Аrоsаt birinchi qism quvа


ILYA ILF, YEVGENIY PETROV


Download 1.38 Mb.
bet53/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1143413
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Yulduzli tunlar

ILYA ILF, YEVGENIY PETROV
«O‘n ikki stul»
84 x108 1/32 456 bet, qattiq muqova
«O‘n ikki stul» – ushbu asar 1927–1928-yillarda yaratilgan bo‘lib, o‘tkir yumoristik romanlar qatorida e’tirof etiladi. Asar hayotda sodir bo‘lgan voqeliklarga asoslangan. Roman qahramonlari Ostap Bender hamda Ippolit Matveyevich Petuxova xonim boyliklarini izlab topish maqsadida birgalikda sayohatga otlanadilar va juda ko‘p sarguzashtlarni boshdan kechiradilar. Ular mahoratli usta Gambs tomonidan yaratilgan ajoyib san’at namunalari bo‘lmish o‘n ikki stul jamlanmasini birma-bir qo‘lga kiritishga intiladilar. Bu ikki hamtovoq o‘z maqsadiga erishish uchun eng qabih jinoyatlarni amalga oshirishdan toymaydi. O‘quvchi ushbu asar orqali jinoyat jazosiz qolmasligi va birovning mulkiga ko‘z olaytirish qanday fojialarga olib kelishi mumkinligini fahmlaydi.
YOHANN VOLFGANG GYOTE
«Faust»
84 x108 1/32 536 bet, qattiq muqova
Buyuk nemis shoirining bu yirik asari jahon adabiyotining durdonalaridan sanaladi. Unda ikki mangu qarama-qarshi kuch: yaxshilik va yovuzlik, iqror va inkor kurashadi. Faust – hayot oshig‘i, taraqqiyot jangchisi, adolat jarchisi. Mefistofel – hayot yovi, taraqqiyot dushmani, adolat kushandasi. Asardagi murakkab voqealar silsilasi shu ikki qahramon xatti-harakatlari orqali rivojlanib boradi.
FENIMOR KUPER
«Chingachguk fojiasi yoxud Saskuixanna manbalarida»
84x108 1/32 672 bet, qattiq muqova
Mashhur amerikalik adib Fenimor Kuperning o‘zbek kitobxoniga havola qilinayotgan ushbu romani «Ko‘n Paypoq» beshlik – pantalogiyasining to‘rtinchi kitobidir. Asarda abjir ovchi Natti Bampo bilan Oliver Edvardsning sarguzashtlari hamda mogikanlar sardori Chingachgukning fojiali o‘limi aks ettiriladi.
Ushbu asarda Vatanga muhabbat, do‘stlik, sevgi va sadoqat singari ezgu tuyg‘ular qadrlanadi.
JEYN OSTIN
«Andisha va g‘urur»
84 x108 1/32 404 bet, qattiq muqova
Jeyn Ostin «Andisha va g‘urur» asarida qishloq dvoryanining qizi Elizabet Bennet bilan o‘zining kelib chiqishi, boyligi ila mag‘rur boy pomeshchikning o‘g‘li Fistuilyam Darsi o‘rtasidagi sarguzashtlarni hikoya qiladi. Asar 1813-yilda nashr qilinib, adabiyot dunyosida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ushbu asar haqida o‘sha paytdagi «Britaniya tanqidchisi» jurnali shunday yozgan edi: «Asar shu paytgacha o‘quvchilar hukmiga havola qilingan bu turdagi hamma romanlardan yuqori turadi». Umid qilamizki, mazkur asar hurmatli o‘zbek kitobxonlariga ham manzur bo‘ladi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling