`ni masalani o`z shaxsiy fikri asosida yechish uchun ruxsat berilgan hisoblanadi. O`shanda Payg`ambar ijtihod qilib, sahobalar bilan kengash - maslahat o`tkazib, bir to`xtamga keladi.
Agar Payg`ambar tomonidan qabul qilingan qaror yoki bildirilgan fikr Qur`on oyatlari orqali to`g`rilansa, Sunna (Payg`ambarning so`zi yoki qabul qilgan qarori) Qur`on orqali mansux bo`ladi, ya`ni bekor qilinadi va Qur`onning hukmi amalga oshiriladi.
Payg`ambar Qur`onning sharhlovchisi sifatida tashri` qilish (qonun tuzish) vakolatiga ega edi. Shunga binoan Sunna tashri` (qonun tuzish) bo`yicha ikki asosiy sohani qamrab oladi:
Birinchi soha Qur`onda zikr etilgan hukmlarni yoritib berishga bog`liq.
Ikkinchi soha Qur`onda ko`rsatilmagan hukmlarning tashri`i (qonuniy shaklda chiqarish)ga bog`liq bo`ladi.
Birinchi sohada Sunna Qur`oni karim oyatlarini tafsir va ta`vil qila-di, mujmal iboralarini izohlaydi, umumiy ma`noga ega bo`lganini xoslash-tiradi, mutlaq, ya`ni qaydu shartsiz oyatlarga qaydu shart qo`yadi. Ba`zi bir misollar: Qur`onda «Namoz o`qinglar» deb amr qilingan, lekin na-mozlarning soni, sifati, rak`atlarining soni Payg`ambar tomonidan belgilab va amalda ko`rsatib berilgan. Bu esa mujmal iborani izohlash misolidir.
Umumiy mazmunni xos qilishga misol: Qur`onda meros tizimi umu-miy ma`noda kelgan, lekin Payg`ambar meros olish uchun din birligi, qotil bo`lmaslik va qul bo`lmaslikni shart qilib qo`yib, uni xoslashtirgan. Masa-lan, otasini o`ldirgan yoki nohaq yo`l bilan uning o`limiga sabab bo`lgan farzand otasidan meros olish huquqidan mahrum bo`ladi va shu kabilar.

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling