Arabova fotimaxonning botanika fanidan «loladoshlar muhim belgilari va vakillari»
Download 1.22 Mb.
|
fotimaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Begona o’tlarga qarshi kurash
- Gullarni uzish
Lolalarni sug’orish. Lolalar suvni butonlar hosil bo’lgandan boshlab
to to’la gullaguncha bo’lgan davrda ko’proq talab qiladilar. Tuproq lola gullab bo’lgunga qadar kerakli darajadagi namlikni saqlab turishi kerak. Agar yerda suv etishmasa, undagi tuzlar miqdosi va kontsentratsiyasi tezda ko’payib ketadi va natijada ildizlarning faoliyati buziladi – bu esa oziqlanishning yomonlashuviga olib keladi. Oqibat natijada, hosil miqdori keskin ravishda kamayadi. Bizning sharoitlarda lolalarni bahorda tuproq 14-15 sm chuqurlikgacha namlanadigan darajada tez-tez sug’orib turish tavsiya etiladi. Begona o’tlarga qarshi kurash. Lola ekilgan maydonlarni begona o’tlardan toza xolda saqlash losim. Bunday o’tlarni qo’lda yoki ketmonda yo’qotish ham mumkin. Ammo agar yer maydoni katta bo’lsa, u xolda gerbitsidlardan foydalanish qulayroq bo’ladi. Lolalarni o’taganda o’tlar bilan bir qatorda kasal, jarohatlangan va o’sishdan ortda qolgan barcha o’simliklarni ham yulib tashlash kerak bo’ladi. Undan so’ng esa bu qoldiqlarni biror jayga ko’mib tashlash yoki yoqib tashlash zarur. Ammo bu o’simlik qoldiqlarini kompostga qo’shib qo’yish aslo mumkin emas. Undan tashqari, o’simliklarga ular unib chiqqandan boshlab, to barglari sarg’ayguncha har 2-3 haftada zamburug’li kasalliklarga qarshi qandaydir funditsid bilan ishlov berish losim. Barglar turli hil rangli bo’lib qoladigan (pestrolepestnost) virusli kasalliklarga qarshi esa kimyoviy dorilar sepishning foydasi yo’q, ularni faqatgina yulib tashlash va yo’qotish tavsiya etiladi. Gullarni uzish. Agarda yaxshi va to’laqonli lola piyozlarini olish kerak bo’lsa, u xolda uning gullarini barglarisiz yulib tashlash kerak bo’ladi. Agarda lolani bitta bargi bilan uzib olsangiz, u xolda 20-25% piyozlar hosilini yo’qotasiz. Agarda lolani ikkita bargi bilan uzub olsangiz, bu yo’qotish miqdori 30-40% ga etadi. Lola urug’larining rizojlanishi ham piyozlar hosiliga salbiy ta’sir qiladi. Lolaning gulini kesib emas, balki sindirib olish kerak, chunki aks xolda kasal o’simlikning soklari sog’lomiga o’tib qolishi mumkin. Gulni juda ham erta uzib olish ham yaramaydi, bu ishni gullash tugallashida amalga oshirgan ma’qul bo’ladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling