10-mavzu. Tog‘ jinslariga suvning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar reja


Download 78.22 Kb.
bet1/5
Sana23.12.2022
Hajmi78.22 Kb.
#1044135
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza10.docx filename=utf-8 Маъруза10


10-mavzu. TOG‘ JINSLARIGA SUVNING TA’SIRI BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN JARAYONLAR
REJA
10.1 Tiksotropiyaning hosil bo`lishi
10.2. Tog` jinslariga suvning ta'siri bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar
10.3. Karst hosil bo`lishining inshootlar qurilishi va ekspluatatsiyasiga ta’siri
10.4. Lyossli gruntlarning cho`kuvchanligi


Tayanch so‘zlar va iboralar
Struktura, nurash, yuvilish, litogenetik, yoriqlar, tektonik yoriqlar, oqma, loylar, gidrodinamika, gidrodinamk bosim, gidrodinamik hovurak, tiksotropiya, haqiqiy va soxta, suffoziya, mexanik, kimyoviy, kimyoviy-mexanik, karst, ochiq karst, yopiq karst, karlar, voronkalar, ohaktoshlar, dolomitlar, gipslar, angidritlar, g`orlar, gilli karst, kavernalar.


10.1. Tiksotropiyaning hosil bo`lishi.
Magmatik, metamorfik va cho`kindi tog` jinslari yoriqlarida joylashgan va harakat qiladigan yer osti suvlari yoriq suvlari deyiladi.
Hosil bo`lishi bo`icha tog` jinslarida uch turdagi yoriqlar mavjud:
1) geologik struktura hosil bo`lishi jarayonida paydo bo`lgan tektonik yoriqlar;
2) tog` jinslarini nurashi va yuvilishi jarayonida hosil bo`lgan-nurash yoriqlari;
3) tog` jinslarining shakllanish vaqtida hosil bo`lgan-litogenetik yoriqlar.
Odatda bir hududda tarqalgan tog` jinslarida yoriqlarning bir necha turi kuzatiladi. Yoriq tog` jinslarining sersuvligi asosan, tarqalgan yoriqlarning turiga va ularning o`o`zaro bog`lanish harlakteriga bog`liq. Turli joylashish sharoitiga ega bo`lgan tog` jinsi massividagi yoriq tizimlari, tog` jinslarining filtratsion xususiyatlarini belgilab beradi.
Tektonik yoriqlar rivojlangan hududlarda sersuv tog` jinslari zilgan dislokatsiyalar mintaqasida va yirik ochiq yoriqlarda yoki qumlar bilan to`ldirilgan yoriqlarda kuzatiladi.
Yer qobig`ida yuz, ming metr chuqurlikda tarqalgan tektonik yoriqlari bilan o`ziga xos tuz va gaz tarkibiga ega bo`lgan, yuqoridagi suv gorizontlari tarkibidan farq qiladigan, mineral va termal suvlar tarqalgan.
Haroratning o`zgarishi tog` jinslarining yorilish darajasi va suvga boyligi bilan bog`liq. Yoriqlar ko`p tarqalgan 2-3 metrda tog` jinslari suvga juda boy bo`ladi, keyingi 20-30 metrlarda suv kamrok va yoriqlar juda kam tarqalgan, keyingi chuqurliklarda suv juda oz uchraydi.
Litogenetik yoriqlar tog` jinsi qatlamining hamma qismida tarqalgan bo`ladi. Bu yoriqlar sizot suvlari hamda artezian suvlari bilan bog`langan bo`ladi.
Turli yo`llar bilan hosil bo`lgan yoriqlarga joylashgan yer osti suvlari ko`pincha o`o`zaro gidravlik jihatdan bog`langan bo`ladi, shuning uchun quduqlar bilan ochiladigan yoki-yer yuziga buloqlar ko`rinishida chiqadigan suvlarning kimyoviy tarkibi xilma-xil bo`ladi. Yoriq suvlari asosan Atmosfera yog`inlari hisobiga oziqlanadi. Oziqlanish sharoiti esa relefning tuzilishiga va yer yuzida tarqalgan t rtlamchi davr yotqiziklariga bog`liq.



Download 78.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling