Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil etuvchilari bilan tanishish


-guruh. Xotiradagi registrlarni yuklash buyruqlari


Download 37.19 Kb.
bet4/7
Sana08.11.2023
Hajmi37.19 Kb.
#1757097
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 laoratoriya KT

4-guruh. Xotiradagi registrlarni yuklash buyruqlari.
Z80 tizimiga xotiradan ma’lumotni topib,uni registrlarga yuklaydigan ko’plab buyruqlar kiradi. Bu buyruqlar ma’lumotlarni registr – oluvchiga, nusxasini olish zarur bo’lgan, xotiradagi manzillar juftligiga yoki manziliga dasturchi ko’rsatma berishini talab qiladi. Bu guruhning buyruqlarini manzillash usuliga mos ravishda uchta qismguruh buyruqlari sifatida qarash mumkin. Manzillash turlari:

  • bilvosita – ikki baytli manzil manzilli registr juftligida oldindan joylashtirilgan;

  • bevosita - haqiqiy manzil amal kodining orqasidan ikki baytda ko’rsatilgan;

  • indeksli – ma’lumotlar manzili D siljishning qiymatini IX yoki IY registr juftligida oldindan mavjud bo’lgan qo’shish usuli bilan hisoblanishi kerak

  • A -qismguruh. Bevosita manzillashdan foydalanuvchi buyruqlar.

  • Mnemonika 16-kod

LD A, (ADDR) 3A ADDR
LD HL, (ADDR) 2AADDR
LD BC, (ADDR) ED 4B ADDR
LD DE, (ADDR) ED 5B ADDR
LD D, (IX+D) DD 5D D
LD E, (IX+D) DD 5E D
IY juftligidan foydalanuvchi buyruqlar uchun, IX ni IYga va DD ni FD ga o’zgartirish kerak. Bu guruhning birorta ham buyrug’i bayroqlarni o’zgartirmaydi.
5-guruh. Xotiraga registning ichidagilarni yoki o’zgarmas sonni yozish buyruqlari .
Odatda bu guruhning buyruqlari 4-guruh buyruqlari bajaradigan amallarga qarama-qarshi bo’lgan amallarni bajaradi. Buyruqlar registr ichidagilarni xotiraga uzatishga yoki u erga o’zgarmas sonni yozishga imkon beradi. Bu buyruqlarni 3 guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir.
A-qism guruhi. Bevosita manzillash buyruqlari.
Mnemonika 16-guruh
LD(ADDR),A 32 ADDR
LD(ADDR),HL 22 ADDR (oddiy shakl)
ED 63 ADDR (oddiy shakl)
LD(ADDR),BC ED 43 ADDR
LD(ADDR),DE ED 53 ADDR
LD(ADDR),IX ЕD 22 ADDR
LD(ADDR),IY ЕD 22 ADDR
LD(ADDR),SP . ЕD 73 ADDR
Keltirilgan buyruqlar faqat bevosita manzillashni bajaradi va yana shuni eslatib o’tamizki, xotiraga o’zgarmas sonlarni yozadigan buyruqlar mavjud emas. Agar bu zarur bo’lsa o’zgarmas son oldindan A registrga yuklanadi. Keyin LD(ADDR), A bajariladi. LD(ADDR), HL-tipdagi buyruqlar umuman olganda ikkilangan buyruqlar: LD(ADDR),L и LD(ADDR+1),H. Qismguruq buyruqlari ko’pincha, xotiradagi manzil va o’zgaruvchilarni,ular o’zgaruvchi sifatida foydalanilganda saqlash uchun qo’llaniladi.Masalan, ko’p hollarda LD(RAMTOP), H ishlatiladi, bunda RAMTOP – xotiraning yuqori chegarasining joriy qiymatini saqlash uchun foydalaniladigan xotira manzillari juftligi. Yuqori chegaraning joriy qiymatini tanlashni 4-guruh buyrug’i orqali bajarish mumkin, masalan: LD HL,(RAMTOP).

Download 37.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling