Arabova fotimaxonning botanika fanidan «loladoshlar muhim belgilari va vakillari»


Download 1.22 Mb.
bet4/17
Sana09.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1474359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
fotimaxon

Lolasimonlar sinfi. 
Bu sinf urug’ pallasining 1 ta bo’lishidan tashqari bir qancha o’ziga xos belgilarga ega.Ular quyidagilar:
1.Gulqo’rg’oni oddiy,ba’zan murakkab.Gullari asosan 3 a’zoli.
2. Bu sinfga mansub o’simliklarning asosiy ildizi barvaqt qurib ketadi va qo’shimcha ildiz sistemasini hosil qiladi. Bundan tashqari ildiz sitemasi popuk ildiz deb ataladi.
3. Poyaning ko’ndalang kesimi yuzasida o’tkazuvchi tolali bog’lamlar tartibsiz joylashgan. Ular bir-biri bilan tutashgan, ya’ni yopiq tipda bo’ladi. Bog’lamlar orasida kambiy bo’lmaganligidan, poyasi ikkilamchi yo’g’onlashish xususiyatiga ega emas.
4.Barglari ko’pincha oddiy,chetki qirralari tekis,tasmasimon tuzilishga ega.Barg tomirlari parallel yoki yoysimon tomirlangan.
Tuxumsimon Boychechak (Gagea Ova) - gullari tillarang, orqasida xira binafsharang dog‘i bor. To‘pguli ro‘vaksimon yoki qalqonsimon. Bo‘yi 3 - 7(10) sm. Piyozining qobig‘i yupqa, pardasimon, mochalkasimon, uchi poya tubini o‘rab turadi.
Olga boychechagi (Gagea olgae)- o’simliklning qobig‘i qalin, terisimon, poyaning asosini o‘rab tepaga ko‘tarilmaydi. Guli sariq, orqasida xira yashil dog‘i bor. Ildiz bo‘g‘zi atrofidagi barglari 1-2 ta, poyadagi barglar qo‘ltig‘ida piyozchalar hosil bo‘lmaydi. Bo‘yi 10-20 sm. Piyozi 1 dona, uning yonidan poya chiqadi. Qobig‘i qora, piyozchalari yo‘q Cho‘l, adir, tog‘, bo‘z yerlarda o‘sadi.
Poyali boychechak (Gagea stipitata)- Poya 2 ta piyozning o‘rtasidan chiqadi, piyozning bittasi maydaroq. Agar poya 1 ta piyozning yonidan chiqsa, ikkinchi piyoz o‘rnida g‘uj joylashgan bir nechta piyozchalar bo’ladi. Ildiz bo‘g‘zidagi (tuproqdan ko’tariladigan) barglari 2 ta, qilga o‘xshash ingichka. Bo‘yi 7-15 sm, 1-2 gulli. Tog‘, qoyatoshlar yoriqlarida, oraligida o‘sadi.
Qilbargli boychechak (Gagea capillifolia) Ildiz bo‘g‘zidagi (tuproqdan ko’tariladigan) barglari 1 ta. Piyozi 1 ta yonidan g‘uj piyozchalar hosil qiladi. Bo‘yi 8-25 sm. Adir, pastki tog‘ tizmalarida bo‘z va chag’ir toshli yonbag’irlarda o‘sadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling