Arabova fotimaxonning botanika fanidan «loladoshlar muhim belgilari va vakillari»
Download 1.22 Mb.
|
fotimaxon
Lolalarni ekish. Bizning sharoitlarda lolalarni erga ekishning eng
yaxshi muddalari sentyabr oxiridan noyabr boshigacha hisoblanadi. Ammo xar bir xududda ekish muddatlari ham turlicha bo’ladi, albatta. Lolalarni zamburug’li kasalliklardan himoya qilish uchun ekishdan oldin piyozlarga qandaydir fungitsid bilan ishlov beriladi. Kasal piyozlar esa biror bir dalaga yoki keraksiz yer maydonlariga ekilishi mumkin. Chunki bunday joylarda ular vaqt o’tishi bilan sog’lomlashib, o’zidan yaxhsi avlod qoldirishi mumkin. Lola piyozlari ekilayotganda ularni kuch bilan bosib ekish mumkin emas. Ayniqsa, lolaning ildiz tizimi piyozlarni saqlash vaqtida o’sib ketgan bo’lsalar (ba’zida ular 0,5 sm va undan ko’proq kattalikda bo’ladilar), piyozlar bosib ekilganida ularga tuzatib bo’lmas zarar etkazilishi mumkin. Agar ildizlarga shikast etgan bo’lsa, ular qaytadan hosil bo’lmaydilar va natijada lolalarning rivovlanishi sekinlashib, hosil miqdori anchaga kamayadi. Lola piyozlarini 1 kvadrat metrga 50-75 donadan ekish mumkin. Bolacha piyozlarni (detkalarni) esa kattaligiga qarab, 1 kv. metrga 100-300 dona yoki juda maydalarini 300-500 donagacha ekish tavsiya etiladi. Lolalrni piyozning tepa qismidan hisoblaganda, 6-7 sm chuqurlikka ekiladi. Engil tuproqlarda esa biroz chuqurroq ekilishi mumkin. Detkalarni yuzakiroq ekiladi. Juda ham chuqur ekilgan lolalarning vegetativ ko’payishi ancha kam bo’ladi. Lola ekilgan yer maydoning ustiga ma’lum bir qalinlikda torf, somon, parchalangan kompost solish (mulchirovka qilish) suvning bug’lanishini kamaytiradi, tuproqni zichlaydi, begona o’tlarning rivojlanishini sekinlashtiradi va piyozlarni muzlab qolishdan saqlaydi. Taxminan 3-8 sm qalinlikda mulchirovka qilingan yer maydonlarida lola piyozlarining hosili boshqalarinikiga qaraganda 30-60% ko’proq bo’ladi. Mulchirovka qilish uchun eng yaxhsi material kasal tushmagan somon, sog’lom torf, yaxshilab chiritilgan kompost (yoki chirigan go’ng) bo’lishi mumkin. Mulchirovka qilishni sovuq tushgan paytda, yerning ustki qismi muzlay boshlaganda amalga oshirgan ma’qul bo’ladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling