Arabova fotimaxonning botanika fanidan «loladoshlar muhim belgilari va vakillari»


Download 1.22 Mb.
bet10/17
Sana09.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1474359
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
fotimaxon

Lola piyozlarini qazib olish. Lola piyozlarini xar yili qazib olish
losim. Agarda ular qazib olinmasa, u xolda hosil miqdori keskin kamayadi,
piyozlar mayda bo’lib qoladilar, ekinzorlarda begona o’tlar ko’payib ketadi
va turli xil kasalliklar rivojlanadi. Lola piyozini qazib olish uchun eng
yaxhsi vaqt – ularning barglari sarg’aygan payt hisoblanadi. Zamburug’li
kasalliklarga moyil bo’lgan ba’zi bir lola navlarini esa barglar endi
sarag’aya boshlaganda qazib olgan ma’qul. Agar lola piyozlari o’z vaqtida
qazib olinsa, u xolda ustki qismi etilgan, sog’lom piyozlarga ega bo’linadi
hamda piyozlarni yig’ishtirib olish ancha oson bo’ladi (chunki bunda lola
piyozlarining uyalari hali emirilib ulgurmagan bo’ladi). Lolalarning
gullamaganlarini o’z vaqtida qazib olish ham juda muhim ahamiyatga ega,
chunki ular tuproqqa 25 sm dan ko’proq chuqurlashib ketadilar va ularning
uchlarida yosh piyozchalar hosil bo’ladilar. Ammo ularni keyinchalik
topish va qazib olish amaliy jihatdan juda ham qiyin bo’ladi.
Qazib olingan lolalarni bir qator qilib yashiklarga joylashtiriladi va 2-
3 kun davomida yomg’ir va quyoshdan pana salqin joyda quritiladi.
Shundan so’ng, piyozlarni eski po’stloqlaridan va ildizlaridan tozalanib,
sortirovra qilinadi.
Lola piyozlarini yetishtirish
Lola ekish va undan sog’lom gulpiyozlar olish uchun yaxshilab
rejalashtirilgan, tekislangan, yorug’lik yaxshi tushadigan, xaydalish
chuqurligi 40 sm lar atrofida bo’lgan, yer osti suvlarining chuqurligi 60 sm
dan kam bo’lmagan yer maydonlari tanlanadi. Lola uchun eng yaxshi
tuproq – engil, qumli, chirindi miqdori etarli bo’lgan, muayyan darajada
namlik saqlovchi, neytral yoki biroz ishqorli reaktsiyali (pH=7-7,4) yer
maydonlari hisoblanadi. Og’ir loyli va qumli tuproqlar kapital meliotariv
tadbirlar amalga oshirilganidan so’nggina lola ekishga yaroqli bo’lishi
mumkin. Bunday tadbirlar jumlasiga drenaj, erga yirik daryo qumini
qo’shish, organik o’g’itlar solish (syuyq yoki yaxshilab chritilgan go’ng
yoki torf) kiradi. Oxakni esa lolaladan oldingi ekilgan ekinga solish tavsiya
etiladi.
Lola ekish uchun tuproq ekishdan 3-4 oy oldin tayyorlanadi. Yer
xaydalishidan avval uning yuzasiga bir tekis qilib organik o’g’itlar (1
gektarga 80-100 tonna hisobidan), superfosfat (gektariga 125 kg) va
kaliyli tuz (gektariga 125 kg) solinadi. Yer maydoni esa 35-40 sm
chuqurlikda yaxshilab haydaladi.
Lola ekishdan 2 hafta oldin yer maydoni yana qaytadan haydaladi.
Shundan so’ng, yomg’ir suvlari yig’lib qolish ehtimoli bor joylarda 120 sm
kenglikdagi va 20-25 sm chuqurlikdagi ariqchalar qilinadi. Og’ir
tuproqlarda esa yer yuzasiga gektariga 80-100 kg hisobidan qum yoki torf
sepiladi. Ekish vaqtida ariqchalarning yuqori qismidagi qumni uning
pastiga tushiriladi.
Lola piyozlarini ekishning eng yaxhsi vaqti noyabrning birinchi va
ikkinchi dekadasi hisoblanadi. Istalgan xududdagi lola ekish muddatlarini
aniqlashda lola piyozlarning sovuq tushmasidan burun ildiz otib olishga
ulgurishini hisobga olish kerak bo’ladi.
Ekishdan oldin barcha gulpiyozlarni yaxshilab tekshirib chiqadi va
kasal hamda mexanik shikastlangan piyozlar ajratib olinadi va yo’qotiladi.
Tuproqning mexanik xolatiga va gulpiyozlarning katta-kichikligiga qarab,
ular 8-15 sm chuqurlikka ekiladi. 1-chi va 2-chi razbor gulpiyozlar 25 x 10
sm masofada (gektariga 200 ming dona) ekiladi, qolganlari esa 25 x 7 sm
masofada (gektariga 350-400 ming dona) ekiladi. Eng oldin erta
gullaydigan navlar ekiladi, undan so’ng o’rta muddatlarda gullaydiganlar
va oxirida kechki muddatlarda gullaydiganlar ekiladi.
Lolalarga qarov ularni regulyar ravishda begona o’tlardan tozalashni,
tuproqni yumshatib turishni, oziqlantirishni, profilaktika maqsadlaridagi
dorilar purkashlarni va bahor quruq kelganida sug’orishni o’z ichiga oladi.
Lolalar gullagan vaqtda navlar tozalash tadbirlari o’tkaziladi, bunda
zamburug’li kasalliklar bilan og’rigan va pestrolepestnost virusiga
chalingan o’simliklar yulib tashlanadi va yo’qotiladi. Nav tozalash
tadbirlari o’tkazilganidan so’ng, gullar uzib tashlanib, faqat gul strelkasi
qoldiriladi. Bu ish hosil bo’layotgan lola piyozlarining sifatini va
kattaligini ancha oshiradi (tahminan 10% gacha).
Vegetatsiya davrida uch marta mineral o’g’itlar bilan oziqlantirish
amalga oshiriladi:
 Birinchisi, lola unib chiqa boshlaganda to’liq mineral o’g’it
bilan (1 gektarga 120-150 kg ammiakli selitra, 200-300 kg

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling