Arduino mikrokontrolleri yordamida qadamli dvigatelni boshqarish
Download 285.99 Kb. Pdf ko'rish
|
arduino-mikrokontrolleri-yordamida-qadamli-dvigatelni-boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Arduino mikrokontrolleri yordamida qadamli dvigatelni boshqarish Ra’no Teshabaevna Gazieva Navruzbek Muzaffar o’g’li Qurbonov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Annotatsiya: Bu maqolada Arduino Uno mikrokontrolleridan foydalanib, 28BYj-48 markali qadamli dvigatelni ishga tushirish ko’rsatilgan. Bu dvigatel ichki kichik qadamli reduktorga ega bo’lib,bu chiqish valining juda aniq harakatlanishiga imkon beradi. Kalit so’zlar: Arduino Uno, 28BYj-48 markali qadamli dvigateli, ULN2003, Stepper standart kutubxonasi Stepper motor control using Arduino microcontrollers Rano Teshabaevna Gazieva Navruzbek Muzaffar oglu Kurbanov Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers Abstract: This article shows how to start a 28BYj-48 stepper motor using an Arduino Uno microcontroller. This engine has an internal small step reducer, which allows the output shaft to move very precisely. Keywords: Arduino Uno, 28BYj-48 stepper motor, ULN2003, Stepper standard library Kirish. Qadamli dvigatellar yuqori aniqlik talab etiladigan sohalarda keng qo’llaniladi. Bu sohalarga avtomatika, elektronika, robototexnika kabilarni kiritish mumkin. Doimiy aylanadigan dvigatellardan farqli o’laroq, uning afzal tomonlardan biri “qadamlar” deb ataladigan ko’plab kichik ko’chishlardan iboratligidir. Boshqacha aytganda, bu dvigatel valini 90 gradusga to’liq burib, shu holatda qulflash mumkin. Qadamli dvigatellarni qo’llanilgan qurilmalardan biri robot manipulyator bo’lib, bunda dvigatel vali aniq belgilangan burchak ostida aylanadi. Shuningdek, 3D printerda chop etish golovkasini yuqori aniqlikda siljitish uchun, zamonaviy kameralarda mikro- miniatyurali qadamli dvigatellar obyektivdagi linzalarni harakatga keltirish uchun ishlatiladi. "Science and Education" Scientific Journal September 2021 / Volume 2 Issue 9 www.openscience.uz 164 Maqsadi va vazifa. Unipolyar qadamli 28byj-48 dvigateli. Qadamli dvigatelning unipolyar va bipolyar turlari mavjud. Unipolyar qadamli 28byj-48 dvigatelini 3 xil rejimda ishlatish mumkin. Bular: to’lqin rejimi,to’liq qadam va yarim qadam rejimlaridir. To’lqin rejimi holatida, dvigatelning elektromagnit katushkalari shunday bog’langanki, ular orasida faqat bitta yo’nalishda maydon hosil qilish mumkin [1]. To’liq qadam rejimi. Agar bir vaqtning o’zida ikkita qo’shni katushkalarni birlashtirsak, rotorga ta’sir qiladigan magnit maydon kuchliroq bo’ladi va shu bilan motor momentini oshiradi. Bir qutbli dvigatelning bunday ishlash rejimi to’liq bosqichli deyiladi (rasm 1). Download 285.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling