Arabova fotimaxonning botanika fanidan «loladoshlar muhim belgilari va vakillari»


Download 1.22 Mb.
bet5/17
Sana09.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1474359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
fotimaxon

Lolalar turkumi- (Tulipa)
Lola (Tulipa) — loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, manzarali ekma gul. Yer yuzida uning 1400 ga yaqin jumladan Yevrosiyoda 100 dan ortiq, Oʻrta Osiyoda 64 turi tarqalgan. Lolalar piyozli bahori oʻsimlik hisoblanadi, gulchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻpgina mamlakatlar qatorida Niderlandiyada va Oʻrta Osiyoda Lolalar koʻproq yetishtiriladi. Oʻzbekistonning adir va togʻlarida Lolalarning yovvoyi 25 turi usadi. Lolalarning qizil Lola (Tulipa greigi) va targ’il Lola (Tulipa fosteriana) xili gullarining yirik va nafisligi bilan boshqa Lolalardan farq qiladi. Seleksionerlar yaratgan navlar soni hozirgi vaqtda bir necha mingdan ortiq. Oʻzbekiston F.A. Botanika bogʻida 60 ga yaqin xili oʻstiriladi. Qizil rang Lolalarning turli tuslilari: och qizildan, qora qizilgacha, shuningdek, sariq, targʻil, gunafsha va boshqa xillari uchraydi. Piyozi tuxumsimon, rombsimon, sharsimon, diametri 2,5—4 sm. Poyasi 20— 30, baʼzan 50 sm gacha Barglari 2—3 ta, choʻziq. Tojbarglarining uzun 8 sm. Mevasi koʻsakcha, eni 1,5—2 sm, uz. 3— 6 sm. Lolalar asosan, adirlar, toshli va chagʻir toshli qiyaliklarda yaxshi oʻsadi. Urugʻi hamda piyozidan koʻpaytiriladi (piyozidan koʻpaytirilganda erta gul beradi). May — iyunda gullaydi. Iyun — iyul oyining oxirlarida piyozi qazib olinib, 22—25C° haroratda quritib saqlanadi, soʻngra harorat 12—13C° ga pasaytiriladi. Sentabr-oktabr oylarida piyozi 8—15 sm chuqurlikda ekiladi. Oʻrta Osiyoda tabiiy Lolalar Qoraqum va Qizilqum choʻllaridan to Pomir-Oloy hamda Tyanshan togʻlari mintaqalardagi turli iqlim va tuproq sharoitida oʻsadi. Dunyoga mashhur eng nafis madaniy Lolalarning (Gollandiya Lolalari) aksariyat qismi Oʻrta Osiyo Lolalari zaminida yaratilgan. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida Lolalar oʻstirish hamda yovvoyi va madaniy turlaridan yangi navlar yetishtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Oʻzbek milliy urf-odatlarida lolalar qadimdan eʼzozlanadi (qizil Lola sayli).
Lola (Tulipa) turkumining- taksonomiyasi.
Lola turkumi dastlab Shved botanigi Karl Linney tomonidan 1753-yilda aniqlangan va fanga kiritilgan. Lola haqidagi ma’lumotlar uning “Spestes plantarum” (O’simliklar turlari) kitobining ilk nashriga kiritilgan. Undan tashqari K.Linney o’simliklar olamidagi hozirgacha qo’llanib kelinayotgan binar nomenklatura, ya’ni qo’shaloq nomlanishni fanga olib kirgan. Lola turkumi taksonomiyasi bo’yicha dunyo bo’yicha ko’plab olimlar izlanishlar olib borganlar. Ular quyidagilar: J.D.Beker, E.Regel, F.Byuse, A.D.Xoll, U.R.Dyuks, V.N.Taliev, A.I.Vvedenskiy, Z.P.Bochanseva va boshqalar. Ushbu turkum Loladoshlar oilasidagi eng yirik turkum hisoblanadi. Turli olimlar ularning sonini turlicha deb hisoblaganlar. Van Rasmdonk 55 ta, Xoll 100 dan ortiq, Bochansova 100 dan ortiq, Simis, SHaripov, Pratovlar 140 ta, hatto xitoylik Zaa 150 ta turdan iborat ekanligini ta’kidlashgan.
Bu turkumning eng muhim turlaridan Grey lolasi—(Tulipa greigii) dir. U piyozi tuxumsimon, yo’g’onligi 4 sm, bo’yi 20-40 sm keladigan o’simlikdir. Uning bargi 3-4 ta bo’lib, unda pushti, gunafsha rangli dog’lar bo’ladi. Guli sarg’ish –qizil, ba’zan sariq bo’lib, osti qora rangli dog’lar bo’ladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling