Arqonga tirmashib chiqish Aziz bolalar, siz tirmashib chiqishning uch
Download 343.09 Kb.
|
Arqonga tirmashib chiqish
Arqonga tirmashib chiqish Aziz bolalar, siz tirmashib chiqishning uch xil usulda bajarilishini bilib oldingiz. Dastlabki holat, ya’ni rostlangan qo‘llarda osilib turasiz. 1- usulni bajarganda, avval osilib turgan oyoqlar tizzadan bukilib, tizzalar ko‘krakka tortiladi. Bunda arqon tizzalar oldi hamda o‘ng oyoqning uchi, chap oyoqning tovoni bilan qisib olinadi, qo‘l ham biroz bukiladi. 2- usulni bajarganda oyoqlar rostlanib, qo‘llar bukiladi va yuqoriga tortiladi (qo‘l ketma-ket qo‘yilishi kerak). 3- usulni bajarganingizda arqonni oyoqlar bilan qattiq qisib, qo‘llarni birin- ketin yuqoriroqdan ushlab tortilasiz. 1. Avval arqonni qo‘llar bilan qanday ushlash o‘rganiladi. So‘ng arqonda tortilish mashqlari bajariladi. 2. Yordamchi mashqlardan foydalanilgan holda arqonni oyoq bilan har xil usullarda ushlash o‘rganiladi. 3. Arqonda oyoqlarni tugunga tirab osilib turiladi. 4. Chayqalib turgan arqonda osilib turiladi (chayqalish burchagi 25°). 45 5. Arqonda osilib turib, oyoqlarni siljitish. 6. Arqonda osilib turib, qo‘llarni siljitish. 7. Osilib turib, oyoqni ko‘krakka tortish. 8. Tugunli arqonga tirmashib chiqish. 9. Arqonni oyoq kafti bilan chalishtirib ushlab turish amalga oshiriladi. Arqonga tirmashib chiqishga o‘rgatish usullari. Arqonni oyoq bilan ushlash dastlab stulda, kozyolda, konda, gimnastik o‘rindiqda o‘tirgan holatda o‘rganiladi. Buning uchun quyidagicha tayyorlovchi mashqlarni bajarish mumkin: 1. Polda (to‘shakda) o‘tirib, qo‘llar bilan arqonga osilish va qo‘llarni siljitib, yotib osilish holatiga o‘tish. 2. Shu holatdan turib osilish holatiga o‘tish. 3. Yotib osilgan holatda, polda oyoqlar bilan o‘ngga (chapga) qadam tashlash. 4. Yotib osilgan holatda, goh bir qo‘lni, goh ikkinchi qo‘lni qo‘yib yuborish bajariladi. Sport asbob-anjomida osilish deb shunday holatga aytiladiki, bunda sizning yelkangiz ushlash nuqtasidan pastda bo‘ladi. Sport asbob-anjomiga gavdangizning biror qismi bilan, masalan, qo‘llar bilan osilsangiz —oddiy osilish hisoblanadi. Gavdangizning boshqa bir qismi bilan sport asbob-anjomi yoki polga tayangan holda osilsangiz —aralash osilgan bo‘lasiz. Bu mashqlarning qo‘l va yelka kamari mushaklari rivojlanishiga, shuningdek, orqa, qorin va ko‘krak hamda oyoq mushaklariga ta’siri nisbatan kam, ammo umumiy mushaklarning chiniqishiga nafi kattadir. Osilishlardan to‘g‘ri foydalansangiz qomatingizning to‘g‘ri shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Osilish mashqlari ko‘proq sport asbob-anjomlarida bajariladi, shunday ekan siz mashq bajarayotganingizda, ularning balandligini, kengligi va boshqa jihatlarini hisobga olishingiz kerak. Bu esa sizlarda o‘zgaruvchan sharoitlarda shug‘ullanganda o‘zingizni idora qila olish ko‘nikma va malakalari hosil bo‘lishiga yordam beradi. Osilish mashqlari ham gimnastikaga xos bo‘lgan aniqlikda bajarilishi bilan boshqa harakat turlaridan farqlanadi, mashqlarni bajarayotganingizda bunga alohida e’tibor bering. Siz qiyin, ya’ni mushaklarga, paylarga, nafas olish a’zolaringizga salbiy ta’sir 48 ko‘rsatadigan mashqlarni bajarayotganingizda ehtiyot bo‘ling. Osilish mashqlarini bajarayotganingizda qo‘llaringiz holati muhim rol o‘ynaydi. Chunki osilish mashqlari nafas olish uchun qiyin vaziyat vujudga keltirib, nafas olishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun siz mashq bajarayotganingizda o‘zingizni nafas olishdan to‘xtamaslikka, tekis va chuqur nafas olishga o‘rgatishingiz lozim. Osilish mashqlarini yakka holda, guruh bo‘lib bajarishingiz mumkin. Har ikkala holda ham siz sport asbob-anjomiga to‘g‘- ri yondashishga, mashqlarni mas’uliyat bilan bajarishga, mashqni to‘g‘ri boshlab, to‘g‘ri tugatishga, mashqni bajarib bo‘lgach, to‘g‘ri sakrab tushishga, noqulay holatda o‘zini o‘nglab olishga va sport asbob-anjomidan o‘rgatilgandek uzoqlashishga odatlanishingiz kerak. Osilish mashqlari quyidagi sport asbobanjomlarida: yakkacho‘pda, bruslarda, gimnastik narvonda, gimnastik o‘rindiqda, turnikda, arqonda, halqalarda bajariladi. Ko‘p mashqlarni bajarishda gimnastik to‘shaklar kerak bo‘ladi. Oddiy va aralash osilish usullari: – tik turgan holda osilish – cho‘qqaygan holda osilish – turnikda yotib osilish ( – oyoqlarni orqaga uzatib osilish – qo‘l bilan orqa tomondagi tayanchni ushlab turib osilish – yotib osilgan holda qo‘llarni bukish – yakkacho‘pga ikkala oyoq va qo‘llarda osilish – yakkacho‘pga bir oyoq va ikki qo‘lda osilish – baland turnikda osilish va sakrab tushish – turnikka oyoqni tizzadan bukib yotib osilish (; Download 343.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling