Arifmetik mantiqiy qurilma Registrlar turlari va tasnifi. Umumiy foydalanuvchiga mo’ljallangan registrlar


Download 25.09 Kb.
bet1/3
Sana16.10.2023
Hajmi25.09 Kb.
#1704779
  1   2   3
Bog'liq
Arifmetik buyruqlar


Arifmetik buyruqlar guruhiga kiruvchi buyruqlar
Reja:

  1. Arifmetik mantiqiy qurilma

  2. Registrlar turlari va tasnifi.

  3. Umumiy foydalanuvchiga mo’ljallangan registrlar.

  4. Arifmetik amallarning buyruqlar guruhi



Arifmetik mantiqiy qurilma.
Arifmetik mantiqiy qurilma axborotni qayta ishlash jarayonida arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun xizmat qiladi.
Arifmetik mantiqiy qurilma odatda ikkita registr summator va boshqarish sxemasidan tashkil topgan bo’ladi.
Summator – hisoblash sxemasi, unga kelayotgan ikkilik kodlarini qo’shish amalini bajaradi.
Xotiraning tezkor yacheykalari – registrlar ikki xildagi uzunlikda:
1-registr 2 so’z razryadida.
2-registr 1 so’z razryadida.
Amal bajarilayotgan paytda 1-registrda 1-son joylashadi, amal natija;
2-registr 2-sonni qabul qiladi va boshqa hech narsani qabul qila olmaydi.
1-registr berilganning kodli shinasidan axborotni o’qiydi va shu shinalar orqali uzatadi.
Boshqarish sxemasi kodli shinalardan boshqaruv signallarini qabul qiladi va ularni registr va summatorlarning ishini boshqaradigan signalga o’zgartiradi.
Arifmetik mantiqiy qurilma arifmetik amallarni faqat butun ikkilik sonlari ustida bajaradi (+,*,/,-).
Haqiqiy va o’nlikka o’tkazilgan sonlar bilan bo’ladigan amallar faqatgina matematik soprotsessor yoki maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
Mikroprotsessorli xotira.
Mikroprotsessorli xotira – hajmi katta bo’lmagan, lekin o’ta yuqori tezlikdagi xotira qurilmasi. Mikroprotsessorli xotiradan axborotni o’qish yoki yozish vaqti nanosekundlarda ifodalanadi. Mikroprotsessorli xotira qisqa vaqtda axborotni saqlashga mo’ljallangan. Mikroprotsessorli xotira mashinaning tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, chunki asosiy xotira har doim ham yozish, saqlash, qayta ishlash operatsiyalarini tez ishlaydigan mikroprotsessorning samarali ishlashini ta’minlamaydi.
Mikroprotsessorli xotira tezkor registrlardan tashkil topgan. Turli mikroprotsessorli xotiralarda registrlar soni har xil bo’ladi. Mikroprotsessor registrlari 2 ga bo’linadi: maxsus va umumiy.
Maxsus registrlar turli xildagi adreslarni, shaxsiy kompyuterning ish rejimlarini, amallarni bajarish belgilarini saqlaydi.

Download 25.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling