Arkasimon oraliq qurilmalar Ramali oraliq qurilmalar Qo’shma oraliq qurilmalar


Download 262 Kb.
bet4/4
Sana25.01.2023
Hajmi262 Kb.
#1119395
1   2   3   4
Bog'liq
UCH SHARNIRLI ARKALARNING MAQBUL O\'QI

Ko’p oraliqli qo’shma tizimlar
Ko’p oraliqli qo’shma tizimlar uzluksiz yoki konsolli konstruksiyaga birlashtirilgan to’sinli yoki arkasimon fermalar (4.7,a,-rasm), harakatlanishi o’rtada (4.7,b-rasm) yoki ustida (4.7,v-rasm) bo’lgan eguluvchan arkali uzluksiz to’sinlar, hamda tayanch ustida yarim arka – podpruglar (4.7,g-rasm) yoki fermalar (4.7,d-rasm) bilan kuchaytirilgan uzluksiz to’sinlardan tashkil topgan. Bu tizimlar yuqori tik bikirlikka ega va elementlardagi kuchlarning qiymatini boshqarish va tarqatish imkonini berib, po’lat iqtisodini ta’minlaydi.

4.7-rasm. Ko’p oraliqli qo’shma tizimlar sxemalari: 1to’sinli ferma;


2arkasimon ferma; 3ilgak; 4butun devorli uzluksiz to’sin;
5egiluvchan arka; 6tirgak; 7egiluvchan yarimarka (podpruga);
8sterjenli ferma

4.5. Vantli va osma qo’shma tizimlar

Vantli va osma qo’shma tizimlar elastik sim arqon yoki zanjirlar bilan kuchaytirilgan bir yoki ko’p oraliqli to’sin yoki fermalardan iborat bo’ladi (4.8-rasm).


Vantli tizimlarda to’g’ri chiziqli elastik sim arqonlar – vantlar – radial (shu’lasimon) (4.8,a-rasm), yarim doira (yelpig’ichga o’xshash) (4.8,-rasm), parallel (4.8,v-rasm) va bir yoki ikki tekislikda boshqa ko’rinishga ega bo’ladi. Osma tizimlar uchlari to’sinlar (4.8,g-rasm) yoki ankerli tayanchlarga (4.8,d-rasm) mahkamlangan erkin osilgan kabel yoki zanjirlarga ega. Тizimlarning bikirligini oshirish uchun ularning ilgaklari tik yoki qiya bo’lishi mumkin.

4.8-rasm. Vantli va osma ko’priklar sxemasi: 1pilon (ustun);


2kanatlarvantlar; 3bikirlik to’sini; 4zanjir; 5ilgak;
6kabel; 7bikirlik fermasi; 8ankerli tayanch.

Vantli va osma tizimlar bir yoki ikki tik yoki qiya P ko’rinish (4.8-rasm), A ko’rinishdagi (4.8,b-rasm) pilonlar va po’lat yoki temirbetondan tayyorlangan boshqa rama yoki alohida turuvchi ustunlardan iborat bo’ladi.


Vantli va osma tizimlarning afzalligi: 1) elementlarning cho’zilgan zonasida yuqori mustahkamli po’latdan ratsional foydalanish; 2) juda katta oraliqlarni yopish imkoni borligi; 3) katta oraliqlarda konstruksiyaning tejamkorligi; 4) osma holatda yig’ish imkoni borligi; 5) yuqori me’morchilik sifati. Ularning asosiy kamchiligi tik va gorizontal bikirligining pastligida.

Adabiyotlar:


1. Мосты и тоннели. Учебник для вузов ж.д. транспорта. С.А. Попов, В.О. Осипов и др. -М.: Транспорт, 1977. - 526 с.
2. Содержание и реконструкция мостов.В.О. Осипов, Ю.Г. Козьмин, B.C. Анциперовский, А.А. Кирста. Под ред. В.О. Осипова: Учебник для вузов ж.д. транспорта - М.: Транспорт, 1986. - 327 с.
3. Мосты и тоннели на железных дорогах. Учебник для вузов. В.О. Осипов, В.Г. Храпов, Б.В. Бобриков и др.: Под ред. В.О. Осипова. - М.: Транспорт, 1988. - 367 с.
4. Колоколов Н.М., Копац Л.П., Файнштейн И.С. Искусственные сооружения. Учебник для техникумов транспортного строительства. /Под ред. Н.М. Колоколова. 3-е изд. Переработ. и доп.- М.: Транспорт, 1988. - 440 с.
5. Руководство по определению грузоподъёмности железобетонных пролетных строений железнодорожных мостов. МПС. М: Транспорт, 1989 - 125с.
6. Указания по устройству и конструкции мостового полотна на железнодорожных мостах. М: Транспорт. 1989. - 120с.
7. Гидрология и гидротехнические сооружения. Под ред. Г.II. Смирнова. М: Высшая школа. 1988. - 472 с.
8. Клипов С.И. Железнодорожный путь на искусственных сооружениях. М: Транс­порт, 1990. - 144 с.
Download 262 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling