Arabova fotimaxonning botanika fanidan «loladoshlar muhim belgilari va vakillari»
Foster lolasi, Omonqo‘ton lolasi –
Download 1.22 Mb.
|
fotimaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.Loladoshlar oilasi mansub turlarni yetishtirish.
Foster lolasi, Omonqo‘ton lolasi – (Tulipa fosteriana)-Tashqi qavat gultojbarglari ichki qavatdagilarga teng yoki sal uzunroq. Asosida dog‘i ensiz va cho‘ziq, tojbargning 1/2 qismga teng. Barglari ba’zan bo‘ylama siyohrang chiziqli. Changchi ipchalari qora tuksiz, asosi sariq yoki qizil. Bo‘yi 15 - 40 sm.
Adir, pastki tog‘ zonalarida tarqalgan. Bu oila vakillaridan biri lola turkumiga mansub Qizil loladir. U aprelning oxiri mayning boshlarida adir va tog’larning quyi qismidagi yonbag’irlarida ochiladigan yirik gulli o’simlik. Bo’yi 20-45 sm. Piyozboshli tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona, uchida to’q binafsha rangli dog’lari bor. Guli bitta, yirik, sarg’ish-qizil, pastki qismi qora dog’li. Changchi iplari qora, changdonlari sariq. Mevasi 3 chanoqqa bo’linib ochiladigan ko’sakcha. Qizil lola urug’idan va piyozboshidan ko’payadi 1.2.Loladoshlar oilasi mansub turlarni yetishtirish. Lola yetishtirishda muvaffaqiyatlarga erishish uchun ularning quyida bayon etilgan agrotexnikasini yahshi bilish va tushunish kerak bo’ladi: Tuproq va o’g’itlar. Lolalarga quyosh yaxshi tushadigan, kuchli shamollardan himoya qilingan joy tanlash kerak. Ularni kuzda va bahorda ko’plab suv to’planib qoladigan yer maydonlariga ekish tavsiya etilmaydi. Lolalar uchun eng ma’qul substrat yaxshi o’g’itlangan, kalsiyga va chirindilarga boy (1020%) bo’lgan qumli tuproq (pH = 6,5) hisoblanadi. Lolalarni yaxshi o’g’itlangan, kerakli darajada yumshoq va suv o’tkazadigan, gumus miqdori ko’p bo’lgan (810%) yirik qumli va suglinistik tuproqlarda ham o’stirish mumkin. Lola ekiladigan yer maydoni 40 sm dan kam bo’lmagan chuqurlikda haydalishi zarur. Tuproqdagi asosiy ozuqa elementlari miqdori quyidagicha bo’lishi maqsadga muvofiq (1 litr tuproqqa milligram hisobidan): azot – 150-200 kaliy – 250-500 fosfor – 200-400 kalsiy – 1500-4500 magniy – 300-900 temir – 800-1600 marganets – 40-120 rux – 25-100 bor – 1-1,5 mis – 8-20 molibden – 0,04-0,2 Ushbu ozuqa elementlarining etishmasligi va ularning ortiqchaligi o’simlikka salbiy ta’sir qilib, gullarning va gulpiyozlarning sifatini yomonlashtiradi. Tajribadan shu ma’lumki, agar quyidagi proportsiyada o’g’itlar ishlatilsa, yaxshi natijalarga erishish mumkin: Kuzda, ekishdan 2-3 hafta avval yer xaydashda 1 kv.metrga 50-80 grammdan oddiy superfosfat solish, 1 kv.metrga 50-80 gramm hisobidan kaliy-magniy sul’fati (kalimagneziy) solish hamda yaxshilab chirigan compost (yoki torf – 1 kv.metrga 20-40 gramm hisobidan) solish yaxshi natijalarga olib kelgani kuzatilgan. Ammo o’g’itlar solinish miqdorini aniqlashda lola ekildigan konkret joydagi tuproqning xolatini kimyoviy analizlar vositasida aniqlash zaruriy hisoblanadi. Eng yaxshi torfli organik o’g’it tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin: Bir kubometr torfga 8-9 kg kuydirilmagan dolimit uni yoki 4-5 kg mel aralashtiriladi. 5-7 kun o’tgandan so’ng esa unga 1,5 kg oddiy superfosfat, 1,0-1.2 kg kaliyli selitra, 0,4-0,5 kg magniy sulfati, 60- 80 gramm temir kuporosi, 20-25 gramm mis kuporosi, 6-8 gramm marganets sulfati, 5-6 gramm borniy kislota, 4-5 gramm rux sulfati va 1.0- 1,5 gramm ammoniy yoki molibden natriy qo’shiladi. Kuzda azotli va kaliyli o’g’itlarning miqdori oshib ketmasligiga e’tibor berish kerak, chunki bu elementlar tuproqdagi suvda eriydigan tuzlarning kontsentratsiyasini oshirib yuborib, lolalarga talofat keltirishi mumkin. Yaxshi natijalar olish uchun asosiy o’g’itda kaliy miqdorini kamaytirib, kuzda yer ustki qismi muzlagandan so’ng, yer ustidan xlorli kaliyni solish yoki azot miqdori kam bo’lgan tuproqlarda kaliyli selitrani yer ustidan berish (1 kv. metrga 50 gramm hisobidan) tavsiya etiladi. Bahorgi aktiv vegetatsiya davrida tuproq kerakli darajada nam bo’lishi va unda barcha ozuqa moddalari yetarli darajada (optimal miqdorda) bo’lishi talab etiladi. Bahorgi oziqlantirishsiz yuqori va sifatli hosil olish mumkin emas – buni unutmang. Tuzlarning tuproqdagi umumiy kontsentratsiyasi 0,3-0,4% dan oshmasligi kerak. Tuproqning ustki qismidan oziqlantirish ham maqsadga muvofiq bo’ladi (6-8 martagacha), ammo bunda o’g’itlarning kontsentratsiyasi kamroq bo’lishi lozim. Tajribadan ma’lumki, o’g’itlarni quyidagi muddatlarda va miqdorlarda berish bilan yaxhsi natijalarga erishilgan (1 kvadrat metrga): Qor eriganda – 17-20 gramm ammiak selitrasini berish; Butonizatsiya boshlanishida – 20 gramm kaliyli selitra va 10 gramm magniy sulfatni 10 litr suvga eritib; Gullash boshlanishida – 10 litr suvga 20 gramm kaltsiyliselitrani eritib; Lolalar to’liq gullaganda – 10 litr suvga 15 gramm xlorli kaliynieritib. Lolalar uchun bahorga mikroelementlar bilan oziqlanish juda ham muhim bo’ladi. Shuning uchun suyuq o’g’itlarni berishda eritmaning xar bir kubometriga quyidagilarni qo’shish tavsiya etiladi: Temir sulfati – 60-80 gramm Marganets sulfati – 8-10 gramm Borniy kislota – 5-10 gramm Rux sulfati – 1-3 gramm Mis sulfati – 2 gramm Ammoniy yoki molibdenli natriy – 0,5 gramm Agarda azot va magniy elementlari etishmovchiligi kuzatilsa, u xolda bu elementlarni barglarga purkash yo’li bilan ham o’simliklarga etkazish mumkin. Kech va sovuq bahor kelsa, o’simliklarga 0,1-0,12% li mochevina va 0,5% li magniy sulfati bilan ishlov berish mumkin. O’gitlarning optimal (eng yaxshi) miqdorlarini aniqlash uchun tuproq va o’simlik tanasi analizlari natijalaridan foydalanish mumkin. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling