Arizaning (shikoyatning) ushbu Kodeksning 128-moddasida
belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmaganligi sababli, uni
qaytarish to‘g‘risidagi
AJRIM
(arizani qaytarish to‘g‘risida)
2021-yil mart oyining 28-kuni________tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi A. R. Rustamov, arizachi D. O. Kodirovning tuman 1-sonli notarial idorasi notariusining xatti-xarakatlarini qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi arizasi va unga ilova qilingan xujjatlarni o‘rganib chikib, kuyidagilarni
A N I Q L A D I :
Arizachi D. O. Kodirov sudga ariza bilan murojaat kilib, javobgar __________tuman 1-sonli notarial idorasi notariusining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni so‘ragan.
Arizachining arizasidan ko‘rinishicha, unda javobgarning joylashgan yeri (pochta manzili), shuningdek, arizaga xujjatlar ilova qilingan bo‘lsada, ilova qilingan xujjatlarning ro‘yxati ko‘rsatilmagan.
O‘zbekistan Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi 134-moddasi birinchi kismining 1-bandiga asosan, sudya arizani (shikoyatni) va unga ilova qilingan hujjatlarni arizaning (shikoyatning) ushbu Kodeksning 128-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya kilinmagan bo‘lsa, qaytaradi.
Ushbu Kodeks 128-moddasi ikkinchi kismining 2 va 6-bandlarida arizada (shikoyatda) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, ilova qilinayotgan xujjatlarning ro‘yxati ko‘rsatilishi kerakligi belgilangan.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 18-moddasi birinchi kismining 2-bandiga ko‘ra, sud daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) kaytarganda yoki qabul qilishni rad etganda, shuningdek, notarius notarial xarakatlarni amalga oshirishni rad etganda, davlat boji to‘lik yoki qisman qaytarilishi kerak.
Shu sababli, sud arizachining arizasi O‘zbekistan Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasida belgilangan arizaning shakli va mazmuniga rioya qilinmagan holda yozilganligini inobatga olib, arizachining arizasini xamda unga ilova qilingan xujjatlarni hamda arizachi tomonidan arizani berishda to‘langan davlat bojini qaytarishni lozim topadi.
Yukorida bayon etilganlardan kelib chiqib, O‘zbekistan Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 134 va 169-moddalarini qo‘llab, sud
A J R I M Q I L D I:
Arizachi D. O. Qodirovning javobgar tuman 1-sonli notarial idorasi notariusining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi arizasi va unga ilova qilingan xujjatlar arizachiga qaytarilsin.
Arizachi tomonidan arizani berishda to‘langan bazaviy xisoblash mikdorining 1 baravari miqdoridagi davlat boji qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qaytarilsin.
Ajrim nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilsin.
Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sudya A. R. Rustamov
Do'stlaringiz bilan baham: |