Arabova fotimaxonning botanika fanidan «loladoshlar muhim belgilari va vakillari»


Palmakabilar sinfchasi-- Аricidае


Download 1.22 Mb.
bet2/17
Sana09.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1474359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
fotimaxon

4. Palmakabilar sinfchasi-- Аricidае.
Bu sinf urug’ pallasining 1 ta bo’lishidan tashqari bir qancha o’ziga xos belgilarga ega. Ular quyidagilar:
1. Gulqo’rg’oni oddiy, ba’zan murakkab. Gullari asosan 3 a’zoli.
2. Bu sinfga mansub o’simliklarning asosiy ildizi barvaqt qurib ketadi va qo’shimcha ildiz sitemasini hosil qiladi. Bundan tashqari ildiz sitemasi popuk ildiz deb ataladi.
3. Poyaning ko’ndalang kesimi yuzasida o’tkazuvchi tolali bog’lamlar tartibsiz joylashgan. Ular bir-biri bilan yutashgan, ya’ni yopiq tipda bo’ladi. Bog’lamlar orasidakambiy bo’lmaganligidan, poyasi ikkilamchi yo’g’onlashish xususiyatiga ega emas.
4. Barglari ko’pincha oddiy, chetki qirralari tekis, tasmasimon tuzilishga ega. Barg tomirlari parallel yoki yoysimon tomirlangan.
Kurs ishi predmeti. Bular plaunlar orasida eng qadimgi va soddasi hisoblanadi. Asteroksilonlar dastlab riniyatoifalar bo`limiga taalluqli deb qarab kelingan. Ammo ularni mayda bigizsimon barglarini bo`lishi, poyaning ichki tuzilishi sifonostel tipdaligi, ildizga o`xshash o`simtalarni hosil bo`lishi Plaunsimonlarga yaqinligidan darak beradi. Ular bitta oila, ikkita turkumdan iborat. Har ikkala turkum ham bundan 400 mln. yil ilgari ko`rib yo`kolib ketgan. Faqat ularni qoldiqlari devon davrining o`rta qatlamlaridan Shotlandiya, FRG, Xitoy, Avstraliya va boshqa joylardan topilgan.
Kurs ishining maqsadi.Loladoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklarning biologiyasini va tarqalish arealini o’rganish orqali, bu oilaga kiruvchi osimliklarning noyob turlarini o’rganish va ularni asrab tabiatga qaytarishdan ibora tulipa Bundan tashqari bu oilaga kiruvchi o’simliklarning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini ham o’rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Loladoshlar oilasiga kiruvchi noyob turlarni o’rganishdan iborat. Bu noyob va kamyob o’simliklarni kamayib borishining oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Bu chora tadbirlarni ishlab chiqishni biz talaba yoshlar amalga oshirishni tushuntirishdan iborat.
Kurs ishining obekti. Bu sinfga kiruvchi oilalar o’zaro juda yaxshi bog’langan bo’lib, faqat bittasi shamol yordamida, qolganlari esa hashoratlar bilan, ba’zan qushlar yordamida changlanadi. Bular turli biologik xususiyatlarga ega bo’lib, har xil ko’rinishga ega. Asosan, qurg’oqchilikka moslashgan o’simliklar hisoblanadi. Bu sinfning deyarli barcha turlari hayotiy shakli ko’p yillik o’t o’simliklardir. Ular ko’pincha piyozboshli va yirik ildizpoyali bo’ladi. Ular orasida buta va daraxtsimon turlari juda kamchilikni hosil qiladi. Daraxtsimon vakillariga quyidagilarni ko’rsata olamiz: Dratsena, palma, yukka, bambuk va boshqalar. Gulqo’rg’oni to’g’ri, ba’zan zigomorf, bir xil rangli, ko’proq gultojsimon, 3 tadan 2 doira bo’lib joylashadi. Ba’zan gulqo’rg’on barglari 2-4-5 tadan ham bo’ladi. Changchilari 6 ta, ba’zan ichki doiradagisi rivojlanmaydi. Meva bargi deyarli har doim 3 ta, ular qo’shilib o’sib 3 uyali ustki tuguncha hosil qiladi. Mevasi chokidan chatnovchi ko’sakcha, ba’zan ho’l mevadir. Urug’i hamisha oqsilli va teskari urug’kurtakli bo’ladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling