Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona


Download 343.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana08.01.2022
Hajmi343.89 Kb.
#234758
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona infoCOM.UZ

3. Asosiy funksiyalari 

3.1. O‘quv zallarida, abonementlarda hamda yagona kitobxon bileti bo‘yicha kitoblar berishning boshqa

punktlarida, yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish metodlarini qo‘llagan holda,

foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi. 

3.2. O‘quv yurti kafedralarida, o‘quv markazlarida, laboratoriyalarida shakllantirilgan elektron axborot

resurslarini to‘plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshiradi. Elektron kataloglashtirish bibliografik

axborotni taqdim etish va uzatishning xalqaro formatlari (MAKS formatlari) talablariga qat’iy muvofiq holda

olib boriladi. ARMda ma’lumotlarning original tematik bazalarini yaratish yo‘li bilan ta’lim muassasalarining

axborot resurslarini shakllantirishi mumkin. 

3.3. ARM foydalanuvchilarni asosiy axborot xizmatlari bilan bepul ta’minlaydi: 

• kataloglar, kartotekalar tizimi va axborotlar berishning boshqa shakllari orqali ARM fondi tarkibi to‘g‘risida

to‘liq axborot beradi; 

• matbaa asarlari va boshqa hujjatlarni qidirish va tanlashda maslahat yordami ko‘rsatadi; 

• ARM fondlaridan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun beradi; 

• ta’lim muassasasining ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik 

• ko‘rsatkichlar, adabiyotlar ro‘yxatlari tuzadi; tematik, adresli va boshqa bibliografik ma’lumotlar beradi; 

• bibliografik sharhlar o‘tkazadi; kitob ko‘rgazmalari tashkil qiladi

• foydalanuvchilar, rahbariyat, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar va aspirantlarning axborotlarga

bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, o‘rganadi va muntazam ravishda aniqlashtirib boradi.

3.4. ARM foydalanuvchilarga boshqa xizmatlar, shu jumladan, ro‘yxati ARMdan foydalanish qoidalarida

belgilanadigan pulli xizmatlar ko‘rsatadi. Kichik va o‘rta biznes korxonalariga, uyushmalar va boshqa

tashkilotlarga shartnomalar bo‘yicha kutubxona-axborot xizmati o‘rsatishni tashkil qiladi. Kitobxonlarga

kutubxonalararo abonement bo‘yicha, shu jumladan, elektron pochtadan foydalangan holda xizmat ko‘rsatadi. 

3.5. ARM axborotlarni qidirib topish, ularni mustaqil ta’lim olishda, o‘quv jarayonida va ilmiy ishlarda qo‘llash,

ARMning ma’lumotnoma-bibliografik apparatiga, axborot tizimlariga va ma’lumotlar bazalariga tayanish

ko‘nikmalarini shakllantiradi. 

3.6. Foydalanuvchilar uchun informatika va bibliografiya asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil qiladi. 

3.7. Mintaqaning boshqa ARMlari bilan muvofiqlashtirilgan holda aholining axborotlarga bo‘lgan talablari,

shuningdek, ta’lim, kasb — hunar dasturlari, o‘quv rejalari hamda ilmiy tadqiqotlar tematikalariga muvofiq

fondning jamlanishini ta’minlaydi. O‘quv, ilmiy, davriy, ma’lumotnoma, badiiy adabiyotlar va boshqa turdagi

nashrlarni sotib oladi. 

3.8. Fondlarni jamlash manbalarini mustaqil ravishda belgilaydi. ARMlar hamda respublikadagi boshqa

muassasa va tashkilotlar bilan kitoblar va elektron resurslar ayirboshlashni, shuningdek, zaruriyatga ko‘ra xorijiy

mamlakatlarning kutubxonalari va tashkilotlari bilan xalqaro kitoblar va elektron resurslar ayirboshlashni

amalga oshiradi. 

3.9. Fondlarni jamlash rejalariga tuzatishlar kiritish, ta’lim muassasalari uchun adabiyotlar chiqarishni




18.02.2021

Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona | infoCOM.UZ

uz.infocom.uz/2008/02/13/arm-va-avtomatlashtirilgan-kutubxona/

7/11


rejalashtirish hamda foydalanuvchilarning va fondlar tarkibining axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlariga

muvofiqlashtirish maqsadida kitobxonlar talabi qondirilishi darajasini o‘rganadi. Barcha toifadagi

foydalanuvchilarning o‘quv va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi. Ilg‘or axborot-

kutubxona va elektron axborot resurs texnologiyasini, tadqiqot ishlari natijalarini joriy etadi. Foydalanuvchilar

qiziqishlarini o‘rganish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazadi. 

3.10. Fondlarni hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularning saqlanganligini, saqlash rejimini,

hujjatlar nusxasini olishni va mikrofilmga hamda elektron formatga ko‘chirishni ta’minlaydi. 

3.11. Hujjatlarni chiqarib tashlashning ta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan tartibiga, amaldagi

me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq hujjatlarni ARM fondidan chiqaradi. Sohaga oid bo‘lmagan va ortiqcha,

o‘xshash adabiyotlarni qayta taqsimlashni amalga oshiradi. Kitoblarni belgilangan tartibda aholiga sotishni

tashkil qiladi. 

3.12. Fondlarni ko‘p sohali bibliografik aks ettirish yordamida an’anaviy va elektron manbalarda kataloglar va

kartotekalar tizimini yuritadi. 

3.13. Foydalanuvchilarga avtomatlashtirilgan rejimda tezkorlik bilan turli xizmatlar ko‘rsatish imkonini

beradigan respublika yig‘ma kataloglarini, shu jumladan, elektron kataloglarni tuzishda qatnashadi. 

3.14. Boshqa ARMlar, kafedralar, ilmiy jamiyatlar, ta’lim muassasalarining jamoat tashkilotlari, respublika

ARMlari bilan ijodiy va axborot aloqalarini rivojlantiradi. 

3.15. Kutubxonalar, arxivlar, ma’lumotlarning axborot bazalariga ega bo‘lgan boshqa korxonalar, muassasalar,

tashkilotlar bilan amaldagi qonun hujjatlariga, davlat dasturlariga, shuningdek, muassasalar va tashkilotlar

o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq o‘zaro hamkorlik qiladi.




Download 343.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling