Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona


Download 343.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana08.01.2022
Hajmi343.89 Kb.
#234758
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona infoCOM.UZ



18.02.2021

Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona | infoCOM.UZ

uz.infocom.uz/2008/02/13/arm-va-avtomatlashtirilgan-kutubxona/

1/11


Nashr haqida

Tahririyat bilan bog'lanish

Reklama

O`zb


Рус

Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona

13.02.2008

Rukn: 

Texnologiya

.

Muallif: Nig'matullo Mo'minov.


18.02.2021

Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona | infoCOM.UZ

uz.infocom.uz/2008/02/13/arm-va-avtomatlashtirilgan-kutubxona/

2/11


Har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi, xususan, fan, ta’lim va madaniyat rivoji uchun asosiy

shartlardan biri turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyatiga bog‘liqdir. Bu maqsadga

erishishda kutubxonalar faoliyatini yangi axborot texnologiyalari bilan qurollantirish katta ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, kutubxona faoliyatining asosiy jarayonlari: axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash, qidirish va

iste’molchiga yetkazib berishga zamonaviy telekommunikatsiya kanallari vositasida elektron texnologiyalarni

qo‘llash samarali natijalar beradi.

XX asr oxirlaridan yuz bera boshlagan «axborot inqilobi» kutubxonalar faoliyatiga ham sezilarli ta’sir

ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir natijasida kutubxonalar borgan sari ko‘proq zamonaviy axborot texnologiyalari bilan

ta’minlanib, axborot resurslari markazlariga aylanib bormoqda. Kutubxonalarda xizmat ko‘rsatish turlari ham

keskin kengaydi: Internet tarmog‘idan foydalanish, axborot-tahliliy materiallarni jamlab berish, kutubxona

kataloglarining elektron ko‘rinishi va to‘liq matnli ma’lumotlar bazalarini kitobxonlarga taqdim etish shular

jumlasidandir.

Kerakli axborotni olish uchun yangi axborot texnologiyalaridan foydalanilganda manbalarni qidirib topish

imkoniyati yuz martalab oshadi. Telekommunikatsiya vositalarini qo‘llash esa axborot manbaining qanday

masofada turganidan qat’iy nazar unga tezkorlik bilan ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Bu yerda gap

kutubxonalarda avtomatlashtirish va tashkiliy-texnika vositalarini qo‘llash orqali ularni axborot resurslari

markazlariga aylantirish haqida bormoqda. Bunday yangi turdagi kutubxonalar «elektron kutubxona», «virtual

kutubxona» singari nomlar bilan atalmoqda.

Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK)- bu shunday kutubxonaki, uning funksiyasi, ayniqsa, kutubxona axborot

xizmati asosan avtomatlashtirish (kompyuterlar, serverlar, tashkiliy-texnika vositalari, dasturiy komplekslar) va

telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Zamonaviy AK yaratish murakkab va serxarajat

tadbirdir. U yuqori malakali kasb egalari: dastur tuzuvchilar, tizimchi texniklarni jalb qilishni, kutubxonachilarni

qayta tayyorlashni taqozo etadi. Kutubxonalarni avtomatlashtirishning ixcham tarixi, avtomatlashtirilgan

kutubxona tarkibi va uni tashkil etuvchi omillari, zamonaviy xalqaro formatlar, loyihalar tuzish uchun ishlab

chiqilgan yo‘l-yo‘riqlar muhim ahamiyat kashf etadi.

Avtomatlashtirilgan kutubxonada foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar (kompyuterlar tiplari va

modellari, kutubxona axborot tizimlari) ARMning tarkibiy qismidir. ARM uchun hisoblash texnikasi, dasturiy

va axborot ta’minotini tanlashdek murakkab masalalar mavjuddir. Kutubxona formatlari, maxsus dasturlar va

texnika vositalariga bag‘ishlangan maxsus adabiyotlar keng ko‘lamda chop etilgan.


Download 343.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling