«arхеоlоgiya va etnologiya asoslari (arxeologiya)» fani bo’yicha bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.51 Mb.
|
O’quv-uslubiy majmua 100000–Gumanitar sоha-fayllar.org
Moddiy madaniyat. Mikrolitlar. Markaziy Osiyo xududlaridagi olimlari miz tomonidan olib borilgan arxeologik ishlar balki jahon bo’ylab arxeologiya soxasida olib borilayotgan izla nishlar mezolitni ajdodlarimiz tarixini yoritishda alohi da o’z o’rniga ega bo’lgan davr ekanligini isbotlamoqda. YUqori poleolitda vujudga kelgan prizma shaklidagi nukleus lardan yupqa va uzun plastinkalarni to’qmok hamda bug’u sho xini butoqlari yordamida uchirib olish texnikasini mezo litga kelib takomillashadi. Nukleuslarni xajmi nisbatan kichrayib, shakllari ham o’zgarib uchi chiqarilgan qalamga o’xshashlari paydo bo’ladi. Arxeologiya fanida bu xildagi nukleuslarni qalamsifat (karandashavidniy) deyiladi. Uchirindi plastinkalarni xajmi ham kichrayib noziklasha di« Janubiy xududlarda, jumladan Markaziy Osiyo xududinig mezolit yodgorliklarida mikrolitlardan keng foydala niladi. Mikrolit deganda mezolit davridagi qalamsifat o’zalardan uchirib olingan plastinkalarni bo’lakchlarga segment, trapetsiya va uchburchaksimon shakllarga aylantiril gan kichik xajmdagi geometrik shakldagi mehnat qurollari ni tushuniladi. Bu xildagi topilmalar tayoq yoki hayvonlar ni qobiralarida rezets yordamida uzunasiga xosil qilingan yoriqlarga qatorasiga o’rnashtirilib, ulardan pichoq yoki qirg’ich sifatida foydalanganlar. Mikrolitlarni xajmlari 1 2 sm dan oshmagan. Bulardan yog’ochdan yasalgan kamon o’qlarini va uzoqqa otib sanchish uchun mo’ljallangan nayzalarni tayyorlashda foydalanganlar. Arxeologlar tomonidan o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki chakmok toshdan yasalgan nayzalarni sanchilishi va teshib o’tish xususiyati xatto temir nayzasidan ham samarali bo’lgan. Mikrolitlardanyasalgan pichoqlar, butun plastinkalardan qilingan pichoqlarga nisbatan qulay va samarali bo’lgan. Chunki butun pla stinka ishlatish jarayonida sinsa, uni o’rniga faqat butunplastinka topish shart bo’lgan, bunday imkoniyat xadeb bo’la vermagan. Mikrolitlardan yasalganlarini esa osonlik bilan birini o’rniga ikkinchisini o’rnatilavergan. Mikrolitlar dan yasalgan xanjarsifat qurollar yoki hayvonlarga ma`lum masofadan turib zarb bilan irg’itib sanchishga mo’ljallan gan yog’och nayzalarni ibtidoiy odamlar o’zlari xoxlaganuzunlikda qilish imkoniga ega bo’lganlar. Chunki zarb bilan irg’itib sanchiladigan yog’och nayzalarni uch tomonidan uzuna siga har ikki yon tomonida mikrolitlarni qatorasiga terib joylashtirish uchun ana shu mikrolitlarni xajmlariga mos lab yoriqlar qilingan. Bunday usul ajdodlarimizga qulay bo’lganidan bo’lsa kerak, yuqori paleolitda paydo bo’lgan bunday ov qurollari mezolitda takomillashib, neolit xatto bronza asrida ham foydalanishda davom etgan. Shuni ham ay tish kerakki bu mikrolitlar asosan janubiy rayonlarda qo’llanilgan. Shimoliy rayonlarda esa butun plastinkalar dan foydalanilgan. Mikrolitlar u yoki bu yodgorlkni xrono logiyasini aniqlashda ham arxeologlar uchun qo’l keladi. Sa babi mikrolitlar asbsan mezolit davrida vujdga kelgan juda ko’plab mikrolitlarni paydo bo’lishi va ulardan janu biy rayonlarda keng miqyosda foydalanishga o’tish, shimoliy regionlarda esa asosan plastinkalardan takomillashgan ov qurollarini yasashga o’tish va bu usullarni bir vaqtni o’zida taraqqiy etishi ko’pchilik olimlarimizni fikrlariga ko’ra mezolitni yuqori paleolitdan ajralish chegarasini ko’rsata di. Ma`lumki mezolit yuqori paleolit bilan neolit (yangi tosh asri) o’rtasidagi ajdodlarimizni yashab o’tgan davrini aks ettiradi. Agar mezolit davrini tosh industriyasini (Industriyasi deganda mezolitga oid barcha tosh qurollarini va ularni chiqindilarini tushuniladi). yuqori paleolit va neolit davri nndustriyalari bilan solishtirsak, uni keyin gi davr bilan ancha bog’liq ekanligini, ya`ni ko’proq o’xshashligini ko’ramiz. YUqori paleolit davri qurollari ning ba`zilari mezolitda qo’llansa da, ularni mezolitni o’rtalariga kelib butunlay yo’qolib ketadilar.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling