Arabova fotimaxonning botanika fanidan «loladoshlar muhim belgilari va vakillari»
Download 1.22 Mb.
|
fotimaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lola piyozlarini yetishtirish
Lola piyozlarini qazib olish. Lola piyozlarini xar yili qazib olish
losim. Agarda ular qazib olinmasa, u xolda hosil miqdori keskin kamayadi, piyozlar mayda bo’lib qoladilar, ekinzorlarda begona o’tlar ko’payib ketadi va turli xil kasalliklar rivojlanadi. Lola piyozini qazib olish uchun eng yaxhsi vaqt – ularning barglari sarg’aygan payt hisoblanadi. Zamburug’li kasalliklarga moyil bo’lgan ba’zi bir lola navlarini esa barglar endi sarag’aya boshlaganda qazib olgan ma’qul. Agar lola piyozlari o’z vaqtida qazib olinsa, u xolda ustki qismi etilgan, sog’lom piyozlarga ega bo’linadi hamda piyozlarni yig’ishtirib olish ancha oson bo’ladi (chunki bunda lola piyozlarining uyalari hali emirilib ulgurmagan bo’ladi). Lolalarning gullamaganlarini o’z vaqtida qazib olish ham juda muhim ahamiyatga ega, chunki ular tuproqqa 25 sm dan ko’proq chuqurlashib ketadilar va ularning uchlarida yosh piyozchalar hosil bo’ladilar. Ammo ularni keyinchalik topish va qazib olish amaliy jihatdan juda ham qiyin bo’ladi. Qazib olingan lolalarni bir qator qilib yashiklarga joylashtiriladi va 2- 3 kun davomida yomg’ir va quyoshdan pana salqin joyda quritiladi. Shundan so’ng, piyozlarni eski po’stloqlaridan va ildizlaridan tozalanib, sortirovra qilinadi. Lola piyozlarini yetishtirish Lola ekish va undan sog’lom gulpiyozlar olish uchun yaxshilab rejalashtirilgan, tekislangan, yorug’lik yaxshi tushadigan, xaydalish chuqurligi 40 sm lar atrofida bo’lgan, yer osti suvlarining chuqurligi 60 sm dan kam bo’lmagan yer maydonlari tanlanadi. Lola uchun eng yaxshi tuproq – engil, qumli, chirindi miqdori etarli bo’lgan, muayyan darajada namlik saqlovchi, neytral yoki biroz ishqorli reaktsiyali (pH=7-7,4) yer maydonlari hisoblanadi. Og’ir loyli va qumli tuproqlar kapital meliotariv tadbirlar amalga oshirilganidan so’nggina lola ekishga yaroqli bo’lishi mumkin. Bunday tadbirlar jumlasiga drenaj, erga yirik daryo qumini qo’shish, organik o’g’itlar solish (syuyq yoki yaxshilab chritilgan go’ng yoki torf) kiradi. Oxakni esa lolaladan oldingi ekilgan ekinga solish tavsiya etiladi. Lola ekish uchun tuproq ekishdan 3-4 oy oldin tayyorlanadi. Yer xaydalishidan avval uning yuzasiga bir tekis qilib organik o’g’itlar (1 gektarga 80-100 tonna hisobidan), superfosfat (gektariga 125 kg) va kaliyli tuz (gektariga 125 kg) solinadi. Yer maydoni esa 35-40 sm chuqurlikda yaxshilab haydaladi. Lola ekishdan 2 hafta oldin yer maydoni yana qaytadan haydaladi. Shundan so’ng, yomg’ir suvlari yig’lib qolish ehtimoli bor joylarda 120 sm kenglikdagi va 20-25 sm chuqurlikdagi ariqchalar qilinadi. Og’ir tuproqlarda esa yer yuzasiga gektariga 80-100 kg hisobidan qum yoki torf sepiladi. Ekish vaqtida ariqchalarning yuqori qismidagi qumni uning pastiga tushiriladi. Lola piyozlarini ekishning eng yaxhsi vaqti noyabrning birinchi va ikkinchi dekadasi hisoblanadi. Istalgan xududdagi lola ekish muddatlarini aniqlashda lola piyozlarning sovuq tushmasidan burun ildiz otib olishga ulgurishini hisobga olish kerak bo’ladi. Ekishdan oldin barcha gulpiyozlarni yaxshilab tekshirib chiqadi va kasal hamda mexanik shikastlangan piyozlar ajratib olinadi va yo’qotiladi. Tuproqning mexanik xolatiga va gulpiyozlarning katta-kichikligiga qarab, ular 8-15 sm chuqurlikka ekiladi. 1-chi va 2-chi razbor gulpiyozlar 25 x 10 sm masofada (gektariga 200 ming dona) ekiladi, qolganlari esa 25 x 7 sm masofada (gektariga 350-400 ming dona) ekiladi. Eng oldin erta gullaydigan navlar ekiladi, undan so’ng o’rta muddatlarda gullaydiganlar va oxirida kechki muddatlarda gullaydiganlar ekiladi. Lolalarga qarov ularni regulyar ravishda begona o’tlardan tozalashni, tuproqni yumshatib turishni, oziqlantirishni, profilaktika maqsadlaridagi dorilar purkashlarni va bahor quruq kelganida sug’orishni o’z ichiga oladi. Lolalar gullagan vaqtda navlar tozalash tadbirlari o’tkaziladi, bunda zamburug’li kasalliklar bilan og’rigan va pestrolepestnost virusiga chalingan o’simliklar yulib tashlanadi va yo’qotiladi. Nav tozalash tadbirlari o’tkazilganidan so’ng, gullar uzib tashlanib, faqat gul strelkasi qoldiriladi. Bu ish hosil bo’layotgan lola piyozlarining sifatini va kattaligini ancha oshiradi (tahminan 10% gacha). Vegetatsiya davrida uch marta mineral o’g’itlar bilan oziqlantirish amalga oshiriladi: Birinchisi, lola unib chiqa boshlaganda to’liq mineral o’g’it bilan (1 gektarga 120-150 kg ammiakli selitra, 200-300 kg Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling