Aromatik galoidbirikmalar
Download 107.06 Kb.
|
Aromatik galoidbirikmalar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkilamchi va uchlamchi aromatik aminlar
Aminlarning xossalari. Anilin o‘z xossalari bo‘yicha alifatik aminlardan farq qiladi. U kuchsiz asos bo‘lib, kuchsiz kislotalar bilan tuz hosil qilmaydi. Ammo kuchli kislotalar bilan tuz beradi. Buning sababi azot atomining bir juft elektronlari aromatik yadroning -elektronlari bilan ta’sirlashib qolishidadir. Demak, azot atomining p elektronlari va aromatik halqaning -elektronlar buluti bilan o‘zaro ta’sirlashadi.
Anilin juda oson galoidlanadi. YA’ni NH2 guruh reaksiya borishini osonlashtiradi: Lekin anilinni sulfolash yuqori haroratda olib boriladi. Bunga sabab, reaksiyaning birinchi bosqichida aminogruppa sulfolanadi: Anilinni nitrolash uchun avval uni atsillanadi, so‘ngra nitrolanib, hosil bo‘lgan mahsulot gidrolizlansa, o- va p-nitroanilin hosil bo‘ladi: Aromatik aminlarni kislota xlorangidridlari yoki angidridlari bilan atsillash mumkin. Hosil bo‘lgan moddalar anilidlar deb ataladi: Aromatik aminlarning aromatik aldegidlar bilan reaksiyasi natijasida esa «Shiff asoslari» deb nomlangan moddalar sintez qilinadi: C6H5NH2 + C6H5CHO C6H5-N=CN-C6H5 + H2O Azot atomi bo‘yicha alkil guruhi tutgan hosilalar olish uchun esa anilin va spirt (metanol) aralashmasi bug‘lari Al2O3 ustidan o‘tkazilsa alkil va dialkilanilinlar hosil bo‘ladi: Bu moddalar ko‘p miqdorda tayyorlanadi, chunki ular antidetonator sifatida va bo‘yoq tayyorlashda ishlatiladi. Ikkilamchi va uchlamchi aromatik aminlar. Agar anilinning HCl li tuzi qizdirilsa ikkilamchi aromatik amin-difenilamin hosil bo‘ladi: Difenilamin va boshqa ikkilamchi aminlar antioksidant sifatida plastmassalarni oksidlanishdan saqlash uchun ishlatiladi. Difenilaminning natriyli hosilasini yodbenzol bilan mis ishtirokidagi reaksiyasi amalga oshirilsa uchlamchi «trifenilamin» hosil bo‘ladi. Uchlamchi aromatik aminlar asos xossasiga ega emas. Download 107.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling