Arabova fotimaxonning botanika fanidan «loladoshlar muhim belgilari va vakillari»


Download 1.22 Mb.
bet9/17
Sana09.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1474359
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
fotimaxon

Lolalarni sug’orish. Lolalar suvni butonlar hosil bo’lgandan boshlab
to to’la gullaguncha bo’lgan davrda ko’proq talab qiladilar. Tuproq lola
gullab bo’lgunga qadar kerakli darajadagi namlikni saqlab turishi kerak.
Agar yerda suv etishmasa, undagi tuzlar miqdosi va kontsentratsiyasi tezda
ko’payib ketadi va natijada ildizlarning faoliyati buziladi – bu esa
oziqlanishning yomonlashuviga olib keladi. Oqibat natijada, hosil miqdori
keskin ravishda kamayadi. Bizning sharoitlarda lolalarni bahorda tuproq
14-15 sm chuqurlikgacha namlanadigan darajada tez-tez sug’orib turish
tavsiya etiladi.
Begona o’tlarga qarshi kurash. Lola ekilgan maydonlarni begona
o’tlardan toza xolda saqlash losim. Bunday o’tlarni qo’lda yoki ketmonda
yo’qotish ham mumkin. Ammo agar yer maydoni katta bo’lsa, u xolda
gerbitsidlardan foydalanish qulayroq bo’ladi. Lolalarni o’taganda o’tlar
bilan bir qatorda kasal, jarohatlangan va o’sishdan ortda qolgan barcha
o’simliklarni ham yulib tashlash kerak bo’ladi. Undan so’ng esa bu
qoldiqlarni biror jayga ko’mib tashlash yoki yoqib tashlash zarur. Ammo
bu o’simlik qoldiqlarini kompostga qo’shib qo’yish aslo mumkin emas.
Undan tashqari, o’simliklarga ular unib chiqqandan boshlab, to barglari
sarg’ayguncha har 2-3 haftada zamburug’li kasalliklarga qarshi qandaydir
funditsid bilan ishlov berish losim.
Barglar turli hil rangli bo’lib qoladigan (pestrolepestnost) virusli
kasalliklarga qarshi esa kimyoviy dorilar sepishning foydasi yo’q, ularni
faqatgina yulib tashlash va yo’qotish tavsiya etiladi.
Gullarni uzish. Agarda yaxshi va to’laqonli lola piyozlarini olish
kerak bo’lsa, u xolda uning gullarini barglarisiz yulib tashlash kerak
bo’ladi. Agarda lolani bitta bargi bilan uzib olsangiz, u xolda 20-25%
piyozlar hosilini yo’qotasiz. Agarda lolani ikkita bargi bilan uzub olsangiz,
bu yo’qotish miqdori 30-40% ga etadi. Lola urug’larining rizojlanishi ham
piyozlar hosiliga salbiy ta’sir qiladi.
Lolaning gulini kesib emas, balki sindirib olish kerak, chunki aks
xolda kasal o’simlikning soklari sog’lomiga o’tib qolishi mumkin. Gulni
juda ham erta uzib olish ham yaramaydi, bu ishni gullash tugallashida
amalga oshirgan ma’qul bo’ladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling