Argument olmaydigan funksiyalar


Download 58.7 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi58.7 Kb.
#1742907
Bog'liq
Argument olmaydigan funksiyalar

Argument olmaydigan funksiyalar

Jizzax Politexnika instituti Energetika va Radioelektronika fakulteti T J I CH A va B 451-20 guruh talabasi

Norqulov Elyorning C++ fanidan mustaqil ish

Inline sifatli funksiyalar

  • Agar funksiya protipida qavslar ichiga void deb yozilsa yoki hech narsa yozilmasa, ushbu funksiya kirish argument olmaydi. Bu qonun C++ da o'rinlidir. Lekin C da bo'sh argument belgisi, yani () qavslar boshqa ma'no beradi. Bu e'lon funksiya istalgancha argument olishi mumkin deganidir. Shu sababli C da yozilgan eski dasturlar C++ kompilyatorlarida hato berishlari mumkindir. Bundan tashqari funksiya prototipi ahamiyati haqida yozib o'taylik. Iloji boricha har doim funksiya prototiplarini berib o'tish kerak, bu modulli dasturlashning asosidir.

Argument funksiyalar

  • Funksiyalar dastur yozishda katta qulayliklar beradilar. Lekin mashina saviyasida funksiyani har gal chaqirtirish qo'shimcha ish bajarilishiga olib keladi. Registrlardagi o'zgaruvchilar o'zgartiriladi, lokal yozgaruvchilar quriladi, parametr sifatida berilgan argumentlar funksiya stekiga o'ziladi.Bu, albatta, qo'shimcha vaqt oladi. Umuman aytganda, hech funksiyasiz yozilgan dastur, yani hamma amallari faqat main() funksiyasi ichida bajariladigan monolit programma, bir necha funksiyalarga ega, ayni ishni bajaradigan dasturdan tezroq ishlaydi. Funksiyalarning bu noqulayligini tuzatish uchun inline (satr ichida) ifodasi funksiya e'loni bilan birga qo'llaniladi. inline sifatli funksiyalar tanasi dasturdagi ushbu funksiya chaqirig'I uchragan joyga qo'yiladi. inline deb ayniqsa kichik funksiyalarni belgilash effektivdir. inline ning o'ziga yarasha kamchiligi ham bor, inline qo'llanilganda dastur hajmi oshdi.

Umumiy funksiyalar


Oddiy, inline sifati qo'llanilmagan funksiyalar chaqirilish mehanizmi quyidagicha bo'ladi. Dastur kodining ma'lum bir yerida funksiya tanasi bir marotaba aniqlangan bo'ladi. Funksiya chaqirig'i uchragan yerda funksiya joylashgan yerga ko'rsatkich qo'yiladi. Demak, funksiya chaqirig'ida dastur funksiyaga sakrashni bajaradi. Funksiya o'z ishini bajarib bo'lgandan keyin dastur ishlashi yana sakrash joyiga qaytadi. Bu dastur hajmini ihchamlikda saqlaydi, lekin funksiya chaqiriqlari vaqt oladi. Kompilyator inline ifodasini inobatga olmasligi mumkin, yani funksiya oddiy holda kompilyatsiya qilinishi mumkin. Va ko'pincha shunday bo'ladi ham. Amalda faqat juda kichik funksiyalar inline deya kompilyatsiya qilinadi. inline sifatli funksiyalarga o'zgartirishlar kiritilganda ularni ishlatgan boshqa dastur bloklari ham qaytadan kompilyatsiya qilinishi kerak. Agar katta proyektlar ustida ish bajarilayatgan bo'lsa, bu ko'p vaqt olishi mumkin. inline funksiyalar C da qo'llanilgan # define makrolari o'rnida qo'llanilish uchun mo'ljallangan.
//inline ifodasining qo'llanilishi # include inline int sum(int a, int b);//funksiya prototipi int main() { int j = -356, i = 490; cout << "j + i = " << sum(j,i) < return (0); } int sum(int a, int b){ //funksiya aniqlanishi return( a + b ); } Ekranda: j + i = 134
Download 58.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling