Қarshi muҳandislik-iқtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish” kafedrasi assistenti J
Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Download 1.29 Mb.
|
Informatika va informatsion texnologiyalar faniga kirish va kursning
2. Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Hisoblash texnikasining rivojlanishining tarixi shartli ravishda uch davrga bulinadi: Mexaniq mashinalargacha bo’lgan davr; Mexaniq va elektromexaniq mashinalari davri; Elektron hisoblash mashinalari davri. Yer yuzida eng birinchi hisoblash texnikasi ibtidoiy odamlarning kul va oyok barmoklaridan iborat bo’lgan va hisobni 20 olib borishni ta‘minlagan. Bu tabiiy hisoblash vositasi bo’lgan. Dastlabki va eng sodda sun‘iy hisoblash asboblaridan biri birka bo’lgan. Hisoblash ishlarining murakkablashuvi yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni takozo etgan. Natijada hozirgi chutni eslatuvchi asbob yaratilgan, Shotlandiyalik matematik Jon Neper rakamlar yozilgan bir qancha tayokchalarni joriy qilgan, va nixoyat logarifmik chizgich yaratilgan. Birinchi mexaniq moslamalardan biri nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan ixtiro kilingan. 1645 yil frantsuz matematigi Blez Pascal arifmometr yasagan. Nemis matematigi, mexanigi va foylasufi Gotfrid Leybnits 1673 yil fakat qo’shish va ayrishni emas, balki turtala arifmetik amalni bajara oladigan mashina yaratadi. Mexaniq hisoblash mashinalarining yaratilishida rus olimlari Z.Slonimskiy (1845 yil), V.Bunyakovskiy (1867 yil), P.L.CHebshev (1880 yil), V.Odner (1889 yil) va boshqalarning xissasi kattadir. Dastlabki mexaniq mashinalar kul kuchi yordamida harakatga keltirilar edi. Keyinchalik elektr kuvvati yordamida harakatga keltiriladigan mexaniq mashinalar yaratildi. Bunday hisoblash mashinalari elektromexaniq mashinalar deyiladi. Elektromexaniq mashinalarda 8 soatlik ish kunida hammasi bo’lib 2000 amal bajarish mumkin bo’lgan. (1soat 250 amal, 1minutda 4 amal). XX asr fan va texnikaning tarakkiyoti elektromexaniq mashinalarga nisbatan tezrok hisoblaydigan yangi xil mashinalarning yaratilishini takozo etdi. 1942-1945 yillarda birinchi bo’lib elektron lampalar AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Elektron lampalar axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan elektron lampalar yordamida rakamli hisoblash mashinasi yaratildi va bu mashinaga (ENIAC) ENIAK deb, nom berildi. Bu mashinaning ogirligi 30 tonna bo’lib, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampa asosida ishlagan. 1946 yil Amerika olimi Djon fon Neyman (1903-1957) shunday elektron mashinalarini ko’rishni matematik jixatdan asoslab bergan. Keyinrok AQSHda va Buyo’q Britaniyada “EDVAK”, “EDSAK”, “SYeAK”, “UNIVAK” va boshqa mashinalar yaratildi. Rossiyada birinchi elektron rakamli hisoblash mashinasini 1948 yil rus olimi S.A.Lebedev boshchiligidagi guruh ishlab chiqdi. Bu hisoblash mashinasi MESM deyilar edi – malaya elektronnnaya schetnaya mashina. 1940 yillarning oxirgi va 1950 yillarning boshlari elektron hisoblash mashinalari tarakkiyotining boshlanishi hisoblanadi. Elektron hisoblash mashinalari hisoblash ishlarini tezrok bajargandan tashkari, elektromexaniq mashinalardan farqli ularok axborotlarni saqlash imkoniyatiga ya‘ni xotiraga egadir. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling