Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona
Download 343.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona infoCOM.UZ
1. Umumiy qoidalar
1.1. Axborot-resurs markazi (keyingi o‘rinlarda ARM deb ataladi) ta’lim muassasasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi 2006 yil 20 iyundagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. 1.2. ARM ta’lim muassasasi rahbariyatiga bo‘ysunadi. 1.3. ARM ta’lim muassasasi tomonidan uning tarkibiy bo‘linmasi sifatida mablag‘ bilan ta’minlanadi. 1.4. ARM o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, ta’lim muassasalari boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, ta’lim muassasasi nizomiga, ta’lim muassasasi rahbariyatining buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalariga amal qiladi. 1.5.ARM o‘z faoliyati bilan aholi barcha qatlamlarining axborot resurslari va kutubxona fondidan erkin foydalanish huquqini ta’minlaydi. 1.6.Axborot-resurslari va kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro‘yxati, ularni ko‘rsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi ARMdan foydalanish qoidalarida belgilanadi. 1.7. ARMlariga umumiy tashkiliy-metodik rahbarlik, ularning ishlarini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash idoraviy va hududiy metodik markazlar tizimi orqali: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi -respublika metodik markazi, Idoralararo kengashning ishchi organi orqali; Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetning ilmiy kutubxonasi -Oliy ta’lim muassasalari ARMlarining metodik markazi orqali; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari — mintaqaviy metodik markazlar orqali amalga oshiriladi.
Download 343.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling