Arkasimon oraliq qurilmalar Ramali oraliq qurilmalar Qo’shma oraliq qurilmalar


Butun devorli arkalar konstruksiyasi


Download 262 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2023
Hajmi262 Kb.
#1119395
1   2   3   4
Bog'liq
UCH SHARNIRLI ARKALARNING MAQBUL O\'QI

Butun devorli arkalar konstruksiyasi. Butun devorli arkalar o’qi parabolik, aylana va boshqa konturga ega. Parabolik konturda arka kesimlaridagi normal bosim kichik ekssentrsitetga ega bo’ladi, natijada eguvchi moment kamayadi, arka kesimi yuzasi kichrayadi, po’lat sarfi kamayadi. Aylana konturli arkalar oddiyroq konstruksiyaga ega, tayyorlash va montaj qilishda kam mehnat talab qiladi, ammo po’lat sarfi katta bo’ladi.
Arkalarning ko’tarish mili (strelasi) hovonga anchagina ta’sir qiladi: ko’tarish mili qancha kam bo’lsa, arkalar hovoni shuncha katta va, o’z navbatida, tayanch terimi hajmi ko’p bo’ladi.
Ko’tarish milining arka oralig’iga nisbati arka qiyaligi deb ataladi. Arka qiyaligining eng maqbul qiymati taxminan 1:5...1:6 ni tashkil etadi, qiyaligi 1:8...1:10 dan kichik bo’lgan arkalarni qo’llash tavsiya etilmaydi, ayrim hollardagina arkalarning qiyaligi 1:15...1:18 ga yetadi.
Arkalar qo’shtavrli, P–ko’rinishli, korobkali va aylana ko’rinishdagi kesimga ega (4.2,b-rasm), iloji boricha bir xil qalin listlardan va faqat ayrim hollardagina payvandli paketlardan tashkil topadi. Oralig’i uncha katta bo’lmagan arkalar uchun qo’shtavrli kesimlar, katta oraliqli arkalar uchun bo’ylama diafragmali qutisimon kesimlar qo’llaniladi. Qutisimon kesimlarning o’zgarmasligini saqlash uchun, arkalarni ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash uchun teshikli (pazli) ko’ndalang diafragmalar qo’yiladi.
Butun arkalarning balandligi taxminan oraliqning 1/40 qismida belgilanadi. Kesimning balandligini momentlar epyurasiga mos ravishda o’zgarmas yoki o’zgaruvchan qilib qabul qilinadi. O’zgaruvchan balandlikli arkalarda po’lat sarfi kam bo’ladi, ammo tayyorlanishi sermehnatli.
Chetki arkalar orasidagi masofa ko’ndalang bikirlik shartiga muvofiq oraliqning 1/20 qismidan kichik bo’lmasligi kerak.
Arkasimon fermalarning konstruksiyasi. Eng ko’p tarqalgan ikki sharnirli arkasimon fermalar o’roqsimon (yarim oy) konturli belbog’ga ega bo’ladi. Ularning balandligi oraliq o’rtasida eng katta bo’lib, tayanchga yaqinlashgan sari kichraya boradi (4.3,a-rasm). Belbog’larning bunday konturi eguvchi moment epyurasiga mos keladi va po’latning eng kam massasini ta’minlaydi, ammo belbog’ va panjaralarining uzunligi har xilligi uchun bu fermalar sermehnatligi va tayyorlash bahosi kattaligi bilan ajralib turadi.
Parallel belbog’li arkasimon fermalarda (4.3,b-rasm) bir xil tipli elementlarning soni ko’p bo’lgani uchun ularning tayyorlash bahosi va mehnat talabligi past. O’rta qismida parallel belbog’li va chetida balandligi kamayadigan fermalar (4.3,v-rasm) ko’rsatgichlari bo’yicha o’roqsimon fermalar orasida turadi.

4.3-rasm. Arkasimon ko’priklar sxemasi

Balandligi o’rtasidan tayanchiga kattalashadigan ravoqli (peshtoqli) arkasimon fermalar (4.3,g-rasm) eguvchi moment epyurasiga mos kelmaydi, po’lat massasi katta va tayyorlashda mehnat talab, ammo tayanchdan o’rtasiga qarab osma yig’ish uchun juda qulay.
Arkasimon fermalarning ko’tarish mili oraliqning 1/4...1/10 qismini, balandligi esa 1/14–1/16 qismini tashkil qiladi. Ularning elementlari to’sinli fermalardagi kabi qutisimon va N ko’rinishli kesimga ega bo’ladi.


Download 262 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling