Arduino haqida dastlabki tushunchalar
Download 0.65 Mb.
|
1 2
Bog'liqArduino haqida dastlabki tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arduino nima maqsadda ishlab chiqilgan
Arduino haqida dastlabki tushunchalar.Reja: Arduino nima? Arduino nima maqsadda ishlab chiqilgan? Dasturiy taminot Arduino Uno Arduino nima? Arduino – bu o’zining protsessori (mikrokontrolleri) va xotirasiga ega bo’lgan kichik bir plata hisoblanadi. Shuningdek, platada bir nechta o’nlab kontaktlar mavjud, ular orqali har xil elektr komponentalar va modullarni ulash imkoniyatiga ega bo’ladi, masalan: led chiroqlar, datchiklar, rele modullari tarmoq (Wi-fi, Bluetooth, Ethernet) modullari, sensorlar, motorlar, magnit eshik qulflari va elektr energiyasi bilan ishlaydigan barcha narsalar. Arduino robototexnika va elektronikiga qiziquvchi va izlanuvchi yoshlarga juda qo’l keladi chunki bu qurilmada kichik va katta bo’lgan dastur, algoritmlar yaratgan holda har xil qurilmalar, robotlar va boshqa qiziq amaliyotlarni bajarish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, Arduino dasturiy va texnik qismlarni birlashtirib beruvchi qurilmadir. Arduino nima maqsadda ishlab chiqilgan?Arduino Ivrea Interaction Design Institute (eng.)da elektronika yoki dasturlash bo’yicha ma’lumotga ega bo’lmagan talabalarning bilimlarini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan. Shuning uchun uni ishlatish foydalanuvchilar uchun qulay bo’lib kelmoqda. Bugungi kunda Arduino platformasi ko’plab turli xil loyihalarda ishlatilmoqda. Talabalar, qiziquvchilar, rassomlar va hattoki professional dasturchilar ham Arduinoning ochiq manbali platformasidan foydalanadilar. Ta’lim sharoitida Arduino robototexnika va dasturlash darslari uchun ishlatiladi. Dizaynerlar va me’morlar undan interfaol prototiplarni yaratish uchun foydalanishi mumkin. Bu investorlarga tayyor loyiha qanday bo’lishi mumkinligini ko’rsatishda juda katta yordam beradi. Musiqachilar undan yangi asboblarni sinovdan o’tkazish uchun foydalanadilar. E’tibor berganingizdek bu ko’p qirrali mahsulot. Arduino plitalarining turli xil turlari mavjud (bu haqda maqola so’ngida batafsilroq berilgan). Arduinoni o’rganishni boshlovchilar asosan Arduinoning Uno yoki Nano turidan foydalanishni boshlashadi. Arduino Uno ning boshqa turlaridan farqi protsessori, mikrokontrolleri, raqamli va analog chiqishlarning ko’p yoki kamligi bilan farqlanadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling