Аrоsаt birinchi qism quvа


ODIL YOQUBOV «Billur qandillar»


Download 1.38 Mb.
bet51/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1143413
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Yulduzli tunlar

ODIL YOQUBOV «Billur qandillar»
84 x108 1/32, 322 bet, yumshoq muqova
Odil Yoqubov – o‘tgan asrning oltmishinchi – yetmishinchi yillari yoshlarining sevimli adiblaridan biri edi. «Billur qandillar», «Muqaddas», «Muhabbat» kabi qissalar o‘sha davr o‘quvchilarining axloqiy va ma’naviy tarbiyasiga ijobiy ta’sir etgan, desak xato bo‘lmaydi.
Asarlarning barchasida yoshlar o‘rtasidagi muhabbat mavzusi yetakchilik qiladi. Chin sevgi, poklik va halollik, muhabbatga yetishish yo‘lidagi xudbinliklar, xiyonat kabi munosabatlar o‘quvchini asar mohiyatini bilishga undaydi.
Xudbinlik va nohalollik hukm surgan joyda muhabbat so‘nadi, hatto o‘ladi. Mehr va vijdon muhabbatga yetkazadi. Yashashning mazmuni muhabbat bilan sayqal topadi. Shu boisdan Odil Yoqubov asarlari nafaqat bugungi kun chun, balki kelajak uchun ham ibratli bo‘lib qolaveradi.
SHUKUR XOLMIRZAYEV
«O‘n sakkizga kirmagan kim bor»
84 x108 1/32, 388 bet, yumshoq muqova
Mazkur kitobga O‘zbekiston xalq yozuvchisi, iqtidorli adib Shukur Xolmirzayevning eng sara qissa va hikoyalari kiritilgan. Ularda sevgi-mu habbatning o‘zgacha talqini, oshiqlik va ojizlik, matonat va razolat, inson ma’naviyati bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy va axloqiy masalalar bayon etiladi.
ABDULLA QAHHOR
«Muhabbat»
84 x108 1/32, 248 bet, yumshoq muqova
Abdulla Qahhorning ilk hikoyalar to‘plami 1932-yilda chop etilgan. Bugungacha bo‘lgan davr mobaynida o‘zbek adabiyotida, jumladan, hikoyanavislikda juda ko‘p asarlar yaratildi. Sara hikoyalar, deya e’tirof etilgan bir qancha ijod namunalari o‘quvchilar hukmiga havola etildi. Ammo Abdulla Qahhor hikoyalari yillar chig‘irig‘ini pisand etmay, hamon sevib o‘qiladi.
Adib qahramonlari o‘quvchi uchun qadrdon va ardoqli. Mutolaadan keyingi tanaffusda Unsin uchun qay g‘uramiz, Turobjonning xotiniga anor ilinamiz, Qobil boboga taskin bergimiz keladi, ming bir jonli Mastura va uning vafodor eri Akromjonga havas qilamiz. Sodda va kamtar insonlar sizni suhbatga chorlaydi. Beixtiyor yana mutolaaga shoshilasiz. Abdulla Qahhor hikoyalarida ana shunday ohanrabo bor...

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling