Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil etuvchilari bilan tanishish


-guruh. Registrlarni nusxalash va almashtirish buyruqlari


Download 37.19 Kb.
bet3/7
Sana08.11.2023
Hajmi37.19 Kb.
#1757097
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 laoratoriya KT

3-guruh. Registrlarni nusxalash va almashtirish buyruqlari.
Registrlar va registrlar juftligini nusxalovchi 59 ta buyruq mavjud. Bu buyruqlarni 4 ta qism guruhga ajratish mumkin.
А qism guruhi. Registr-registr tipli nusxalash buyruqlari. Quyidagi amal bir registrdan ikkinchi registrga nusxalashni bajaruvchi buyruqlar amallarining kodlarini o’z ichiga oladi:
LD LD LD LD LD LD LD
registr A,R H,R L,R B,R C,R D,R E,R
A 7F 67 6F 47 4F 57 5F
H 7C 64 6C 44 4C 54 5C
L 7D 65 6D 45 4D 55 5D
B 78 60 68 40 48 50 58
C 79 61 69 41 49 51 59
D 7A 62 6А 42 4A 52 5A
E 7B 63 6B 43 4B 53 5B
Jadvalda keltirilgan birorta ham buyruq bayroqlarni o’zgartirmaydi. Bundan tashqari, I va R registrlar uchun 4 ta buyruq mavjud.
Mnemonika 16-kod
LD A, I ED57
LD A, R ED5F
LD I, A ED47
LD R, A ED4F
Shu so’ngi buyruqlar juftlikni to’ldirish bayrog’iga ta’sir qiladi.
В-qism guruh. Registr juftligi –registr juftligi tipli nusxalash buyruqlari.
Bu qism guruhning uchta buyrug’i mavjud. Ular styok ko’rsatkichidagi qyimatlarni nusxalaydi.
Mnemonika 16-kod.
LD SP, HL F9
LD SP, IX DD F9
LD SP, IY FD F9
Bu buyruqlar bayroqning ichidagilarni o’zgartirmaydi. Bir registr juftligining ichidagilarni boshqa registr ichiga nusxalash uchun bu buyruqlar to’g’ri kelmaydi, buning uchun ikkita registr-registr nusxalash amalini bajarish kerak. Masalan, birinchi registr juftligining ichidagilari styokda saqlanib, keyin ikkimchi registr juftligiga qayta yozilishi kerak.
С-qismguruhi. DE, NL buyruqlari.
Registrlarning asosiy to’plamining chegarasida registr juftligining ichidagilarni almashtirishga imkon beradigan faqat bitta buyruq mavjud.
Mnemonika 16-kod
EXX DE, HL EB
Juda foydali bo’lgan bu buyruq DE juftligining ichidagilarni, HL juftligining ichidagilari bilan almashtirishga imkon yaratadi. Bayroqlar qiymati o’zgarmaydi. DE juftligidagi ikki baytli manzil yoki ikki baytli o’zgarmas son HK juftligiga uning ichidagilarga ta’sir ko’rsatmasdan yozilishi zarur bo’lganda, bu buyruqdan foydalaniladi.
Bu guruhda ikkita buyruq bor.
Mnemonika 16-kod
EXX D9
EX AF, A’F 08
EXX buyrug’i H, L, B, C, D, E registrlarning H’,L’,B’,C’,D’ E’ registrlarga ulanishini ta’minlaydi. EXAF, A’F buyruqlar mnemonikaga asosan A va F registrlarni A’ F registrlarga ulaydi. Alternativ registrlar manzil va ma’lumotlarni saqlash uchun qo’llaniladi. Alternativ registrlarga joylashtirilgan bu qiymatlar, ma’nosi o’zgarishidan saqlanadi va oson va tez qayta tiklanadi.

Download 37.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling