Arifmetik-mantiqiy qurilma
Arifmetik-mantiqiy qurilma axborotni o’zgartirishga oid arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan qurilma sanaladi. Funktsional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan.
1-REGISTR:1-son va naija
2-REGISTR:2-son va naija
SUMMATOR
BOSHQARUV QISMI
AMQ ning funksional chizmasi
YO`RIQLARNING KODLI SHINASI
MA’LUMOTLARNING KODLI SHINASI
Summator – kirish qismiga kelayotgan ikkilik sonli kodlarni qo’shish amalini bajaruvchi hisoblash sxemasi bo’lib, mashinaning ikkilangan kodiga oid razryadlik darajasiga ega.
Uzunligi turlicha bo’lgan tez ishlovchi xotira registrlari: 1- registr (Pr1) ikkilangan kod, 2- registr (Pr2) esa bitta kodga oid razryadlik darajasiga ega. Operatsiya bajarilayotgan paytda Pr1 ichida operatsiyada ishtirok etayotgan birinchi son, operatsiya yakuniga yetgach – natija joylashadi;
Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son joylashib, operatsiya yakuniga yetgach, uning ichidagi axborot o’zgarmay qoladi. 1- registr axborotni ma’lumotlarning kodli shinasidan olishi va xuddi shu shinasi orqali uzatishi mumkin.
Boshqaruv sxemasi yo’riqlarning kodli shinasi orqali boshqaruv qurilmasidan boshqaruv signallarini qabul qilib, registrlar va AMQ summatori ishini boshqarish uchun mo’ljallangan signallarga aylantiradi.
Komandalar registri – xotirada saqlaydigan registr bo’lib, unda komanda kodi, ya’ni bajarilayotgan operatsiya kodi hamda operatsiyada ishtirok etayotgan operandlarning manzillari saqlanadi.
Komandalar registri MPning interfeys qismida, komandalar registrlari uchun mo’ljallangan blok ichida joylashgan.
Operatsiyalar deshifratorlari – mantiqiy blok bo’lib, komandalar registridan kelayotgan operatsiya kodiga (OK) muvofiq o’zida mavjud ko’plab chiqish yo’llaridan birini tanlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |